|
Название презентации
|
Sana | 05.01.2024 | Hajmi | 1,86 Mb. | | #130788 |
Bog'liq Davlat funksiyalari TERMIZ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI TARIX FAKULTETI MILLIY GO’YA, MA’NAVIYAT ASOSLARI VA HUQUQ TA’LIM YO’NALISHI 1-BOSQICH 101-GURUH TALABASI BOZOROVA SEVARANING TAQDIMOT ISHI Davlat funksiyalari Reja; Davlat funksiyalari Har bir davlat o‘z faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi.
Bu yo‘nalishlar uning asosiy vazifalaridan kelib chiqadi.
Davlatning mavjudligi, uning zarurligi davlatning funksiyalarida o‘z aksini topadi.
Davlat o‘z faoliyatida bir qancha funksiyalar (faoliyat yo‘nalishlari)ni amalga oshiradi.
Davlatning funksiyalari – davlat faoliyatining asosiy yo‘nalish lari bo‘lib, ularda davlatning ijtimoiy jihatlari ro‘yobga chiqariladi
Davlatning funksiyalarini o‘rganishda bu funksiyalarni tasniflash (guruhlash) uslubi qulaydir. 1. Faoliyat ko‘rsatish makoni bo‘yicha: – ichki; – tashqi. 2. Faoliyat ko‘rsatish muddati bo‘yicha: – doimiy; – vaqtinchalik. 3. Ijtimoiy jihatdan muhimligi bo‘yicha: – asosiy; – asosiy bo‘lmagan. 4. Amalga oshirishning huquqiy shakli bo‘yicha: – huquqni ijod qilish; – huquqni ijro qilish; – huquqni muhofaza qilish (qo‘riqlash).
Tasniflashni quyidagi me’zonlar bo‘yicha amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:
Davlatning ichki funksiyalariga mamlakat ichida amalga oshiriladigan funksiyalar kiradi.
Mamlakat tashqarisida amalga oshiriladigan funksiyalar esa davlatning tashqi funksiyalarini tashkil qiladi.
Davlat o‘z funksiyalarini ado etar ekan bu undan qator vazifalarni bajarishni taqozo qiladi.
Mana shu vazifalarni bajarish o‘z navbatida davlatning o‘z funksiyalarini amalga oshirishiga olib keladi.
Davlat bajaradigan vazifalarni ham sohalar bo‘yicha turlarga ajratish mumkin.
Davlatning ichki funksiyalarini amalga oshirish borasida bajariladigan vazifalarni turlarga ajratib, batafsilroq o‘rganamiz.
Davlatning ichki funksiyalariga oid vazifalar quyidagilardan iborat: Iqtisodiy vazifalar: ♦ Iqtisodiy siyosatni ishlab chiqish va iqtisodiyotga ta’sir o‘tkazish; ♦ Iqtisodiyotning davlat sektori (zavod-fabrikalar, elektrostansiyalar, konlar)ni boshqarish; ♦ Bozor munosabatlarining huquqiy asoslari va narx siyosatini yo‘lga qo‘yish.
Ijtimoiy vazifalar:
♦ Aholining yordamga muhtoj qismini himoyalash;
♦ Sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimini qo‘llab-quvvatlash;
♦ Aholini ijtimoiy ne’matlar bilan ta’minlash.
Davlatning funksiyalari Ichki funksiyalari
Tashqi funksiyalari
fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash;
barcha mulkchilik shakllaridagi
mulkni himoyalash;
mamlakatning iqtisodiy sohadagi rivojlanishini ta’minlash;
fuqarolarning madaniy-ma’rifi
y barkamollikka erishishlari
uchun sharoit yaratish;
aholining ijtimoiy himoyasi,
ijtimoiy sohani rivojlantirish.
tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash;
tashqi xavf-xatardan mudofaa;
xorijiy mamlakatlar bilan siyosiy
aloqalarni yo‘lga qo‘yish;
xalqaro iqtisodiy faoliyat;
xorijiy mamlakatlar bilan
madaniy aloqalar.
Boshqa davlatlar bilan o‘zaro munosabatlar olib borish davlatning tashqi funksiyalarini belgilaydi. Har qanday davlat jahondagi boshqa davlatlar bilan turli aloqalarni yo‘lga qo‘yishga majbur. Shundagina u jahon hamjamiyati tomonidan tan olinishi mumkin. 1. Diplomatik aloqalar;
2. Savdo-sotiq aloqalari;
3. Madaniy aloqalar;
4. Harbiy aloqalar va boshqalar.
Bu aloqalarga quyidagilarni kiritsak bo‘ladi:
Davlat, shuningdek, xalqaro tashkilotlar bilan ham o‘zaro aloqalarni yo‘lga qo‘yishi lozim. Xalqaro tashkilotlar sirasiga Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Umumjahon Savdo Tashkiloti va boshqalarni kiritish mumkin.
Bu xalqaro tashkilotlarning eng nufuzlilariga O‘zbekiston Respublikasi to‘laqonli a’zo bo‘lib kirgan.
Savol va topshiriqlar: 1. “Davlat funksiyasi” iborasining mohiyatini tushuntirib bering. 2. Davlatning funksiyalari turlarini ajratib ko‘rsating. 3. Davlatning asosiy vazifalarini sanab bering. 4. Davlatning vazifalarini “muhim” va “unchalik muhim emas” deb ajratish mumkinmi? 5. Siz hayotingizdan davlatning o‘z vazifalarini bajarayotganligiga misol keltiring. 6. Davlat o‘z funksiyalarini bajarishi uchun shaxsan siz qanday yordam bera olishingiz mumkin?
|
| |