Ekologik turizm fanining ta’rifi va mohiyati




Download 370.08 Kb.
bet3/7
Sana24.02.2024
Hajmi370.08 Kb.
#162014
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim,fan va innovatsiyalar vazir
7-maruza, Asal, 2021 Itimoiy ish 16 aIshchi Dastur — копия 10 — копия, 17-Amaliy mashgulot, 6-ma\'ruza. Furyе qatоrining yaqinlashishi, Antarktda, Magnitomexanik hodisalar, 1.8, Abdulahad Muhammadjonov. Qadimgi Buxoro (2001), yillik hisobot rasmsiz, Oqsillar, Stajirovka rejasi 2-илова, file (2), Ekinlarni sug\'orish asoslari (Z.Artukmetov), Sanoq sistemalar
1.2. Ekologik turizm fanining ta’rifi va mohiyati
Agar biz tabiat bilan «kelishuvda» yashashni, uning
ne’matlaridan foydalanishni, go‘zalliklaridan zavqlanishni xohlasak
uning sharoitlarini qabul qilishimiz, o‘z ehtiyojlarimizni qondirish
uchun atrof-muhitni o‘zgartirayotganda muayyan chegaralardan
chiqmasligimiz zarur. Ekoturizm ana shu ikki fanning rivoji bilan
uzviy holatda bog‘lanishi lozim. Tabiat muhofazasi, tabiatdagi
salbiy o‘zgarishlar, jamiyatdagi kasalliklarning ko‘payishi, yangi
xavfli kasalliklarning kelib chiqayotganligi, tabiatdagi kutilmagan
– insoniyat uchun fojiali, halokatli – dovullar, suv toshqinlari,
sunami va boshqa hodisalarning barchasi ekologiya bilan
bog‘lanmoqda.
Nemis olimi E.Gekkel 1866-yilda yozgan «Organizmlarning umumiy morfologiyasi» va 1868-yilda yozgan «Dunyo vujudga kelishining tabiiy tarixi» kabi asarlarida ekologiya atamasiga to‘liq tavsif berib ekologiyaning ikkinchi ma’nosini «yashash joyi», «oziqlanish makoni» deb belgilagan. Shuning uchun
ham, tabiatni har bir inson o‘z uyim deb bilgandagina global
ekologik inqirozlarning oldini olishi mumkin. Ekologik turizm
bu yo‘nalishda insoniyatga katta yordam beradi. Shuning uchun
ham, dastlab ekoturizmning mohiyatini va mazmunini yaxshi
tushunib va o‘rganib olishimiz lozim.4 .5
Ekologik turizmning mazmuni va mohiyati bo‘yicha birinchi
bo‘lib meksikalik ekolog-iqtisodchi Gektor Seballos Laskureyn
1980-yilda o‘z tadqiqotlari natijalarini bildirgan edi. Uning xulosasi
bo‘yicha– “Ekoturizm – bu tabiatga xushyor munosabatlar,
tanishish quvonchini birlashtiruvchi va flora, fauna namunalarini
o‘rganishga, himoya qilishga yordam berish imkoniyatlariga
asoslangan turistik faoliyatdir”.
G.S.Gujin, M.Yu.Belikov va E.V.Klimenkolar 1997-yilda
Rossiyada birinchilardan bo‘lib «Ekoturizmning asosi – atrofmuhit g‘amxo‘rligi va muhofazasidir» degan taklifni kiritdi va
ekoturizmning o‘zlari belgilagan ta’rifga asoslangan ekoturistik
marshrutlarni ishlab chiqdi va o‘tkazdi. O‘sha vaqt uchun
ham, hozir ham ushbu ta’rif eng qulay va ekoturizmning
haqiqiy mazmuni, mohiyatini anglatadi degan xulosalarni biz
ham quvvatlaymiz. Mustaqil hamdo‘stlik davlatlarida quyidagi
rossiyalik olimlarni ekoturizm asoschilari deb tan olishadi:
M.B.Birjakov – «Ekoturizmda tabiatga minimum ta’sir qilib,
tabiat bilan birga bo‘lish natijasida uning boyliklarini muhofaza
qilish, asrab qolish tuyg‘ulari hosil bo‘ladi».
A.V.Drozdov – «Eski va Yangi dunyoda deyarli bir vaqtda
mahalliy aholining an’anaviy madaniyatini hurmat qilishga,
sayohatchilarning ma’rifiy madaniyatini oshiruvchi, tabiat oldida
mas’ullik va himoya qilishga, ijtimoiy va ekologik talablarini
qondirishga qaratilgan va sayyoraviy ekologik inqirozning oldini
olishga asoslangan ekoturizm shakllandi».
T.S.Sergeyeva – “Ekoturizm bu – mahalliy aholining an’anaviy
turmush tarzini saqlagan, xo‘jalik faoliyati kam ta’sir qilgan
betakror tabiiy hududlarni ko‘rish; bu – mahalliy aholining yashash
darajalarini va turistik jarayondagi barcha qatnashuvchilarning
ekologik madaniyati darajalarini oshirish, ekologik tur va dasturlarda tabiat muhofazasi me’yorlari va texnologiyalariga rioya qilishdir”.
XX asr oxirlariga kelib AQSH, Kanada, Yevropa davlatlari,
Avstraliya ekoturizmni rivojlantirish davlat dasturlarini ishlab chiqdilar. Bu dasturlarda ekoturizmni rivojlantirish shiorlari va
talablari quyidagicha edi:
Amerika Qo‘shma Shtatlari ekoturizmi jamiyati – «Ekoturizm–
mahalliy aholi manfaatlarini e’tiborga oluvchi, tabiiy resurslarni
muhofaza qiluvchi, ekotizimlarning butunligini saqlovchi, mahalliy
madaniyat va tabiiy muhitni anglash uchun tabiiy hududlarga
maqsadli sayohat».
Avstraliya ekoturizmi milliy strategiyasi –«Ekoturizm – ekologik barqarorlik prinsiplariga va ekologik bilim, madaniyat dasturlariga amal qilishga asoslangan va mahalliy aholi manfaatlarini hisobga olgan holda tabiatga sayohat qilish turizmi».
Germaniyada ekoturizmni rivojlantirishda moliyaviy hamkorlik
Federal vazirligi – «Ekoturizmda tabiatga minimum ta’sir qilish hissi madaniyati va tuyg‘usi paydo bo‘ladi,qo‘riqlanadigan hududlarga moliyaviy yordam imkoniyatlari va mahalliy aholida qo‘shimcha daromad olish manbalari hosil bo‘ladi».
Atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha Kanada davlati maslahat
Kengashi – «Ekoturizm – turizmning turi bo‘lib, mahalliy xalq
manfaatlarini hurmat qilish asosida tabiatni bilish, anglash va
ekotizimlarni saqlashga yordam ko‘rsatish yo‘nalishidagi turistik
faoliyat hisoblanadi».
Ekoturizm jadal rivojlantirilayotgan davlatlarning ekoturizm
dasturlari asosida xalqaro tabiat va turizm tashkilotlari ham
ekoturizmning ta’riflarini qabul qilishdi:
Butunjahon turizm tashkiloti – «Ekoturizm – tabiat turizmining
barchasini o‘zida mujassamlashtirib, tabiiy hududlarga mas’uliyat
bilan sayohat qilish natijasida tabiatni muhofaza qilishni ta’minlaydi
va mahalliy xalqning turmush darajasini yaxshilaydi».
Xalqaro ekoturizm tashkiloti (TIES) – «Ekoturizm – tabiat
mintaqalariga mahalliy aholining farovonligini quvvatlovchi va
atrof-muhitni saqlovchi mas’uliyatli sayohatdir».
O‘zbekistonda ekoturizmni rivojlantirish «Konsepsiyasi»da
– «Ekoturizm deganda nafaqat ma’rifiy-ma’naviy maqsadlarni
ko‘zlagan ekzotik tabiiy hududlarga, ularning hayvonot va o‘simlik
dunyosiga sayohat balki, ijtimoiy-iqtisodiy masalalarning amalga
oshirilishi yordamida ekologiya muammolarini hal qilish bilan birbiriga bog‘liq majmualar yig‘indisini tushunamiz».
Xalqaro turizm jamiyati (XTJ) – «Ekoturizm – tabiiy hududlarga mas’uliyat bilan sayohat qilish natijasida tabiatni muhofaza etishni ta’minlaydi va mahalliy xalqning turmush darajasini yaxshilaydi».
Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi – «Ekologik turizm
yoki ekoturizm – tabiat muhitiga nisbatan mas’uliyat bilan sayohat
qilish, tabiat hududlariga ziyon yetkazmagan holda, hamda tabiatning betakror, jalb etuvchi joylaridan zavq olish maqsadida tabiatni muhofaza qilgan holda tabiatga ko‘maklashadi, atrofmuhitga «yumshoq» ta’sir etadi. Mahalliy xalqning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitini faollashtiradi va shu faoliyatdan ularning imtiyozlar
olishini ta’minlaydi».
R.A.Islomova – “Ekoturizm deganda, tabiiy, madaniy va ijtimoiy qadriyatlarni ko‘rish, tomosha qilish, ilmiy jihatdan o‘rganish, ularning betakror jozibasi va o‘ziga xos tomonlaridan zavq olish maqsadida tabiat hududlariga ziyon yetkazmasdan, atrof-muhitni muhofaza qilgan holda sayohat va sarguzasht qilish orqali tabiatga ko‘maklashish, mahalliy aholining ijtimoiy-iqtisodiy sharoitini yaxshilashga qaratilgan turizmning turi tushuniladi».
Yuqorida keltirilgan mulohaza va fikrlarni jamlab bizningcha
ekoturizmning ta’rifi bo‘yicha quyidagi xulosaga kelish mumkin:-
«Ekoturizm-faqat tabiat bag‘rida dam olish, o‘rganish, kuzatish,
tomosha qilish va zavqlanish natijasida tabiatni, biologik xilmaxillikni saqlash, muhofaza qilish tadbirlariga ixtiyoriy moddiy
yordam berishga qaratilgan, mahalliy aholining milliy madaniyatini,
me’rosiy an’analarini, yashash tarzini hurmat qilishga asoslangan
turistik faoliyatdan iboratdir».
Ekologik turizmning mohiyati va mazmuni haqida «Tabiatni
muhofaza qilish xalqaro ittifoqi», «Xalqaro turizm jamiyati»,
«Yovvoyi tabiat umumjahon jamg‘armasi» va boshqa ko‘plab
xalqaro tashkilotlar Butunjahon Turizm Tashkilotining ekoturizm
haqidagi ta’rifini qabul qildi. Dunyo hamjamiyatiga xizmat
qiluvchi yuqoridagi xalqaro markazlarning o‘z oldiga qo‘ygan
maqsadlari har xil bo‘lsada, ekoturizmning o‘rnini belgilashdagi
xulosalari deyarli bir xil16. Chunki, ekoturizmni targ‘ib qilayotgan,
BTT, XTJ tabiatni muhofaza qiluvchi – TMKHI ning ish tartibi,
maqsadlari doimo bir-biriga qarshi turadi. Dastlabki ikki xalqaro
jamiyat tabiatdan turistik maqsadlarda foydalanish tarafdori,
keyingi xalqaro tashkilot esa tabiatni muhofaza qilish tarafdori.
Ekoturizmning jahon miqyosida jadal rivojlanib borayotganligining yana bir sababi ham shundaki, tabiatni muhofaza
qilishdagi xalqaro markazlar ham ekoturizmni rivojlantirishni
quvvatlamoqda. Ushbu xulosalar ekoturizmning umumiy turizmga
nisbatan farqlanishlariga asoslangan bo‘lib, ekoturizmning
asl mohiyati va mazmunini tushunib olishga yordam beradi.
Mamlakatimizda hozirga kelib ekoturizmning muammolarini
o‘rganish va rivojlantirishdagi dastlabki ilmiy tadqiqotlar boshlandi.
Bu tadqiqotlar hozircha mintaqaviy chegaralarda
bajarilayotganligidan ekoturizmning mintaqaviy muammolari va
ularning yechimini ishlab chiqishga yo‘naltirilmoqda. Shuning
uchun ham birinchi navbatda oliy ta’lim tizimida ekoturizm
mutaxassislarini tayyorlashni boshlashimiz lozim. Shuningdek,
institut va universitetlarda hozirda turizm oliy ta’limining
barcha yo‘nalishida ekoturizm fanini amaliyoti bilan o‘qitish
mamlakatimizda ekoturizmni rivojlantirishdagi dastlabki qadamlar
bo‘ladi.



Download 370.08 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 370.08 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ekologik turizm fanining ta’rifi va mohiyati

Download 370.08 Kb.