• 22.05.1999 y. (10/4-bayonnoma) N 290 O’zbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobi HISOBVARAQLARI REJASI
  • I. HISOBVARAQLAR REJASINING UMUMIY TAVSIFI
  • ilova  O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI




    Download 0.64 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet53/92
    Sana27.02.2023
    Hajmi0.64 Mb.
    #43723
    1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   92
    Bog'liq
    19.y.Banklarda-hisob-va-tolov-tizimi-o.qol .-K.N.Navrozova-T.-2005y.
    Axborot, “Порлоқ” ва “Равнақ” ғўза навлари ўзида ноёб хусусиятларни жамлаган, Kompressor
     


    129
    ilova 
    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
    ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN 
    RO’YXATGA OLINGAN 
    13.07.1999 y. 
    N 773 
    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
    MARKAZIY BANKI BOShQARUVI 
    TOMONIDAN TASDIQLANGAN 
    22.05.1999 y. 
    (10/4-bayonnoma) 
    N 290 
    O’zbekiston Respublikasi 
    tijorat banklarida buxgalteriya hisobi 
    HISOBVARAQLARI REJASI 
    Yangi taxriri O’zR AV 13.08.2004 y. 773-17-son bilan ro’yxatga olingan 
    O’zR MB Boshqaruvining Qaroriga muvofiq tasdiqlangan 
    (Kiritilgan 1-11-son Qo’shimcha va o’zgartirishlar bilan) 
    Mazkur Rejaga quyidagilarga muvofiq o’zgartirish va qo’shimchalar kiritilgan: 
    O’zR AV 01.11.2001 y. 773-12-son bilan ro’yxatga olingan Qo’shimchalar, 
    O’zR AV 08.02.2002 y. 773-13-son bilan ro’yxatga olingan O’zR MB Qarori
    O’zR AV 07.06.2003 y. 773-14-son bilan ro’yxatga olingan O’zR MB Qarori, 
    O’zR AV 29.09.2003 y. 773-15-son bilan ro’yxatga olingan O’zR MB Qarori, 
    O’zR AV 16.03.2004 y. 773-16-son bilan ro’yxatga olingan O’zR MB Qarori 
    I. Hisobvaraqlar rejasining umumiy tavsifi 
    II. Hisobvaraqlar ro’yxati 
    III. Hisobvaraqlar ta’rifi (Aktivlar. Majburiyatlar) 
    III. Hisobvaraqlar ta’rifi (Kapital. Daromadlar. Xarajatlar. Ko’zda tutilmagan 
    holatlar.)


    130
    I. HISOBVARAQLAR REJASINING UMUMIY TAVSIFI 
    Tijorat banklarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari rejasi O’zbekiston 
    Respublikasi Fuqarolik Kodeksi, O’zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi 
    to’g’risida”, “Bank va banklar faoliyati to’g’risida”gi qonunlari, Markaziy bankning 
    1996 yil 13 noyabrdagi 290-sonli “Tijorat banklarining buxgalteriya hisobi 
    hisobvaraqlari rejasi”, unga kiritilgan qo’shimcha va o’zgartirishlar hamda boshqa 
    me’yoriy hujjatlar talablari asosida ishlab chiqilgan bo’lib, u O’zbekiston 
    Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobini yuritish va tashkil etishning 
    yagona metodologik asoslarini belgilab beradi.
    Tijorat banklari tomonidan buxgalteriya hisobi ular O’zbekiston Respublikasi 
    qonunchiligida belgilangan tartibda yuridik shaxs sifatida ro’yxatdan o’tkazilgan 
    vaqtdan boshlab qayta tashkil etilgunga yoki tugatilgunga qadar uzluksiz ravishda 
    yuritiladi.
    Tijorat banklari bank operatsiyalarini amalga oshrishda va ularni buxgalteriya 
    hisobida aks ettirishda Markaziy bankning me’yoriy hujjatlariga va amaldagi 
    qonunchilikka qat’iy rioya qilishlari lozim. 
    Mazkur hisobvaraqlar rejasi Markaziy bank me’yoriy hujjatlarida bank 
    operatsiyalarini aks ettirish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. 
    Hisobvaraqlar rejasi bank operatsiyalari hisobini yuritish, tahlil qilish, guruhlash 
    va ularga doir hisobotlarni tuzishda qo’llanadigan Bosh kitob hisobvaraqlarini 
    ro’yxatidan iboratdir. 
    Tijorat banklarining hozirgi vaqtda amalga oshirilishi mumkin bo’lgan barcha 
    operatsiyalari turi hisobvaraqlar rejasiga kiritilgan. Hisobvaraqlar rejasi tijorat 
    banklari tomonidan faqat Markaziy bankning me’yoriy hujjatlari va amaldagi 
    qonunchilik doirasidagi bank operatsiyalarini aks ettirish uchun foydalanilishi lozim.
    Tijorat banklarining buxgalteriya hisobvaraqlari rejasi buxgalteriya hisobining 
    ko’p valyutali tizimiga asoslangan bo’lib, chet el valyutasidagi operatsiyalar 
    belgilangan tartibda hisobga olinishi mumkin bo’lgan barcha hisobvaraqlarda xorijiy 
    valyutadagi operatsiyalar hisobini aks ettirish imkonini beradi. Har bir valyuta turi 
    bo’yicha sintetik hisobni yuritish uchun-alohida Bosh kitob, analitik hisobni yuritish 
    uchun esa yordamchi kitoblar ochiladi. Har bir valyuta bo’yicha yordamchi 
    kitoblardagi summalar yig’indisi Bosh kitoblarning tegishli balans hisobvaraqlaridagi 
    summalar yig’indisiga mos kelishi kerak. Bank tomonidan amalga oshiriladigan har 
    bir operatsiya tegishli valyuta turi bo’yicha Bosh va yordamchi kitoblarda ro’yxatga 
    olinishi kerak. Hisobot sanasi holatiga ko’ra Bosh kitoblarning xorijiy valyutalar 
    bo’yicha jami summalari milliy valyutaga o’tkaziladi va hisobot davri davomida 
    amalga oshirilgan barcha operatsiyalar bo’yicha bankning jamlanma (konsolidirovan) 
    balansi tuziladi. 
    Hisobvaraqlarni kodlashtirish quyidagi maqsadlar uchun ishlab chiqilgan: 
    - hisobvaraqlarning Bosh va yordamchi kitoblarda joylanishini engillashtirish;
    - hisobvaraqlarni bir tizimda tasniflash va guruhlashga yordam berish; 
    - hisob jarayonlarini avtomatlashtirishni engillashtirish; 
    - operatsiyalar yozuvini tezlashtirish. 
    Balans hisobvaraqlarining Bosh kitobda kodlashtirilish tizimi quyidagi sxema 


    131
    bo’yicha beshta belgidan iboratligi qabul qilingan: 

    Download 0.64 Mb.
    1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   92




    Download 0.64 Mb.
    Pdf ko'rish