Xalq ta’limi tizimining joriy holati va mavjud muammolar




Download 27.68 Kb.
bet2/4
Sana17.08.2022
Hajmi27.68 Kb.
#25255
1   2   3   4
Bog'liq
HDoRGr7WB9CEkwIT1M27f59bQXk9wWkwmpJMOnzi
KURS ISHI .BETLIK, Tibbiyotda axborot texnologiyalari, Dori vositalari xaqida tushuncha dorilarning boshqa omillar bilan uzaro munosabati, cf87d46d-9aec-4363-b916-1fb06fa68251, alijon-ehtimollik, Ko’p sathli neyron tarmoqlari, kurs ishi, 2222, 1. Emotsiyalarning shaxs shakllanishidagi o’rni, i7Y4aI4rewU7tpgsvS9EHIAE8l9quNpYp5znPhyg, kopyuter arxitekturasi mustaqil ish 1, Qahharov Kamoliddin komyuter t amaliy ish 3, 3-4 yosh rivojlanish xarita, insholar ko\'rik-tanlovi
Xalq ta’limi tizimining joriy holati va mavjud muammolar
Hozirgi vaqtda xalq ta’limi tizimi umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’limni o‘z ichiga oladi.
umumiy o‘rta ta’limni boshqarish sohasida:
umumta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etishda ta’lim sifatini yuqori bosqichga ko‘tarish hamda mavjud muammolarni o‘z vaqtida hal etish talab etilmoqda;
umumta’lim muassasalariga yuklatilgan vazifalarning deklarativ xaraktyerga egaligi, ularni amalga oshirish bo‘yicha tashkiliy-huquqiy mexanizmlarning yetishmasligi amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda;
mahalliy davlat hokimiyati organlari umuta’lim muassasalari faoliyatini chuqur tahlil qilmasdan, faqatgina statistik va boshqa ma’lumotlarni to‘plash bilan chegaralanayotganligi joylardagi haqqoniy holatni aniqlashga to‘sqinlik qilmoqda;
davlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish, umumta’lim muassasalarini boshqarish, ishlarni rejalashtirish va tashkil etish jarayonida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish darajasi pastligi qabul qilinayotgan qarorlarning samarali amalga oshirilishini ta’minlash, ushbu jarayonni tezkor kuzatib borish imkonini bermayapti, shuningdek davlat boshqaruvini ortiqcha byurokratlashtirish va uning sarf-xarajatlari oshishiga olib kelmoqda;
xalq ta’limi tizimida ijtimoiy va davlat-xususiy sheriklikning rivojlanmaganligi nodavlat notijorat tashkilotlari va tadbirkorlik subyektlarining ta’lim sohasidagi muammolarni hal etishdagi ishtirokini cheklamoqda;
xalq ta’limi tizimida boshqaruv vertikalini amalga oshirish mexanizmining yetarlicha rivojlanmaganligi tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari rolining sezilarli darajada pasayishiga sabab bo‘lmoqda;
umumta’lim muassasalariga bolalarni qabul qilish, shuningdek o‘quv jarayonida turli shakldagi korrupsiya elementlariga barham berish bo‘yicha samarali mexanizmlarni joriy qilish talab etilmoqda;
kadrlarni tayyorlash sohasida:
matematika, fizika, kimyo, informatika, ingliz tili va boshqa chet tillari kabi fanlar bo‘yicha pedagog kadrlar yetishmovchiligi kuzatilmoqda;
oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish jarayoniga uzoq hududlardagi talabalar uchun o‘qishga kirishda imtiyozlarning yo‘qligi sababli tog‘ va cho‘l hududlaridagi maktablarda o‘qituvchilarga ehtiyoj yuqori darajada qolmoqda;
pedagog kadrlarni ishga qabul qilishda ularning malaka darajasini aniqlash uchun aniq talablarni ishlab chiqish lozim;
direktor va o‘qituvchilar bilishi va bajarishi kerak bo‘lgan aniq belgilangan milliy standartlarning mavjud emasligi, ularning salohiyati o‘sishiga hamda amaldagi muassasalar rahbarlarini tanlash va tayinlash tartibining samarasizligiga olib kelmoqda;
mavjud malaka oshirish tizimi o‘qituvchilar ehtiyojlariga mos emasligi, malaka oshirish kurslari mazmuni va qo‘llaniladigan usullar eskirganligi, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalarini qo‘llash orqali o‘qituvchilarni masofadan qayta tayyorlash mexanizmi yo‘lga qo‘yilmaganligi o‘qituvchilarning bilim va malakasini tizimli oshirib borish imkonini bermayapti;
ko‘p yillik mehnat stajiga ega yuqori malakali va tajribali pedagoglar ingliz tili yoki kompyuter savodxonligi bo‘yicha yetarli bilimga ega emasligi sababli attestatsiyadan o‘ta olmaslik holatlari kuzatilmoqda;
o‘quvchilar soni quvvatiga nisbatan kam bo‘lgan maktablarda kadrlar tarkibi salohiyati pastligi tufayli talab darajasidagi ta’lim sifati ta’minlanmayapti;
o‘quv jarayonini tashkil etish sohasida:
o‘quvchilarda ta’lim olishga kuchli motivatsiyani shakllantirish talab etilmoqda;
ayrim maktablarda o‘quvchilar soni sinfda o‘quv jarayoni sifatining keskin pasayishiga olib keladigan darajada oshib ketgan;
pedagoglarning metodik ta’minotini yaxshilash lozim;
darsliklarni yaratish tizimida xilma-xillikning yo‘qligi ularni yaratish va nashr qilishni monopollashtirishga omil bo‘lib qolmoqda hamda ularning mazmuni, metodikasi va nashr sifatiga salbiy ta’sir etmoqda;
davlat ta’lim standartlari kompetensiyaviy yondashuvga asoslanganligiga qaramasdan, o‘qitish va baholash metodlari, shuningdek darsliklar va boshqa o‘quv materiallarini asosan axborotni yodlash va bayon qilishga qaratilgan bo‘lib, tanqidiy fikrlash, axborotni mustaqil izlash va tahlil qilish ko‘nikmalari va boshqa malakalarni rivojlantirishga to‘sqinlik qilmoqda;
foydalanilayotgan darsliklar sifatini oshirish, xorijiy o‘quv qo‘llanmalarini qo‘shimcha yoki muqobil o‘quv materiallari sifatida qo‘llash amaliyotini yo‘lga qo‘yish talab etilmoqda;
xorijiy tillar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini o‘qitish jarayoni metodik yordamga muhtoj;
xalq ta’limi tizimida inklyuziv ta’lim dasturlari yetarli darajada rivojlanmagan, mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalari dasturlarida o‘qituvchilarning inklyuziv ta’lim bo‘yicha maxsus tayyorgarligini ta’minlash lozim;
maktablarda nizolarni hal qilish va jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha samarali ichki tizim, shuningdek o‘quvchilarni xavf guruhidan chiqarish uchun maktab o‘qituvchilari va psixologlari malakasini oshirish yuzasidan maxsus dasturlar ishlab chiqish talab etilmoqda;
maktablarning moddiy-texnik ta’minoti sohasida:
maktablarning sport zallari va maydonchalari kerakli inventarlar bilan jihozlanmaganligi, sinf xonalarida o‘quv mebel jihozlari, laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasining yetishmasligi, ularning o‘z vaqtida yangilanmasligi ota-onalarning ta’lim tizimiga nisbatan e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda;
3 000 dan ortiq umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning sog‘lom ovqatlanishi uchun oshxonalar va bufetlar tashkil etish lozim;
elektr, ko‘mir, sovuq va issiq suv, gaz ta’minoti va kanalizatsiya bilan bog‘liq infratuzilma muammolarini hal etishda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan yetarli e’tibor qaratilmayapti, ayniqsa uzoq aholi punktlari va qishloq joylardagi 1 726 umumta’lim maktabi qo‘lbola (burjuy) pechlar yordamida isitilmoqda;
umumta’lim muassasalarining binolarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash bo‘yicha zamonaviy standartlarni joriy etish kerak;
11 yillik ta’lim tizimiga o‘tilishi munosabati bilan qo‘shimcha o‘quvchi o‘rinlariga ehtiyoj mavjud.
d) xalq ta’limi tizimini moliyalashtirish sohasida:
xalq ta’limi tizimini moliyalashtirishda mablag‘larni samarali va shaffof tizim asosida taqsimlash va foydalanish talab etilmoqda;
xalq ta’limi muassasalariga davlat budjetidan ajratilgan xarajatlarning asosiy qismi ish haqiga sarflanib, o‘quv jihozlari va materiallarini yangilashga, maktab binolarini ta’mirlashga yetarli mablag‘ yo‘naltirilmayapti.

Download 27.68 Kb.
1   2   3   4




Download 27.68 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Xalq ta’limi tizimining joriy holati va mavjud muammolar

Download 27.68 Kb.