• Bajardi: Sotimov Akbar guruhi: 221/8-Iqtisod Ilmiy rahbar: __________ __________________
  • Kirish……………………………………………………………………………….. I.bob. O’zbekisоn Respublikasi investitsiya siyosatiga umumiy tavsif………………………
  • II.bob. O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarning ahamiyati va uning hozirgi holatining tahlili
  • ……………………………………………………… III bob: ― Mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarning o‘rni‖ mavzusini o‘qitishning texnologik modelini yaratish
  • Xulosa………………………………………………………………………………. Foydalanilgan adabiyotlar royxati…………………………………………….. KIRISH
  • I.bob. O’zbekisоn Respublikasi investitsiya siyosatiga umumiy tavsif 1.1.
  • Urganch davlat universiteti iqtisodiyot fakultet iqtisodiyot kafedrasi




    Download 1.98 Mb.
    bet1/10
    Sana18.10.2023
    Hajmi1.98 Mb.
    #88560
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Asadbek
    firmenny, Буйруқ fermer қабул1, my.mehnat.uz оркали ишлаш, Документ Microsoft Office Word, Документ Microsoft Word (2), Буйруқ ж.и (2), Буйруқ ж.и қабул1, Буйруқ ишга кирган, ESHCHONOVA NODIRA пробация

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
    URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
    IQTISODIYOT FAKULTET
    IQTISODIYOT KAFEDRASI
    «MAKROIQTISODIY TAHLIL VA PROGNOZLASH» fanidan
    KURS ISHI
    Mavzu: « O’zbekisоn Respublikasi investitsiya siyosati»

    Bajardi: Sotimov Akbar guruhi: 221/8-Iqtisod
    Ilmiy rahbar: __________ __________________
    (imzo)


    Kurs ishi himoya qilingan sana “____” __________2023y.
    Baho “_____” ___________

    Urganch – 2023 yil
    MUNDARIJA:
    Kirish………………………………………………………………………………..
    I.bob. O’zbekisоn Respublikasi investitsiya siyosatiga umumiy tavsif………………………
    1.1 O‘zbekiston Respublikasining investistion muhiti …………………………
    1.2 Milliy iqtisodiyotda chet el kapitalining ahamiyati va uni jalb qilish
    sabablari ….………………………………………..
    II.bob. O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarning
    ahamiyati va uning hozirgi holatining tahlili ……………………………………..
    2.1 O‘zbekiston Respublikasi makroiqtisodiy investitsion faoliyati
    tahlili ……………………………………………………………………………
    2.2 O‘zbekiston Respublikasining xalqaro moliya institutlari va rivojlanish
    tashkilotlari bilan hamkorligi ………………………………………………………
    III bob: ― Mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishda xorijiy
    investitsiyalarning o‘rni‖ mavzusini o‘qitishning texnologik modelini
    yaratish
    .....................................................................................................................
    Xulosa……………………………………………………………………………….
    Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati……………………………………………..


    KIRISH
    Iqtisodiyotni o'rganishda va uni hayotga tadbiq etishda, biz avvalam bor uning eng muhim bo'lgan qirralarini anglashga kirishamiz. Insoniyat paydo bo'lib hayot jarayoni rivojlanishi bilan jamiyatda va odamlar o'rtasida shunday bir kategoriya paydo bo'ldiki, uning borligini hech kim rad eta olmaydi. Bu insonlarning ehtiyojidir. Ehtiyoj har bir insonda, hattoki, hayvonlarda ham mavjuddir. Lekin shu o'rinda, biz ayta olamizki inson ehtiyojlari hayvonlarning ehtiyojidan juda kata farq qiladi. Insonlar yig'ilib jamiyatni tashkil etgandan keyin bu o'z o'rnida jamiyat ehtiyojlarini keltirib chiqaradi. Ehtiyoj bo'lsa o'z o'rnida yana bir muhim element talabga yo'l ochadi. Har qanday ehtiyojlar ham talab bo'la olmaydi. Ular ma'lum bir mezonlardan o'tgandan keyin bu elemtga aylanadi. Shuni qaror qildikki talab haqida qisqacha ma'lumot berishga. Va shu o'rinda talab bir odamga yoki ayni indivividualga tegishli bo'lsa, yalpi talab degan atama ham bizga uning kengroq doiradagi tushunchasini anglatadi. Ya'ni ehtiyojlarning kengayib borishi va hamda jamiyat taraqqiyoti mobaynida mamlakat yoki ma'lum bir xududlarda bir individualga emas, aksincha juda ko'plab odamlarning manfaatlari doirasida yuzaga keladigan, hamda ular ko'pchilik tomonidan o'zlashtiriladigan va istemol qilinadiga talabdir. Yalpi talab shu holatni anglatishi bilan oddiysidan farq qiladi.Jamiyat ehtiyojlari cheksizdir. Ulardan oqilona foydalanish uchun esa har birimizdan bilim va shu sohadagi ko'nikma talab qilinadi. Resurslardan oqilona foydalanish zarurdir.
    Har qanday jamiyatning asosini iqtisodiy munosabatlar tashkil etadi. Iqtisodiy munosabatlarning paydo bo’lishi va rivojlanishi jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlarida o’ziga xos xususiyat kasb etadi. Iqtisodiy munosabatlar bir joyda o’zgarishsiz qotib turmaydi. Ular doimo o’zgarib rivojlanib boradi.
    Har qanday mamlakat iqtisodiy o’sish, iqtisodiy resurslarning to’la bandligi va narxlarning barqaror darajasiga erishishga harakat qiladi. Ammo uzoq muddatli iqtisodiy o’sish bir tekis va uzluksiz bormaydi, u iqtisodiy beqarorlik davrlari ta’sirida tebranib turadi.
    Jahon miqyosida raqobat tobora kuchayib borayotgan bugungi keskin bir davr barchamizdan yangicha ishlash va fikrlashni, yuqori darajada safarbarlikni talab qilmoqda.
    Shunga ko’ra, mamlakatimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko’tarish maqsadida 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 5ta ustuvor yo’nalishlari bo’yicha Harakatlar strategiyasi qabul qilindi.
    O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga yo’llagan murojatnomasida 2020-yilda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va inflyatsiyani jilovlash- iqtisodiy islohotlar jarayonidagi bosh vazifamiz ekanligini ta’kidladi. Biz shu yildan boshlab inflyatsiyani targetlash tizimini joriy qilishga o’tdik. Bu borada Iqtisodiyot va sanoat vazrligi, Moliya vazirligi iqtisodiy o’sish bilan inflyatsiya o’rtasidagi muvozanatni ta’minlashi, tashqi xavf-xatarlarni hisobga olishi zarur.
    Xalqaro tajribani o’rganib, raqobatni olib kirish mumkin bo’lgan monopoliya sohalariga xususiy sector uchun yo’l ochish va shu orqali raqobat muhitini shakllantirish lozim. Bu borada tabiiy monopoliya va raqobat to’g’risidagi qonunlarni yangilash hamda iqtisodiyotda raqobat muhitini shakllantirish strategiyasini ishlab chiqish talab qilinadi. Iqtisodiyotni yuqori sur’atlar bilan rivojlantirish uchun faol investitsiya siyosatini izchil davom ettirish zarur.
    Hozirgi vatda qurilish sohasi iqtisodiyotning muhim “drayver”laridan biriga aylandi. Bu sohaning YaIM dagi ulishi 6 foizdan oshgani ham bu fikrni yaqqol tasdiqlab turibdi. Ushbu tarmoqni yanada rivojlantirish uchun qurilishga oid normalarni xalqaro standartlar bilan uyg’unlashtirish, zamonaviy qurilish texnologiyalari va materiallarini tatbiq etish, soha uchun kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish va sohada axborot texnologiyalarini keng joriy qilish zarur.
    Barqaror iqtisodiy o’sishning eng muhim asosi- raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish, ular uchun yangi xalqaro bozorlar topish va eksportni ko’paytirish, tranzit salohiyatidan to’liq foydalanish hisoblanadi.
    Amalga oshirilayotgan islohotlarimiz jahon hamjamiyati tomonidan munosib baholanmoqda. Xususan, dunyodagi nufuzli nashrlardan biri- “Ekonomist” jurnali O’zbekistonni 2019-yilda islohotlarni jadal amalga oshirgan davlat- “Yil mamlakati” deb e’tirof etdi. Bunday baho barchamizga cheksiz g’urur, iftixor va kuch bag’ishlaydi.
    Mazkur kurs ishini yozishda makroiqtisodiy beqarorlik va iqtisodiyotning sklliligi, sikllarning turlari va inqirozning mazmun mohiyati hamda kelib chiqish sabablari, jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozining O’zbekiston iqtisodiyotiga ta’siri, uning oldini olish va yumshatish choralari yoritib beriladi.
    I.bob. O’zbekisоn Respublikasi investitsiya siyosatiga umumiy tavsif
    1.1. O‘zbekiston Respublikasining investistion muhiti
    O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida xorijiy investistiyalarni jalb qilish bo‘yicha davlat siyosati respublika iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlarida tuzilmaviy o‘zgarishlarning kuchli quroli bo‘lib hisoblanadi. O‘zbekiston respublikasi Prezidenti I.A.Karimov, - Iqtisodiyotimizda tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish va uni modernizastiya qilish, eksport rivoji, import o‘rnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarishni ta‘minlashning muhim sharti bo‘lgan xorijiy investistiyalar, avvalobor, xususiy sarmoyalarni jalb etish, buning uchun tegishli investistion muhit va investorlar uchun kafolatlar yaratish bu borada, ayniqsa, katta ahamiyatga ega‖ - degan edi. So‘nggi yillarda O‘zbekiston iqtisodiyotida chet el investistiyalarining hissasi oshib bormoqda. Agar 1993 yilda chet el investistiyalar umumiy kapital qo‘yilmalar hajmining faqat 0,8 %ini tashkil etgan bo‘lsa, 2013 yilda bu ko‘rsatkich 20,3 %ni tashkil etgan edi.
    O‘zbekiston Respublikasida mustaqillik yillarida qulay investistion muhit yaratilib, xorijiy investorlar uchun keng huquqiy kafolatlar va imtiyozlar tizimi ishlab chiqilgan. Bundan tashqari chet el investistiyalar ishtirokidagi korxonalar faoliyatini rag‘batlantirish bo‘yicha yaxlit chora-tadbirlar tizimi ishlab chiqilgan bo‘lib, u o‘z ichiga quyidagilarni oladi:

    • umumiy choralar, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Davlat investistion dasturiga kiritilgan loyihalar uchun imtiyozlar;

    • xususiylashtirish jarayonida xorijiy investorlar ishtirokini rag‘batlantirish;

    • texnik – texnologik qayta jihozlash, xalq iste‘moli mollarini ishlab chiqarilishini rag‘batlantirish.

    O‘zbekiston Respublikasining qulay investistion muhiti qabul qilingan bir qator huquqiy hujjatlarga - ―Xorijiy investorlarning huquqlarini himoyalash kafolatlari va choralari to‘g‘risida‖, ―Chet el investistiyalari to‘g‘risida‖, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ―Chet el investistiyalari ishtirokidagi korxonalarga beriladigan qo‘shimcha rag‘batlantirishlar va imtiyozlar to‘g‘risida‖, ―Chet el investistiyalari ishtirokidagi korxonalar mahsuloti eksportini rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha choralar to‘g‘risida‖gi Farmonlari va qonunlariga asoslanadi.
    Shuni ta‘kidlab o‘tish zarurki, ―Xorijiy investorlarga kafolatlar to‘g‘risida‖gi qonunda shuningdek chet el investistiyalarini ular kiritilgan vaqtdan boshlab 10 yil mobaynida qonunchilikda investistiyalash sharoitlarini yomonlashtiruvchi o‘zgartirishlardan himoyalash ishlari nazarda tutilgan.
    Xorijiy investor O‘zbekiston Respublikasida quyidagi yo‘llar bilan investistion faoliyatni amalga oshirishi mumkin:
    O‘zbekiston rezidentlari - huquqiy va jismoniy shaxslar bilan birgalikda tashkil etilgan kompaniyalar, banklar, trestlar, kartellar, birlashmalar va boshqa korxonalardagi ulushi bilan ishtirok etish yo‘li bilan;
    100%li chet el investistiyalar ishtirokidagi korxonalar tuzish yo‘li bilan;
    portfel investistiyalari - O‘zbekiston kompaniyalari tomonidan chiqarilgan akstiyalar, obligastiyalar, va boshqa qimmatbaho qog‘ozlar sertifikatlarini harid qilish yo‘li bilan;
    er osti va er usti foydali qazilmalaridan foydalanishga tegishli (konstessiya) huquqlarini o‘z ichiga oluvchi er va ko‘chmas mulkni to‘la yoki qisman sotib olish yo‘li bilan.
    Qo‘shma korxonalar tashkil etish orqali xorijiy investistiyalarni jalb qilish keng tarqalgan shakllaridan biri hamkorlikda qo‘shma korxonalarni tashkil etishdir. O‘zbekiston Respublikasida qo‘shma korxona deganda, nizom kapitalining kamida 30 % xorijiy investorlarga tegishli bo‘lgan va xorijiy investor faqat yuridik shaxs bo‘lgan, nizom kapitalining eng kam mikdori 150 ming AQSh dollariga teng bo‘lgan ekvivalent summani tashkil etgan korxonalarga aytiladi. Xorijiy investistiya ishtirokidagi korxona nizom jamg‘armasining 150 ming AQSh dollaridan kam bo‘lmasligi sifatsiz mahsulotlarining oldi-sotdisi va ularni respublikaga import qilish ishlari bilan shug‘ullanishga ixtisoslashgan kichik qo‘shma korxonalarning keragidan ortiqcha kirib kelishining oldini olish maqsadida belgilangan.


        1. chizma






      1. Download 1.98 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 1.98 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Urganch davlat universiteti iqtisodiyot fakultet iqtisodiyot kafedrasi

    Download 1.98 Mb.