• 4. ISHLAB CHIQARISH JARAYONIDA PAYVANDLASH USKUNASINI TANLASH
  • PAYVANDLASH UCHASTKASIDA SISTERNA VAGONLARINI ISHLAB CHIQARISHDA PAYVANDLANADIGAN DETALNING STRUKTURASI




    Download 437.14 Kb.
    bet4/8
    Sana03.07.2023
    Hajmi437.14 Kb.
    #76070
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Odilbek Kurs ishi
    Mavzu 16, MINGTEPA NAVBATCHI
    3. PAYVANDLASH UCHASTKASIDA SISTERNA VAGONLARINI ISHLAB CHIQARISHDA PAYVANDLANADIGAN DETALNING STRUKTURASI
    Payvandlash jarayonida asosan po’lat lislardan keng foydalanamiz. Poʻlat listlar— temirning uglerod (2%) va boshqa elementlar bilan qotishmasi. Odatdagi texnik poʻlatning tarkibi — 0,05—1,5% uglerod, 0,4% gacha kremniy, 0,1 — 1% marganets, 0,08% gacha oltingugurt, 0,1% gacha fosfor va 96,92—99,27% temirdan iborat. Sanoatda ishlab chiqariladigan poʻlatlar tarkibida doimiy qoʻshilmalar: kremniy Si, marganets Mp, oltingugurt S va fosfor R boʻladi. Poʻlatning choʻyandan farqi shuki, choʻyan tarkibida uglerod 2% dan ortiq, doimiy qoʻshilmalar ham koʻproq boʻladi. Poʻlat toblanganda uning fizik-mexanik xossalari keskin oʻzgaradi, qattiqligi va mustahkamligi ortadi, bolgʻalanuvchan boʻlib qoladi (qarang Poʻlatni toblash). Kimyoviy tarkibidagi uglerod va legirlovchi elementlar miqdo-riga qarab, poʻlat uglerodli va legirlangan xillarga boʻlinadi. Uglerodli poʻlatga (tarkibida ugleroddan tashqari 0,7% gacha marganets, 0,37% gacha kremniy, 0,04% gacha oltingugurt va 0,035% gacha fosfor boʻladi) qurilish va mashinasozlik poʻlati; asbobsozlik poʻlati kiradi. [[Legirlangan poʻlat jumlasiga kam (legirlovchi elementlar 2,5% gacha), oʻrtacha (legirlovchi elementlar 2,5—10% gacha), yuqori legirlangan (legirlovchi elementlar 10% dan ortiq) poʻlatlar kiradi (qarang [[Legirlangan poʻlat). Ishlatilishiga qarab, qurilish (prokat) va mashinasozlik (konstruksion), asbobsozlik, alohida xossali xillarga boʻlinadi. Alohida xossali poʻlat zanglamaydigan va kislota-bardosh, issiqbardosh, yeyilish va yemirilishga chidamli, magnit xususiyatli va boshqa sifatlarga ega boʻladi.
    4. ISHLAB CHIQARISH JARAYONIDA PAYVANDLASH USKUNASINI TANLASH
    Payvandlash - metallar, qotishmalar va turli materiallarni plastik deformatsiyalash yoki birikilayotgan qismlar orasini qizdirish bilan atomlararo birikish natijasida ajralmas birikma hosil qiluvchi texnologik jarayondir. Atomlararo kuchlar ta'siri oqibatida birikmalar hosil qilish jarayoniga materiallarni payvandlash deyiladi. Ma'lum bo'lishicha, detal metallining yuzadagi atomlari, erkin, to'yinmagan aloqalari mavjud, bular atomlararo kuch ta'siri masofasida bo'lgan har xil atom va molekulalarni o'z ichiga oladi. Agar ikki metall detalni atomlararo kuch ta'siri masofasigacha yaqinlashtirsak, ya'ni metall ichida qanday masofada bo'lishsa shungacha, unda tutashgan yuzalarning bir butun ulanishini ko'ramiz. Birikish jarayoni energiya xarjisiz va tez, o'z ixtiyoriy amaliy oniy kechadi. Ayrim metallar xona haroratida nafaqat oddiy tutashishda, balki kuchli qisishda ham birikmaydi. Qattiq metallarni birikishiga uning qattiqligi xalaqit beradi, tutashish qismiga qanchalik ishlov berilsa ham ularni tutashtirishda ko'p joylari tutashmaydi.
    Himoya gazlar muhitida payvandlash - bu yoyli payvandlash bo'lib, bunda yoy va erigan metall, ayrim hollarda esa sovuyotgan chok, payvandlash zonasiga maxsus qurilma bilan yetkazib berilayotgan him oya gazlar ta'sirida bo'ladi, ya'ni havo ta'siridan himoyalanadi. Himoya gazlar muhitida payvandlash g'oyasini XIX asr oxirida N.N. Benardos taklifetdi. XX asrning 20-yillaridaAQSHda muxandis Aleksander va fizik Lengmyurlar gaz aralashmalarida o'zakli elektrod bilan payvandlashni amalgaoshirdilar. 1925-yilda Lengmyur erimaydigan volfram elektrod bilan va himoya muhiti sifatida vodorodni, ya'ni atom- 33 vodorodli payvandlash usuli sifatida yoyli payvandlashning bilvosita ta'siri orqali payvandlashni ishlab chiqdi. XX asrning 40- yillaridaAviatsion Texnikasi Ilmiy Tadqiqot Institutida inert gaz muhitida volfram elektrod bilan payvandlash ishlab chiqildi. 1949- yilda elektr payvandlash institutida ko'mir elektrodi bilan karbonat angidrid gazi muhitida payvandlash ishlab chiqildi. Himoya gazlar muhitida yoy bilan payvandlashda ish unumi yuqori bo'ladi, bu ishni oson avtomatlashtirish mumkin va metallarni elektrod qoplamalari hamda flyuslar ishlatmasdan payvandlashga imkon beradi. Payvandlashning bu usuli, po'lat, rangli metallar va ularning qotishmalaridan konstruksiyalar yasashda keng qo'llanila boshladi. Himoya gazlar muhitida payvandlashning afzalliklari quyidagilardir: - flyus yoki qoplamalar ishlatishga hojat yo'q, binobarin, choklarni shlakdan tozalashga ham; - yuqori ish unumi va manba issiqligining yuqori darajada konsentratsiyalanishi, strukturaviy o'zgarishlar zonasini ancha qisqartirishga imkon beradi; - chok metali havodagi kislorod vaazot bilan kam ta'sirlashadi; - payvandlash jarayonini kuzatib turish qulay; - jarayonlarni mexanizatsiyalashtirish vaavtomatizatsiyalash imkoni bor.
    O'zgarmas tok bilan inert gazlar muhitida yoyli payvandlashda yoyning turg'un yonish sharti - qutblilikni o'zgartirishda zaryadsizlanishning muntazam ravishda tiklanib turishidir. Argon va geliy kabi inert gazlarining yoyni yondirish va ionizatsiyalash potensiali kislorod, azot va metall bug'lariga qaraganda yuqori, shuning uchun o'zgaruvchan tok yoyini yondirish uchun salt yurish kuchlanishi oshirilgan ta'minlash manbayi talab etiladi. Payvandlash yoyi inert gazlar (argon yoki geliy) muhitida turg'un yonadi va uni tutib turish uncha katta kuchlanish talab etilmaydi. Elektronlarning yuqori darajadagi qo'zg'aluvchanligi neytral atomlarning ular bilan elektronlar to'qnashganda yetarlicha uyg'onishi va ionizatsiyalanishini ta'minlaydi.
    Ishlab chiqarish jarayonida biz flyus ostida payvandlash usulidan foydalandik. Flyuslar (nem. Flub - oqim) (m ye tallurgiyada) - metallarning kavsharlanadigan yoki payvandlanadigan sirtida hosil bo'luvchi oksidlarni eritib yuborish, shlak hosil qilish, metall tarkibini kerakligicha o'zgartirish uchun mo'ljallangan material. Asosli (ohak, dolomit, pirit qoldig'i, kaltsiy, soda va boshqalar), kislotali (kvars, qum, qumtuproqli chaqmoqtosh) va neytral (boksit, plavik shpati va boshqalar) xillari bor. Metallarni kavsharlash va payvandlashda F. sifatida kanifol, rux xlorid, ammoniy xlorid va boshqa ishlatiladi. Rangli metallar va qotishmalarni oksidlanishdan saklashda ishqorli va ishkrrliyer metallar (tosh tuz, silvinit, kornallit, bura va boshqalar) xloridlari va ftoridlaridan foydalaniladi. Yoyli elektr payvandlash ishlari bevosita maxsus tayyorlangan flyus ostida bajariladi. Flyuslarning asosiy vazifalari Lehimlash jarayonida oqimlar quyidagilarni ta'minlaydi: - oksidlar va sulfidlarning erishi; - lehimlangan yuzalarni qayta oksidlanishdan himoya qilish; - lehimning sirt tarangligini pasaytirish. Flyus turlari Flyuslarni ishlab chiqarish usuli, maqsadi, kimyoviy tarkibi, tuziliishi va zarrachalarining o'lchamiga ko'ra tasniflash mumkin. Ishlab chiqarish usuliga ko'ra, oqimlar eritilgan va eritilmaganlarga bo'linadi.Eritmali oqimlar zaryad komponentlarini elektr yoki olovli pechlarda eritish orqali olinadi. Oqim zaryadining eritilmagan oqim zarralarini ishlab chiqarishda ular birlashtirilmasdan bir-biriga mahkamlanadi. Erimagan oqimlarga keramika va sinterlangan ogimlar, shuningdek, oqim aralashmalari kiradi.
    Payvandlash flyuslari. Payvandlash flyuslari - metall bo'lmagan har-xil elementlardan tayyorlangan bo'lib uning donachalarni 0,25 dan 27 4mm gacha bo'ladi. Payvandlashning mexanizatsiyalashtirilgan usuli bilan ishlashda flyuslardan foydalaniladi. Flyuslar yoy ta'siri ostida eriydi, gazli va shlakli himoyalovchi fazalarni hosil qiladi, payvandlash vannasini ifloslantiruvchi ko'shimchalardan tozalaydi hamda oltingugurt va fosforni biriktirib olgan holda chok yuzida shlak ko'rinishda qotadi. Payvandlashda ishlatiladigan flyuslarga bir qator talablar qo'yiladi:
    1. Payvandlash vaqtida yoyni barqaror yonishini ta'minlash.
    2. Ko'zda tutilgan kimyoviy tarkibli va kerakli xususiyatga ega bo'lgan payvand chokini ta'minlash.
    3. Yaxshi shakllangan payvand chokini ta'minlash.
    4. Payvand chokini nuqsonsiz bajarilishini ta'minlash.
    5. Chok yuzasidan shlakni oson ko'chishini ta'minlash.
    Yoyni barqaror yonishi flyus tarkibida yengil ionlashuvchi komponentlar qo'shish bilan ta'minlanadi. Payvand chokining tarkibi asosan payvandlanayotgan metall va elektrod simlarining flyus bilan ta'sirlashishni hisobga olgan holda ta'minlanadi. Chokning yaxshi shakllanishi va chok sirtidan shlakni oson ko'chishi flyusning fizik- kimyoviy xususiyatlarini boshqarish usuli bilan amalga oshiriladi, flyusning erish harorati, suyuqlayin oqish darajasi, metall-shlak qo'shimchalari, g'ovaklar bo'lmasligi asosan flyus tarkibiga kiritiluvchi legirlovchi va oksidsizlantiruvchi komponentlar ta'minlaydi. Yuqorida sanab o'tilgan omillar nazarda tutilsa flyuslar juda xilma- xil hamda turlicha bo'ladi va ularning bir necha belgilari bilan klassifikatsiyalash mumkin.
    Payvandlash simi. Payvanllash simidan qoplamali elektrodlarning eriydigan o'zaklari yasaladi. Flyus ostida va himoya gazlari muhitida payvandlashda payvand sim eriydigan qoplamasiz elektrod sifatida ishlatiladi.
    ГОСТ 2246-70 "Payvandlashpo'latsimi"ga ko'ra payvandlashsimi 0,3; 0,5; 0,8; 1; 1,2; 1,4; 1,6; 2; 2,5; 3,0; 4; 5; 6; 8; 10 va 12 mmdiametrda ishlabchiqariladi. Birinchi yettita diametrli simlar asosan himoya 25 gazlari muhitida yarim avtomatik va avtomatik payvandlashga mo'ljallangan. Flyus ostida yarim avtomatik va avtomatik payvandlash uchun 2-6 mm diametrli sim ishlatiladi. Diametri 1,6- 12,0 mm bo'lgan simdan elektrodlarning o'zaklari tayyorlanadi. Sim og'irligi ko'pi bilan 40 kg gacha buxta-o'ram sifatida ishlab chiqariladi.
    ГОСТ 2246-70 kimyoviytarkibiturlicha bo'lganpo'latsimlarningquyidagi 77 ta markasiniishlabchiqarishninazarda tutadi: a) tarkibida 0,12% gacha uglerod bo'lgan hamda kam va o'rtacha uglerodli, shuningdek ba'zi bir kam legirlangan po'latlarni payvandlashga mo'ljallangan kam uglerodli simlar, ular jumlasiga, Св-08, СВ-08А, Св-08АА Св-08ГА, Св-10ГА, Св-10Г2 lar kiradi; b) tegishli markalardagi kam legirlangan po'latlarni payvandlashda ishlatiladigan marganes, kremniy, xrom, nikel, molibden va titan bilan legirlangan simlar; bunday simlarga jami 30 tarusumli simlarnitashkiletadi, shu jumladan simlar Св-08ГС, Св-08Г2С, Св-12ГС va boshqalar kiradi; d) maxsus po'latlarni payvandlash va eritib qoplash uchun mo'ljallangan ko'p legirlangan Св-12X11НМФ, Св-12X13, Св-08X14ГНТ va boshqa markadagi simlar; jami 41 ta markanitashkiletadi. Payvandlash simining belgisi Св (payvandlash) harfi bilan va uning tarkibini bildiruvchi harfiy-raqamli belgi bilan belgilanadi. Birinchi ikki raqam simda uglerodning foizining yuzdan bir qismi miqdorini ko'rsatadi. So'ngra harf va raqam (raqamlar) bilan navbati bilan legirlovchi elementlarning nomi va foizlarda miqdori ko'rsatilgan bo'ladi. Legirlovchi element miqdori 1 % dan kam bo'lsa, bu elementning nomini bildiruvchi harfning o'zigina qo'yiladi.
    Payvandlash simining belgisi Cв (payvandlash) harfi bilan va uning tarkibini bildiruvchi harfiy-raqamli belgi bilan belgilanadi. Birinchi ikki raqam simda uglerodning foizining yuzdan bir qismi miqdorini ko'rsatadi. So'ngra harf va raqam (raqamlar) bilan navbati bilan legirlovchi elementlarning nomi va foizlarda miqdori ko'rsatilgan bo'ladi. Legirlovchi element miqdori 1 % dan kam bo'lsa, bu elementning nomini bildiruvchi harfning o'zigina qo'yiladi.


    Flyuslarni klassifikatsiyalash.


    Flyuslarni quyidagi asosiy belgilari bo'yicha klassifikatsiyalash mumkin:
    1. Flyuslami tayyorlash usuli bo'yicha: a) eritib tayyorlangan flyuslar. b) eritmasdan tayyorlangan (sopol) flyuslar. d) flyus-pastalar.
    2. Mo'ljallanishi bo'yicha: a) ma'lum bir payvandlash usuliga mo'ljallangan (yoyli payvandlash 28 uchun, elektr-shlak usulida payvandlash uchun). b) ma'lum bir metallni payvandlash uchun (po'latlarni payvandlash uchun, aluminiyni, titanni, misni, magniyni, bronzani va hokazolami payvandlash uchun).
    3. Kimyoviy tarkibi bo'yicha: a) Oksidlovchi flyuslar. Ular o'zlarini tarkiblariga marganes va kremniy oksidlarini ko'p miqdorda qiritgan bo'lib payvandlash jarayonida vanna metallini qisman oksidlaydi va o'zlari toza marganes va kremniy ko'rinishida chok tarkibiga o'tib ular bilan chokni boyitadi. Oksidlovchi flyuslar asosan uglerodli va kamlegirlangan po'latlarni payvandlashda ishlatiladi. b) Oksidlamaydigan flyuslar. Ularni tarkibida marganes va kremniy oksidlari deyarli bo'lmaydi, asosan barqaror bog'lamli oksidlardan tashkil topgan bo'ladi. Jumladan kalsiy oksidi, magniy oksidi, aluminiy oksidi va ulardan tashqari kalsiy ftoridi qo'shilgan bo'ladi. Bunday flyuslar asosan o'rta va yuqori legirlangan po'latlarni payvandlashda ishlatiladi. d) Kislorodsiz flyuslar. Ularning tarkibi ishqoriy va yer-ishqoriy metallarining ftorli hamda xlorli tuzlaridan va tarkibida kislorod bo'lmagan boshqa birikmalardan tashkil topgan bo'ladi. Bunday flyuslar kimyoviy faolligi yuqori bo'lgan rangli metallarni payvandlashda ishlatiladi. Jumladan aluminiy, magniy, titan va boshqalar.
    Mexanizatsiyalashgan flyus ostida yoyli payvandlashni bajarish uchun jihozlar jamlanmasi kerak bo'ladi, bular: ta'minlash manbayi, payvandlash apparati, mexanik jihozlar va qurilmalar bular buyumni yig'ishda aniqlik uchun va sifatli payvand birikmani hosil qilish uchun kerakdir. Ushbu texnologik jihatdan bir-biriga bog'liq bo'lgan jihozlar jamlanmasi payvandlash uskunalarideb ataladi.

    Elektr yoyli flyusostida payvandlash uchun avtomat:
    1 - ishlatilmagan flyusni tortuvchi qurilma;
    2 - elektrod uzatish mex anizmi;
    3 - uzatish mexanizmining yuritgichi;
    4 - reduktor;
    5 - ko'ndalang korrektor;
    6 - ko'tarish mexanizmi;
    7 - yuruvchi 30 mexanizm;
    8 - flyus-apparat;
    9 - relsli yo'l;
    10 - krestovina;
    11 - simni to'g'rilash mexanizmi;
    12 - uzatuvchi rolik;
    13 - mundshtuk;
    14 - yoritgichli ko'rsatgich;
    15 - flyus uchun o'ra.
    P ayvandlash apparatideb payvand birikmani bajarishda operatsiya va usullarni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish uchun kerak bo'ladigan elektr asboblar hamda mexanizmlar jamlanmasiga 29 aytiladi. Payvand birikmaning bajarish jarayoni uchun operatsiya va 29 usullarni quyidagicha ajratish mumkin: payvand yoyini qo'zg'atish va talab etilgan rejimlarda yoy yonishini turg'unligini ta'minlash, payvandlash zonasiga elektrodni uzatish, chok o'qi bo'ylab elektrodni yo'naltirish, talab etilgan tezlik bilan yo'naltirilgan yo'nalish bo'yicha yoy siljishini payvandlanayotgan qirralar bo'yicha siljitish, payvandlash zonasiga flyusni uzatish, ishlatilmagan flyusni yig'ish, payvandlash jarayonini to'xtatish va kraterni payvandlab to'ldirish. Yoyni qo'zg'atish, elektrod simini uzatish rejimni ushlab turish va payvandlash jarayonini to'xtatish qurilmasiga payvandlash kallagi deyiladi. Agar payvandlash kallagi to'g'rilash mexanizmi tizimi bilan, flyus uchun bunker, sim uchun kassetalar o'zi yurar aravachaga biriktirilgan bo'lsa u o'zi yurar payvandlash avtomati deyildi . O'zi yurar payvandlash avtomati maxsus o'rnatilgan yo'naltirgichlar bo'ylab harakatlanadi va bir yoki bir turli buyumlarni payvandlash uchun mo'ljallangan.
    Payvand birikmani bajarish jarayonida payvandlash qirralari yo'nalishi bo'yicha, bevosita buyum yuzasi bo'yicha yoki rels yo'li bo'yicha harakatlanuvchi payvandlash apparatiga payvandlash traktori deyiladi.

    1 - aravacha; 2 - ko'ndalangkorrektor; 3 - ustun; 4 - mufta dastasi; 5 - fiksatormaxovigi; 6 - boshqaruvpulti; 7 - g'altak; 8 - dasta k; 9 - shayin; 10 - flyusuchunbunker; 11 - dasta; 12 - vertikalkorrektor; 13 - payvandlashkallagi.



    Download 437.14 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 437.14 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    PAYVANDLASH UCHASTKASIDA SISTERNA VAGONLARINI ISHLAB CHIQARISHDA PAYVANDLANADIGAN DETALNING STRUKTURASI

    Download 437.14 Kb.