6-rasm. D-trigger tuzilma sxemasi (a) va shartli belgisi (b).
D-triggernig ishlash prinsipi: D-kirishga berilayotgan ma‟lumot
trigger
chiqishida faqat sinxrosignal berilgandagina paydo bo„ladi. Yuqoridagilardan kelib
chiqqan holda D-trigger quyidagi o„tishlar jadvaliga ega (5-jadval).
5-jadval
T-trigger. Ikki pog„onali triggerlar registr va hisoblagich kabi ko„prazryadli
qurilmalar ishi uchun mo„ljallangan bo„lib, ularda triggerli yacheykalarning
ishonchli va aniq ishlashi talab etiladi. T-trigger
sanoq triggeri deb ham ataladi,
chunki kirishga aktiv mantiqiy signal berilganda u o„z
holatini qarama-qarshi
(teskari) holatga o„zgartiradi. Ikki pog„onali triggerlar MS-trigger deb ham ataladi
(inglizcha master va slave - usta va yordamchi so„zlaridan olingan). Nomidan kelib
1
n
n
Q
СQ
СD
chiqqan holda bunday trigger ikkita RCS-triggerdan tashkil topgan (4.8-a rasm).
Ikkala TM (usta) va TP (yordamchi) triggerlarining kirishlari o‟zaro invertor
orqali ulangan. TM-TP triggerini to„liq takt impuls (fronti va kesimi) boshharadi.
Haqiqatdan ham, agar har bir trigger impulsning fronti va kesimi bilan boshharilsa,
kirishdagi RS-kombinatsiya C takt impulsining fronti kelishi bilan TMga yoziladi.
Bu vaqtda TPga ma‟lumot yozilishi mumkin emas. C kirish impulsi kesimi kelishi
bilan invertor chiqishida u front sifatida hosil bo„ladi. Demak, Q va Q‟
chiqishlardagi ma‟lumot C takt impulsi tugagach (kesim kelganda), T (toggle-
relaksator) ma‟lumot kirishida mantiqiy 1 mavjud bo„lganda TP ga uzatiladi.
a)
b)