2-LABORATORIYA ISHI
Mavzu: Triggerlar va registr sxemasini ishlash tamoyilini o’rganish
Ishdan maqsad: RS, D
- triggerlarining ishlash prinsipini o‟rganish
Nazariy qism.
EHMlarning
sonli elementlari deb, mantiqiy funksiyalarni bajaruvchi,
axborotlarni xotirasida saqlovchi va signallarni kuchaytiruvchi va qayta ishlovchi
qurilmalarga aytiladi.
Sonli avtomatlarda funksiya qiymati o‟zgaruvchilarning joriy taktdagi
qiymatiga bog‟liq bo‟lmay, balki oldingi taktdagi qiymatlariga ham bog‟liqdir.
Demak, sonli avtomatlar bir va undan ortiq taktdagi signallarni o‟zida
saqlashi kerak. EHMlarda bu vazifalarni asosan triggerlar bajaradi.
Trigger - ikkita teng kuchli, alternativ turg‟un holatga ega bo‟lgan (0 yoki 1)
va axborotni yozish, saqlash va uzatish uchun xizmat qiladigan qurilmadir.
Boshlang‟ich signallar ta‟sirida trigger bir turg‟un holatdan ikkinchisiga
o‟tishi mumkin. Odatda trigger ikkita chiqish yo‟liga ega: birinchisi to‟g‟ri chiqish
yo‟li
deyiladi va Q bilan belgilanadi. Ikkinchi chiqish yo‟li teskari chiqish yo‟li
deyiladi va
bilan belgilanadi.
Asinxron RS trigger
Asinxron
RS trigger ikkita mantiqiy elementlar asosida qurilishi mumkin:
”YOKI-YO‟Q” hamda “VA–YO‟Q”. Elementlar qayta aloqa zanjirlari orqali o‟zaro
ulanadi.
“YOKI – YO‟Q” elementlar asosida qurilgan asinxron R
S triggerning
funksional sxemasi va grafik belgilanishi xamda uning vakt diagrammasi quyidagi
ko‟rinishga ega:
Bunday trigger ikkita kirish yo‟liga (
S va
R) hamda ikkita chiqish yo‟liga (
Q
va
) ega.
Bu erda R-reset-olib tashlash (sbros) va
S-Set- o‟rnatish ma‟nolarini
anglatadi.
Endi asinxron
RS triggerning ishlash prinsipini analitik taxlil etamiz:
1)
S=1 va
R=0 bo‟lganda triggerga «1» yoziladi
(Q=1)
2)
S=0 va
R=1 bo‟lganda triggerga «0» yoziladi
(Q=0)
3)
S=0 va
R=0 bo‟lganda trigger o‟z holatini saqlaydi Ushbu xolat axborotni
saqlash rejimi xisoblanadi.
Q
Q
4)
S=1 va
R=1 signallarini bir vaktda berish ta‟qiqlanadi, chunki bunday kirish
signallarida trigger o‟z turg‟un holatini yo‟qotadi.
RS-trigger ishini tahlil qilamiz. Shuni aytib o„tish joiz-ki,
bu sxemaning
ikkala kirishiga bir vaqtning o„zida ochilish impulsi (mantiqiy) kelishi mumkin
emas.
Haqiqatdan ham, bu vaqtda ikkala VT1 va VT2 tranzistorlar berkiladi, kirish
signallari tugagach, ularning ikkalasi
ochiladi, ya‟ni
BYA vaqtincha simmetrik
holatda bo„ladi. BYA bu holatdan teng eqtimollik bilan Q=1, Q =0 yoki Q =0, Q=1
holatlardan biriga o„tishi mumkin. Ya‟ni maTumotni yozish imkoni bo„lmaydi.
Shuning uchun RS-trigger alohida (mustaqil) statik kirishlar rejimida ishlaydi.
Boshqaruv (ma‟lumot) kirishlarining mazmuni quyidagicha: S (set- o„rnatish) -
triggerni mustaqil ravishda 1 holatiga o„rnatish uchun (Q=1, Q =0) va R (reset-olib
tashlash) - triggerni mustaqil ravishda 0 holatiga o„rnatish uchun ( Q =0, Q=1).
Har bir kirishga past darajali (mantiqiy 0) signal berish mumkinligi tufayli,
kirishlarda boshqaruv signallarining to„rtta kombinatsiyasi ishlaydi. Ular RS-
triggerning holatlar jadvalining R va S ustunlarida keltirilgan (2-jadval).
RS-triggerning holatlar jadvali
Kirish signallarining mumkin bo„lgan to„rtta kombinatsiyasida trigger qanday
holatlarda bo„lishini ko„rib chiqamiz.
1-kombinatsiya. R=0, S=0. VT3 va VT4 tranzistorlar ochilmaydi, va shuning
uchun BYAlar ularning holatiga ta‟sir ko„rsata olmaydi. Q va Q chiqishdagi
signallar o„zgarishsiz qoladi. Demak, triggyerda avval yozilgan ma‟lumot saqlanib
qoladi.
2-kombinatsiya. R=0, S=1. VT4 tranzistor to„yinishgacha ochiladi, va
chiqishdagi kuchlanish kichik bo„ladi (mantiqiy 0). UK2 =UK1 =UB1 bog„liqlik
tufayli VT1 tranzistor berkiladi va berk holatga o„tadi. Shuning uchun chiqishda
yuqori kuchlanish (mantiqiy 1) hosil bo„ladi, ya‟ni Q=1 Q=0. VT1 va VT2
tranzistorlarning mazkur holatlari trigger tomonidan eslab qolinadi.
3-kombinatsiya. R=1, S=0. Bu vaqtda chiqishdagi kuchlanishlar o„zgaradi: Q
=0, Q=1 bo„lib, trigger yangi holatni saqlab qoladi.
4-kombinatsiya. R=1, S=1. Bunday kirish signalini RS-trigger qabul qila
olmaydi, chunki u aniq emas holatda bo„ladi. Shuning uchun bu kombinatsiya man
etilgan.
Amaliyotda RS-triggerlar invertorlarda emas, balki HAM-EMAS yoki YOKI-
EMAS MElaridan tuziladi. Bu vaqtda trigger yoki invers (HAM-EMAS negizida),
yoki to„g„ri (YOKI-EMAS negizida) ma‟lumot kirishlariga ega bo„ladi. Trigger
ishini aks ettirish uchun holatlar jadvalidan foydalaniladi (3-jadval).
RS - triggerda ma‟lumot yozish boshqaruv signali
berilishi bilan ixtiyoriy
vaqt momentlarida amalga oshiriladi. Bunday triggerlar
asinxron deb ataladi.
RS - triggerning berilgan Q
n
holatidan Q
n+i
holatiga o„tish qoidasi mantiqiy
funksiya (MAF) orqali ifodalanadi
invers ma‟lumot kirishlariga ega bo„lgan RS-trigger uchun ifoda quyidagicha
bo„ladi
Mustaqil qurilma sifatidagi elementar asinxron
RS-triggerlari juda kam
ishlatiladi. Lekin ular ko„pincha murakkab triggerlarning asosiy tashkil etuvchi
qismi tarkibiga kiradilar. Ko„p hollarda RS-trigger mustaqil IMS sifatida ishlab
chiqariladi. Masalan, K555TP2 IS qobig„ida to„rtta RS-trigger mavjud bo„lib,
ularning ikkalasi ikkitadan o„ rnatish kirishlariga ega.