|
2 laboratoriya ishi mavzu: Yarimo’tkazgichli diodlar parametrlari va xarakteristikalarini tadqiq etish. Stabilitron xarakteristikasi va parametrlarini tadqiq etish. Optronni tadqiq etish Ishning maqsadi
|
Sana | 03.06.2024 | Hajmi | 111,5 Kb. | | #259472 |
Bog'liq 2-laboratoriya ishi
2 - LABORATORIYA ISHI
Mavzu: Yarimo’tkazgichli diodlar parametrlari va xarakteristikalarini tadqiq etish. Stabilitron xarakteristikasi va parametrlarini tadqiq etish. Optronni tadqiq etish
Ishning maqsadi: Yarimo’tkazgichli diod (YaD) asosiy xarakteristikalari va parametrlarini hamda ularga tashqi muhit temperaturasining ta'sirini tadqiq etish. Elektr teshilish rejimida diod tokini unga qo’yilgan teskari yo’nalishdagi kuchlanish bilan bog’liqligini tajriba usuli bilan aniqlash va bu bog’lanishni approksimatsiyalovchi chiziqli funktsiya parametrlari qiymatlarini hisoblash. Optronlar ishlashini va parametrlarini o’lchash uslublarini o’rganish.
1. Laboratoriya ishini bajarishga tayyorgarlik.
1.1. YaD – n va p- turli o’tkazuvchanlikka ega bo’lgan ikkita yarim o’tkazgichlar kontaktidan iborat bo’lgan hamda bir tomonlama o’tkazuvchanlikka ega bo’lgan elektron asbob. YaD VAXsi 2.1-rasmda keltirilgan. Bu erda 1- nazariy xarakteristika, 2- real abob xarakteristikasi (bu xarakteristika YaDning yarim o’tkazgich strukturasidagi hajmiy qarshilikni va tashqi kontaktlar qarshiligini, YaDdan tok oqib o’tganda undan ajralib chiqayotgan qo’shimcha issiqlikni va x.z.larni hisobga oladi).
1.2. Real yarimo’tkazgichli diod VAXsi 2.1- rasmda keltirilgan. Punktir chiziq bilan quyidagi tenglamaga mos keluvchi ideal VAX ko’rsatilgan:
(2.1)
T=300 Kda UT=26 mV.
2.1-rasm
Xarakteristikalar yarimo’tkazgichli diod asosiy xossalarini namoyon etadi. Ochiq holatda yarim o’tkazgichli dioddan ma'lum miqdorda to’g’ri tok ( ) oqib o’tadi; bu holat yarim o’tkazgichli diodga to’g’ri kuchlanish berish natijasida ta'minlanadi:
Berk holatda yarim O’tkazgichli dioddan juda kichik teskari tok ( ) oqib o’tadi. Bu tokning qiymati germaniyli diodlarda 10-5 – 10-6A, kremniyli diodlarda esa 10-9 – 10-12A tartibga ega. Yarimo’tkazgichli diodning berk holati unga teskari kuchlanish berish natitijasida amalga oshiriladi:
2. Laboratoriya ishini bajarish uchun topshiriq:
2.1. Laboratoriya ishini bajarishdan avval sxema, o’lchash usullari, qo’llaniladigan o’lchov asboblari bilan tanishib chiqish kerak.
2.2. Yarimo’tkazgichli diod VAXsining to’g’ri shohobchasi ni o’lchang (2.9-rasm). Tajribani ikki turdagi - germaniyli va kremniyli diodlar uchun bajaring.
2.11- rasm
Tajriba bajarish uchun tavsiyalar:
Yarimo’tkazgichli diod to’g’ri toki ( ) kuchlanishga kuchli ravishda bog’liq (2.9- rasm) bo’lgani sababli tokni cheklash uchun yarimo’tkazgichli diodga ketma – ket chegaralovchi qarshilik R=560 Om ulash kerak. Yarimo’tkazgichli diod VAXsini amalda o’lchash qulay, buning uchun diodga kerakli tok qiymatini berib borib, unga mos keladigan kuchlanish qiymat yozib boriladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
2 laboratoriya ishi mavzu: Yarimo’tkazgichli diodlar parametrlari va xarakteristikalarini tadqiq etish. Stabilitron xarakteristikasi va parametrlarini tadqiq etish. Optronni tadqiq etish Ishning maqsadi
|