Mikrometr vint yordamida reyka tasviri
maydonning ikki chekasiga
o‘tkaziladi va yana sanoq olinadi. Agar ikki sanoq bir xil bo‘lsa shart bajarilgan
bo‘ladi.
Agar
shart bajarilamasa, to‘g‘irlash uchun oldin trubaning okulyar qismini
tutib turuvchi uchta vint bo‘shatilib, so‘ngra iplar to‘rini burab bajariladi.
3. Ko‘rish trubasining vizir o‘qi silindrik adilak o‘qiga parallel bo‘lishi
kerak. Bu shart nivelirning eng asosiy sharti hisoblanadi.
Buni bir joyda ikki
martadan nivelirlash orqali tekshiriladi.
Buning uchun 50-75 m masofada ikki nuqtalarga (misolda A va V
nuqtalarni) qoziq qoqiladi. Nivelirni A nuqta ustiga o‘rnatib, (bunda okulyar A
nuqta tepasida bo‘lishi kerak) asbob balandligi I o‘lchaniladi. V nuqtaga esa reyka
qo‘yilib v sanog‘i olinadi. So‘ngra reyka va nivelir joylari o‘zgartirilib, reykadan
b2 sanog‘i olinadi va i2 o‘lchanadi.
Agar vizir o‘qi, silindrik adilak o‘qiga parallel bo‘lmasa, bu holda v1 va 2
sanoqlari X ga xato qilgan bo‘ladi. Bu yerda reykadan
olingan sanoqdar xatosi
quyida keltirilgan ifoda yordamida hisoblanadi.
2
2
2
1
2
1
i
i
b
b
x
(1.1)
Agar hisoblangan /x/ < 4mm bo‘lsa asosiy shart bajarilgan bo‘ladi. Aks
holda reykadan (b2 + x ) sanog‘i olinib, ellivatsion vint bilan o‘rtacha to‘rlar
chizig‘ini shu sanoqka to‘g‘irlanadi, so‘ngra silindrik adilak pufakchalarni bir-
biriga to‘g‘irlanadi. Shundan so‘ng tekshirish yana qaytariladi.
1.3-rasm. Nivelirlarni geometrik o‘qlari