• Mashg‘ulotda foydalaniladigan asboblar va jihozlar
  • Nivelir reykalari va ularning turlari.
  • 2-Laboratoriya mashg‘uloti Mavzu: Nivelerlashni tekshirish va sozlash amallarini bajarish




    Download 307,14 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/3
    Sana22.01.2024
    Hajmi307,14 Kb.
    #143005
      1   2   3
    Bog'liq
    2-laboratoriya (5)



    2-Laboratoriya mashg‘uloti 
    Mavzu: Nivelerlashni tekshirish va sozlash amallarini bajarish. (2-soat) 
    Laboratoriya mashg‘ulotiing mazmuni va maqsadi 
    Nivelir asboblari va nivelir reykalari bilan tanishish hamda ularning 
    qismlarini o‘rganish. Ularni ishchi holatiga keltirish va tekshirish. Nivelir hamda 
    uning qo‘shimcha detallari orqali sanoqlar olish shuningdek, nuqtalar orasidagi 
    masofani o‘lchash.
    Mashg‘ulotda foydalaniladigan asboblar va jihozlar 
    Nivelir shtativi bilan, geodezik reyka, jurnali. Elektron nivelir shtativi bilan, 
    ta’minotli dastur o‘rnatilgan kompyuter yoki noutbuk, nivelirlash jurnali. 
    Mavzu bo‘yicha umumiy nazariy ma’lumotlar 
    Nivelir, asosan taglik, adilak va ko‘rish trubasidan iboratdir. Nivelir doiraviy 
    adilak yordamida ish holatiga keltiriladi. 
    Quyida ayrim nivelirlarning tasniflarini keltiramiz. Nivelir N-3. Ko‘rish
    trubasi 30 marta katta qilib ko‘rsatadi. N-nivelir degani. 3- o‘lchash aniqligini 
    bildiradi, ya’ni 1km da 3 mm xatolik bo‘lishi mumkin. Ko‘rish maydoni 1 gradus 
    20 minut, IV-klass bo‘lib, texnikaviy nivelirlashda ishlatiladi. 
    Ishlash uchun uni shtativga stanovoy (taglik) vint bilan berkitiladi. Asbob 
    plastinkaga qadalgan ko‘tarma vintlar orqali, doiraviy adilak yordamida ish 
    holatiga keltiriladi. Sanoq olishdan oldin trubadagi silindrik adilakning satxini «nol 
    punktga» keltirib olinadi. Tasvir aniq ko‘rinishi uchun kremaler vintidan 
    foydalaniladi. Reykadan sanoq olish masofasi 2 m dan yaqin emas. 
    Nivelir reykalari va ularning turlari. 
    Texnikaviy nivelirlashda butun va yigma reykalar ishlatiladi, ularning buyi 3 
    - 4 m bo‘lib, eni 8 - 10 sm, kalinligi esa 2 - 3 sm bo‘lib quruq, qarag‘ay daraxtidan 
    yasaladi. Reykaning sanoqlari bir tomondan yoki ikki tomondan yozilishi mumkin. 
    Ikki tomonli reykada yozuvlar qora va qizil rangda yoziladi va reykaning qora va 
    qizil tomoni deb ataladi. 


    1.1-rasm. N – 3 nivelirini tuzilishi 
    1.2-rasm. N-3 nivelirini okulyari 1-o‘rdak pallasi; 2- iplar to‘rining 
    gorizontal chizig‘i; 3- ipli dalnomerlar 
    Qora tomonda sanoqlar «0» dan boshlanib 3000 da tugaydi. Bo‘laklarni xar 
    biri Ye shaklidagi belgidan boshlanib, kiymati 10 mm da beriladi. Qizil tomon 
    yozuvlari esa 46 87 mm yoki 44 68 mm (yigma reykada) beriladi. Nivelirlashda 
    reyka qoziq ustiga vertikal qo‘yiladi. Qora va qizil tomonli reykalar bilan 
    ishlaganda keyingi va oldingi reykalarda olingan sanoqlar ayirmasi qizil tomondan 
    olingan ayirmaga teng bo‘lishi kerak. 

    Download 307,14 Kb.
      1   2   3




    Download 307,14 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2-Laboratoriya mashg‘uloti Mavzu: Nivelerlashni tekshirish va sozlash amallarini bajarish

    Download 307,14 Kb.
    Pdf ko'rish