• I Num Caps Sc roe Lock Lock Lock
  • |—ё I ©*№$:% •:* ( ) I +• 1 2345 6| 7 890- = Backspace
  • Num / * Lock
  • Ddete Eno page Down
  • 4 5 6 -w — Ф Shift Z X IС V 8 N M Ф Shift | |
  • 2.Tizimli va amaliy dasturiy ta’minotning rivojlanish bosqichlari
  • 3. Amaliyot tizimlari (AT). ATto’g’risida dastlabki ma’lumotlar
  • 4. Texnik tizimlarda boshqarish uchun zamonaviy texnologiyalarni qo’llash
  • | Esc | F1 F2 F3 F4 F5 F6 F7 F8 F9 F1O F11 F12




    Download 201,1 Kb.
    bet2/2
    Sana28.08.2024
    Hajmi201,1 Kb.
    #269959
    1   2
    Bog'liq
    2-MA’RUZA. AXBOROT KOMMUNIKATSION TEXNOLOGIYALARINI TASHKIL ETUVCHI KOMPONENTALARI.

    | Esc | F1 F2 F3 F4 F5 F6 F7 F8 F9 F1O F11 F12




    I Pnnt Scm

    ж

    Pause I Brea*




    I Num Caps Sc roe
    Lock Lock Lock
















    |—ё I ©*#№$:% •:&?* ( ) I +•
    1 2345 6| 7 890- =

    Backspace




    insert

    моте

    Up*




    Num / *
    Lock

    -




    Tab |<- OWER TYU 1 OP{
    ->| Й | Ц У| К E H Г Ш Щ 3 [ X

    > bl

    Ddete

    Eno

    page Down

    7 8 A 9
    Home jPgUp

    +

    tapsLocUA |S D FGHJ KL : ° 1 Enter «J
    ф| Ы В I A | П P О | Л 1 Д j; Ж f Э |










    4 5 6
    -w —

    Ф Shift Z X IС V 8 N M < > ? Ф Shift | |
    | я ч| C I м и т ь|. ь|, ю / . \




    1




    1 2T End

    3 PgDn

    Enter

    Ctrl S3 Ait Space Ait S3

    g- Ctrl




    -

    +

    Ы




    0 Ins

    Del




    \ X x



    1. Asosiy guruh tugmalari - matn kirituvchi tugmalar (harflar, raqamlar, belgilar, Space, Shift, Enter, Delete, Insert, Backspace, Tab, Caps Lock).

    2. Yo’naltiruvchu tugmalar guruhi - kursorni boshqaruvchi tugmalar (ф, Ф, ^, ^, Home, End, PageUp, PageDown).

    3. Kalkulyator bloki guruhi - klaviaturaning o’ng qismidagi blok kiradi. Unda kalkulyatorda kerakli raqamlar va amallar mavjud.

    4. Funksiyanal tugmalar guruhi - F1-F2.

    5. Boshqaruvchi tugmalar guruhi - , Ctrl, Alt, Esc, PrintScreen, Pause,

    Break.
    Sichqoncha- Zamonaviy kompyuterlarni ekranda boshqarishni yengillashturuvchi qurilma.
    Sichqoncha -ma'lumotni kompyuterga kiritishni tezlashtiruvchi va kompyuter bilan foydalanuvchi muloqotini yengillashtiruvchi qurilma.



    Lazerli sichqoncha

    Mexanik sichqoncha
    Turlari-mexanik va lazerli sichqonchalar mavjud. Ular ham simli va simsiz tuzilishga ega.


    2.Tizimli va amaliy dasturiy ta’minotning rivojlanish bosqichlari
    Dasturiy ta’minot deganda, hisoblash texnikasi vositalari bilan ma’lumotlarni qayta ishlash tizimini yaratish va ulardan foydalanish uchun dasturiy va hujjatli vositalarni jamlash tushuniladi. Dasturiy ta’minot tomonidan bajariladigan funksiyalarga bog’liq holda, uni ikki guruh-tizimli dasturiy ta’minot va amaliy dasturiy ta’minotga ajratish mumkin.
    Dasturiy ta’minot -kompyuter texnikasi vositasida ma’lumotlarni qayta ishlash tizimini yaratish va foydalanish dasturiy vositalari yig’indisidir. Dasturiy ta’minot tarkibiga bazaviy (umumtizimli) va amaliy (mahsus) dasturiy mahsulotlar kiradi.
    Qo’llash sohasidan qat’iy nazar, axborot tizimlarining samarali faoliyat ko’rsatishi bir qator ta’minotlar bilan bog’liqdir. Ularni dasturiy, texnik, huquqiy, axborot, tashkiliy, matematik va lingvistik ta’minotlarga ajratilishi qabul qilingan.
    Bazaviy dasturiy vositalar inson va kompyuterning o’zaro harakatlarini avtomatlashtirish, ma’lumotlarni qayta ishlash, namunaviy protseduralarni tashkil etish, mkit texnik vositalari ishlashi nazorati va diagnostikasi uchun xizmat qiladi. Amaliy dasturiy ta’minot axborot tizimi funktsional vazifalarni hal etishni avtomatlashtirish uchun mo’ljallangan dasturiy mahsulotlar yig’indisini o’zida namoyon etadi. Ular universal vositalar (matn muharrirlari, elektron jadvallar, ma’lumotlar bazasini boshqaruv tizimlari) va mahsus vositalar -funktsional kichik tizimlarni amalga oshiruvchi turli xil ob’ektlar (iqtisodiy, muhandislik, texnik va boshqalar) sifatida ishlab chiqilishi mumkin.
    Texnik ta’minot ma’lumotlarni qayta ishlash tizimining faoliyat ko’rsatishi uchun qo’llaniluvchi texnik vositalar kompleksidir. Ushbu ta’minot ma’lumotlarni qayta ishlovchi, namunaviy operatsiyalarni amalga oshiruvchi qurilmalarni o’z ichiga oladi. Bunday qurilmalarga kompyuterlardan tashqari, atrof (periferiya) texnik vositalari, turli xil tashkiliy texnika, telekommunikatsiya va aloqa vositalari ham kiradi.
    Huquqiy ta’minot axborot tizimini yaratish va faoliyat ko’rsatishini tartibga soluvchi huquqiy me’yorlar yig’indisini o’zida namoyon etadi.
    Lingvistik ta’minot inson va kompyuter muloqotini ishlab chiqish va ta’minlash samaradorligini oshirish uchun mkitni yaratish va foydalanishning turli bos- qichlarida ishlatilgan til vositalari yig’indisidan iborat.
    Dasturiy ta’minot tomonidan bajariladigan funksiyalarga bog’liq holda, uni quyidagi to’rt guruhga ajratish mumkin:

    1. Tizimli dasturiy ta’minot

    2. Amalaiy dasturiy ta’minot

    3. Xizmat ko’rsatuvchi dasturiy ta’minot

    4. Dasturlash texnologiyasining uslubiy vositalari

    Tizimli DT kompyuterda axborotni qayta ishlash jarayonini tashkil etadi va amaliy dasturlar uchun me’yordagi ish muhitini ta’minlaydi. Tizimli DT apparat vositalari bilan shu qadar yaqin aloqadaki, uni ba’zida kompyuterning bir qismi deb ham hisoblashadi.
    Amaliy DT foydalanuvchining aniq vazifalarini hal etish va umuman axborot tizimining hisoblash jarayonini tashkil etish uchun mo’ljallangan.
    Xizmat ko ’rsatuvchi DT tarkibiga foydalanuvchi va shaxsiy kompyuterlar uchun xizmat qiladigan ilova va dasturlar tushuniladi. Bunday dasturlardan foydalanish orqali ShK optimal holatda ishlashini ta’minlash mumkin.
    Dasturlash texnologiyasining uslubiy vositalari orqali tizimli dasturiy ta’minot, amaliy dasturiy ta’minot hamda xizmat ko’rsatuvchi dasturiy ta’minot uchun zaruriy ilova va dasturlarni yaratish mumkin.
    Tizimli DT tarkibiga quyidagilar kiradi: Operatsion tizimlar (OT) xabarni qayta ishlash jarayonini boshqarish va apparat vositalari bilan foydalanuvchilar o’rtasidagi o’zaro aloqani ta’minlaydi. OTning asosiy vazifalaridan biri axborotning kirish - chiqish jarayonini avtomatlashtirish, foydalanuvchi hal etadigan amaliy vazifalarning bajarilishini boshqaradi. OT kerakli axborotni EHM xotirasiga kiritadi va uning bajarilishini kuzatadi; to’g’ri hisoblashga halal beruvchi vaziyatlarni tahlil etadi, qiyinchiliklar paydo bo’lganda nima qilish zarurligi haqida ko’rsatma beradi. Bajaradigan vazifalaridan kelib chiqib, OTni uch guruhga bo’lish mumkin:

    • bir funksiyali (bir foydalanuvchili);

    • ko’p funksiyali (ko’p foydalanuvchili);

    • tarmoqli (tarmoqlar uchun mo’ljallangan OTlar).

    Bir vazifali OT bir foydalanuvchining har bir aniq paytda aniq vazifani bajarish uchun mo’ljallangan bunday dasturlar turkumiga quyidagilarni misol qilib keltirish mumkin- MS DOS OS, MAKINTOSH OS, DRD DOS OS, PK DOS OSva h.k. Bunday operatsion tizimlarning tipik vakili MS DOS dir (uni Microsoft firmasi 1981 yilda ishlab chiqargan).
    Ko’p vazifali OT vaqtni multidastur rejimida taqsimlashda EHMdan jamoa bo’lib foydalanishni ta’minlaydi (EHM xotirasida bir necha dastur vazifalar bo’ladi va protsessor kompyuter resurslarini vazifalar o’rtasida taqsimlaydi). Bunday sinfdagi OTning tipik vakillari -IBM korporatsiyasining UNIX, OS2, LINUX OS, Microsoft Windows 95, Microsoft Windows NT, Windows XP va boshqalardir.
    Tarmoqli operatsion tizimlar lokal va global tarmoqlarni paydo bo’lishi bilan bog’liq va foydalanuvchining hisoblash tarmoqlari barcha resurslariga kirishini ta’minlash uchun mo’ljallangan. Tarmoqli OT laming tipik vakillari -Novell NetWare, Banyan Vines, IBM LAN, Sun firmasi mahsuloti Solaris lardir.
    Amaliy Dasturlar Paketi (ADP) tarkibiga quyidagilar kiradi: Amaliy DT amaliy dasturchi uchun uning faoliyatining natijaviy maqsadi bo’ladi va bir vaqtning o’zida foydalanuvchining ish qurolidir. Aniq soha mutaxassisi, bir vaqtning o’zida ma’lumotlarni qayta ishlash sohasida, ham mutaxassis bo’lishga majbur emas, u dastur tuzishni bilishi ham shart emas. Ammo u, kompyuter bilan ishlash usul va yo’llarini, tizimli, ayniqsa amaliy dastur vazifasi va imkoniyatlarini o’zining muammoli sohasi uchun bilishi shart.
    Amaliy dasturiy ta’minot foydalanuvchining aniq bir vazifalarini ishlab chiqish va bajarish uchun mo’ljallangan.
    Umumiy vazifadagi amaliy dasturlar paketi (ADP) - foydalanuvchi va umuman axborot tizimi funktsional vazifalarni ishlab chiqarish va foydalanishni avtomatlashtirish uchun mo’ljallangan.
    Amaliy dasturiy ta’minot kompyuterning ishlov berish tizimlarini, turli sohalar masalalarini yechishini ta’minlaydi. Amaliy dastur yoki ilova- bu ma’lumotlarga ishlov beruvchi axborot texnologiyalarining aniq soha masalalarini yoki masalalar sinfini yechishga mo’ljallangan dasturdir. ATP ni qo’llash aniq sohasi-muammoli soha deyiladi.
    Quyida amaliy dasturlarning turlari keltiriladi:
    > Matn muharrirlari - Oldin ishlatilgan Leksikon, CHiwriter matn muharrirlarini kiritish mumkin. Hozirda Bloknot, Word, Word Perfect, Word PAD va Latex matn muharrirlarini keltirib o’tish mumkin. Bu matn muharrirlari yordamida ko’pgina boshqa turli bosma hujjatlarni-ma’lumotnoma, vedomostlar, maqola, hisobot va h.k.larni tayyorlash uchun ishlatiladi. Matn muharrirlarining eng kuchlilarini - matn protsessorlari deb ataladi. Matn muharrirlarining maxsus ko’rinishlari nashr tizimlari deyiladi, ular gazeta, jurnal, reklama bukletlari prospekt va kitoblarni ko’paytirish uchun ishlatiladi. Bu Ventura Publisher, Adobe Acrobat, Adobe Page Maker va Quart Xpress dir.
    > Grafik muharrirlar, ular yordamida turli rasm, chizma, grafik, diagramma, illustratsiya va shu bilan birga uch o’lchamli tasvirlar yaratiladi: Ular Paint, Adobe PhotoShop, Corel Draw, Auto CAD, 3DS Studio MAX va h.k.lar.
    > Elektron jadvallar odatdagi jadvallarning elektron ko’rinishi bo’lib, ularning yordamida matn, sonli va formula ko’rinishdagi ma’lumotlarni avtomatik tarzda qayta ishlash mumkin.
    Ular - Lotus, Super Calc, MS Excel, Quattro Pro va shunga o’xshash bir qator dasturlarni keltirish mumkin.
    > Ma’lumotlar Bazasi (MB) - bir yoki bir nechta ob’yektlar ma’lumotlari, xossalari va o’zaro bog’lanishlari haqidagi ma’lumotlarni saqlashga mo’ljallangan dasturiy tizimlar. MB ni ma’lumotlar bilan birlamchi to’ldirish va ma’lumotlarni faol holatda qo’llash (ya’ni predmet sohasini real holatiga mos joriy holatida qo’llash) uchun ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimlari (MBBT) deb ataladigan dasturlarning uskunali paketlari xizmat qiladi. Hozirgi vaqtda eng ommaviy MBBT bo’lib, Access MBBT, Fox Pro, Paradox, Informix, Oracle, My SQL va boshqa dasturlar hisoblanadi.
    > Integrallashgan tizimlar, yuqorida keltirilgan maxsus paketlarga o’xshash komponentalarni, paketning hamma tashkil etuvchilari bilan birga yagona o’zaro bog’lanish uslubini ta’minlaydigan tizim va shu bilan birga paketning turli komponentalari o’rtasida qulay, samarali usulni ham ta’minlaydi. Bunday tizimga yaqqol misol qilib MS Office paketini keltirish mumkin. Bundan tashqari Corel Word Perfect ni misol qilsa bo’ladi, u o’z ichiga Word Perfect matn muharririni, elektron jadvallarni qayta ishlovchi Quattro Pro ni oladi. Bundan tashqari yana Sun kompaniyasining Star Office paketi mavjud, bu paket turli apparat va dasturiy platformalarda ishlay oladi.
    Xizmat ko’rsatuvchi dasturiy ta’minot: Bu turdagi dasturiy mahsulotlardan foydalanish orqali foydalanuvchi kompyuterni va o’zining ish unumdorligini oshirish mumkin. Xizmatchi dasturlardan foydalanish jarayonida OT ishlash holatini yaxshilash, shaxsiy kompyuterdan foydalanish va uni normal ishlashini optimallashtirish va kompyuter bilan foydalanuvchi o’rtasida uyzaga keladigan muammolarni yechish imkonini beradi. Bu turdagi dasturlar quyidagi ko’rinishlarda bo’ladi.
    > Utilitalar - foydalanuvchilarga sifat jihatidan yangi interfeys taqdim etadi. OT foydalanuvchi operatsiya va buyruqlarini ikir-chikirigacha bilishdan ozod etadi. Utilitalar foydalanuvchiga qo’shimcha xizmatlarini (maxsus dasturlar ishlab chiqishni talab etmaydigan) asosan disklar va fayllar tizimlari bo’yicha xizmat ko’rsatish ko’rinishida taqdim etadi.
    > Tarjimon va elektron lug’atlar, bu dasturlar yordamida matnni bir tildan ikkinchisiga avtomat tarzda tarjima qiladi. Masalann, “Lingua Match. Corresponded” paketi ish yozishmalarini 6 ta tilda olib borish imkonini beradi. “Multileks Pro” elektron lug’ati 2 mln rus va ingliz so’zlarini o’z ichiga olgan.
    > Shaxsiy menedjer va organayzerlar. Bu dasturlar insonga, turli ma’lumotlar: telefon raqamlari, manzillar, tug’ilgan kunlarni olgan yon daftarcha va turli uchrashuv, anjumanlar kuni vaqti va h.k.larni belgilangan yozuv daftarini o’rnini bosadi. Shaxsiy menedjer - bu dastur shaxsiy va jamoa faoliyatini rejalovchidir, yoki shaxsiy “budilnik-eslatuvchi” desa bo’ladi, yana bu “bir umrlik kalendar”, pochta dasturi va h.k.larni o’z ichiga oladi. U shaxsiy va ish ma’lumotlarini tashkillashtiruvchidir. Masalan: MS Outlook.

    • Ta’lim, o’rgatuvchi va multimediali ensiklopedia dasturlari. Ta’lim dasturlari paketi turli fanlar: matematika, chet tili, kimyo, biologiya va h.k.lar bo’yicha individual ta’lim berish va o’qitish sifatini tekshirish dasturlaridan iboratdir.

    • Multimedia dasturlari tovush va videoma’lumotlarni ko’rish va eshitishga yordam beradigan dasturlardir. Masalan, KM-Plaer, AIMP plaer, Win-AMP, Pot- Plaer.

    • Fayl menejerlari - fayl va kataloglarga hamda disklardan foydalanishda xizmat ko’rsatish vazifasini amalaga oshiradi. Ularga “Far Manager, Norton Commander, Windows Commander, Total Commander” dasturlarini kiritish mumkin.

    • Arxivatorlar - diskdagi fayil va papkalarni nusxasini siqib joylashtiruvchi dasturlardir. Arxivlash vositalari ya’ni fayl va papkalar asosida arxiv yaratish va yangilash hamda arxivdan chiqarish vazifasini amalga oshiradi. Masalan, Win Rar, Win Zip, Win Arj, Extra Zip, 7-Zip va h.k.

    • Drayverlar - qurilma va OT o’rtasida vositachi rolini amalga oshiradigan dastur va fayllar. Qurilma turi va modeliga mos bo’lmagan drayver o’rnatilsa qurilma normal holatda ishlamaydi.

    • Antiviruslar - kompyuterni viruslardan himoya qilish, viruslarni aniqlash, o’chirish hamda viruslarlangan fayllarni davolashda qo’llaniluvchi maxsus dasturlar. ESET Nod32, Kasperskiy Anti-Virus, Microsoft Security, Doctor Web, Avast, Norton Anti-Virus va Nod 32 h.k.

    > O’yin va dam olishga yordam beradigan dasturlar. Tizimli va amaliy dasturlar dasturlashtirish tillari yordamida tuziladi. Bu jarayonda yozilgan dastur dasturlashtirish tili translyatori orqali mashina tiliga tarjima qilinadi.
    Dasturlash texnologiyasining uslubiy vositalari -amaliy dasturchilar deb nomlanadigan kategoriyadagi mutaxassislar uchun ish qurolidir. Uskunali dasturiy ta’minot - turli xildagi, inson faoliyatining turli sohalarida ishlatiladigan dasturlar paketlarini ishlab chiqishga mo’ljallangan. Amaliy dasturchilar, nafaqat ma’lumotlarga ishlov berish usullarini bilishlari, balki dasturlarni ishlab chiqishni ham bilishlari kerak. Ular axborot texnologiyalarini aniq qo’llash sohalari - muhandislik sohalari, matematika, fizika, nashriyot tizimi, buxgalteriya, tibbiyot va h.k. sohalarda yaxshi o’zaro bog’lanishi yoki yaxshi birikishi lozim. Oddiy foydalanuvchilar bu guruh dasturlari bilan, qoida bo’yicha duch kelmaydilar. Uskunali dasturlar guruhiga quyidagi dasturlar kiradi: turli algoritmik tillar translyatorlari (ular dastur matnini mashina tiliga o’tkazadi-tarjima qiladi) bog’lovchi muharrirlar - ular dasturning alohida-alohida bo’laklarini bir-biriga birlashtirib, butun holatga keltiradi. Sozlovchilar - ular yordamida dasturni yozishdagi yo’l qo’yilgan xatolar topiladi va bartaraf qilinadi.
    Dasturlashtirishning kirish tili, translyator, mashina tili, standart dasturlar kutubxonasi, translyatsiya qilingan dasturlarni sozlash va bir butunlikka jamlash vositalarini o’z ichiga olgan vositalar majmui dasturlashtirish tizimi deb ataladi. Dasturlashtirish tizimida translyator dasturlashtirishning kirish tilida yozilgan dasturni aniq bir EHMning mashina buyrug’i tiliga tarjima qiladi. Kirish tilidan tarjima qilish usuliga bog’liq holda translyatorlar kompilyator va interpretatorlarga bo’linadi.
    Mutaxassis integrallashgan muhiti-hamma keltirilgan komponentalarni dastur ishlab chiqish uchun yagona, qulay tizimga birlashtiradi.
    3. Amaliyot tizimlari (AT). ATto’g’risida dastlabki ma’lumotlar
    Operatsion tizim - kompyuter bilan foydalanuvchi o’rtasida muloqotni o’rnatadi, kompyuter asosiy qurilma manbaalarini, qo’shimcha qurilmalarining ishini boshqaradi. Operatsion tizim dasturlari operativ xotiraga ko’chiradi bu dasturlarning talablarini bajarib, ishini ta’minlaydi. Dastur vazifasini bajarib bo’lgandan so’ng operativ xotirani undan tozalaydi, ya’ni foydalanuvchi ishlashi uchun operativ xotirada keng maydon yaratadi.
    Operatsion tizim komandalari asosida foydalanuvchi diskni nomlash, fayllar nusxasini ko’chirish, ekranda kataloglar ketma-ketligini olish ixtiyoriy dasturlar, printer, displey bilan bevosita ishlash kabi imkoniyatlarga ega bo’ladi.
    Windows operatsion tizimi Microsoft kompaniyasi tomonidan yaratilgan bo’lib, uning birinchi versiyalari 1980 yillarda vujudga keldi va foydalanuvchilar orasida dovrug’ qozondi. Windows ning afzallik tomonlariga quyidagilar kiradi: ma’lumotlar bilan ishlashning yengilligi; bir vaqtning o’zida bir necha dasturlar bilan ishlash; himoyalanganligi; ma’lumotlarning nusxalarini dasturlar orasida osongina almashish; foydalanuvchiga qulay va tushunarli interfeysning bo’lishi; barcha qurilmalarni boshqarish, ularni sozlash va qo’shish; Internet bilan ishlash va elektron pochta bilan ishlashning yengilligi; filmlar ko’rish va musiqalar eshitish va h.k. Windows OT ning 3.1, 3.11, 95, 98, 2000, NT, Mellenium, XP (SP1, SP2 va SP3), Vista, 7, 8, 8.1, 10 kabi talqinlari mavjud bo’lib, ularning ichida eng ko’p tarqalganlari, Windows, Windows 7, Windows 8 va Windows XP talqinlari keng foydalanilmoqda. Shuni alohida aytib o’tish joizki Windows ning oldingi talqinlarida ishlagan foydalanuvchi yangi talqin bilan ishlashda hech qiynalmaydi.
    4. Texnik tizimlarda boshqarish uchun zamonaviy texnologiyalarni qo’llash
    Avtomatlashtirilgan axborot tizimi ishlashi jarayonida bo’linma raxbari operativ axborotdan foydalanib (moddiy, moliyaviy va kadr) resurslarni rejalashtirish va moslashtirish, boshqaruv qarorlarini natijalarini hisoblash va baholash, resurslarning belgilangan tadbirlarining bajarilish jarayonini operativ boshqarilishiga moslab olishi mumkin va hokazo. Boshqaruv axborot tizimlari quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:

    • axborotni operativ yig’ish, saqlash, uzatish va qayta ishlash hisobiga qabul qiladigan qarorlarning asoslanganlik darajasini oshirishga:

    • bo’linmani boshqarishda qarorlarning tezda o’z vaqtida qabul qilinishini ta’minlashga:

    • boshqaruv samaradorligini oshishiga erishishda yagona ma’lumot fondidan barcha toifadagi raxbarlarni o’z vaqtida kerakli axborot bilan ta’minlashga erishish:

    • boshqaruvning turli tarkibiy tuzilmalari va darajalarida qabul qilinadigan qarorlarni muvofiqlashtirish:

    • ishning joriy holati bo’yicha boshqaruv xodimining axborotga egaligi hisobiga ish unumdorligini oshishini ta’minlash, talafotlarni qisqartirish va hokazo.

    Avtomatlashtirilgan axborot tizimidan asosiy maqsad - joriy axborotlarni qayta ishlash hisobiga yangi ko’rinishdagi axborot olish, uning asosida optimal boshqaruv qarori ishlab chiqishdir. Boshqaruv aparat faoliyatini axborot bilan ta’minlashning yangi shakl ko’rinishlarini joriy etilishida zamonaviy texnik vositalardan foydalanshi, axborotni integratsyalashni dolzarbligi va bir-birini inkor etmasligini ta’minlash hisobiga erishiladi.
    Axborot texnologiyasi qayta ishlanadigan ma’lumotlar hajmining oshgani bilan uni qayta ishlash muddatlari sezilarli darajada kamayadi. Boshqaruvda AT axborot resurslaridan foydalanish jarayonining asosiy tashkil etuvchisidir. Axborot texnologiyasi - avtomatlashtirilgan axborot tizimlari uchun asosiy muhit bo’lib uning tashkil etuvchilari ma’lumotlarni o’zgartirish vositalari va usullaridir.
    Axborot texnologiyasida sodir bo’ladigan jarayon, axborot tizimida aylanadigan axborotni aniq belgilangan qoidalar asosida bajariladigan operatsiyalar tashkil etib, ko’pgina faktorlarga bog’liq bo’lib, ular quyidagi klassifikatsion belgilar asosida sistemalashtiriladi:

    • texnologik jarayonni markazlashtirish darajasi:

    • soha predmetini turi:

    • boshqaruv vazifalarini qamrab olish darajasi:

    • qo’llanadigan texnologik operatsiyalar toifasi:

    • foydalanuvchi interfeysining turi.

    Texnologik jarayonni markazlashtirish darajasiga qarab boshqaruv tizimlarida AT markazlashtirilgan, markazlashtirilmagan va aralash texnologiya turlariga bo’linadi.
    Markazlashtirilgan texnologiya shu bilan xarakterlanadiki, axborotni qayta ishlash va asosiy funktsional masalalarni yechish.
    AT qayta ishlash markazida - Respublika axborot markazida amalga oshiriladi. Markazlashtirilmagan texnologiyada ya’ni ma’lum vazifani hal qilish xodim ish joyiga o’rnatilgan hisoblash texnika vositalarini lokal qo’llash orqali amalga oshiriladi.
    Markazlashtirilmagan texnologiyalar avtomatlashtirilgan, markazlashtirilgan ma’lumotlar bankiga ega emas. Lekin foydalanuvchilarning o’zaro axborot almashinuvi axborot kommunikatsiya vositalari bilan ta’minlangan.
    Komunikatsiyalashtirilgan texnologiyada joylardagi axborot bazalaridan birgalikda foydalangan holda funksional vazifalarni yechish jarayonini integratsiyalashadi va barcha axborot tizimining avtomatlashtirilgan ma’lumotlar bankida jamlanadi.
    Boshqaruv vazifalarni avtomatlashtirilgan axborot texnologiya bilan qamrab olish darajasiga qarab hisoblash texnika vositalaridan foydalangan holda axborotni avtomatlashtirilgan qayta ishlashga,boshqaruv funksiyalarini avtomatlashtirishga, qarorlarni qabul qilishni qo’llab-qo’vvatlovchi axborot texnologiyasiga, ularda iqtisodiy-matematik metodlar, modellar va maxsus amaliy dasturlar paketi yordamida tahliliy ishlar va bashoratlarni shakllantirishni, o’rganilayotgan jarayonlar bo’yicha asoslangan baholar va xulosalarni berishda foydalaniladi.
    AT da ishlatiladigan texnologik operatsiyalar toifasi yechiladigan amaliy harakterdagi vazifalar va mavjud amaliy dasturiy ta’minotiga qarab, matn va grafik muharrirlariga, jadvalli protsessorlar, ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari, multimediya tizimlari, gipermatnli tizimlar va shu kabilarga bo’linadi.
    Bo’linmalarda foydalaniladigan avtomatlashtirilgan axborot
    texnologiyalarini foydalanuvchi interfeysining turi, axborot-hisoblash va dasturiy resurslarga ruxsatiga qarab bo’linadi. Paketli axborot texnologiya foydalanuvchini ma’lumotlarni qayta ishlash jarayoniga aralashishiga imkon bermaydi. Lekin dialogli texnologiya interaktiv rejimda hisoblash vositalariga ta’sir o’tkazib, boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun axborotni operativ olish imkoniyatini yaratadi. Tarmoq avtomatlashtirilgan axborot texnologiya interfeysi, foydalanuvchiga telekommunikatsiya vositalarini qo’llagan holda hududiy axborot hisoblash resurslaridan foydalanish imkoniyatini beradi.
    Nazorat savollar.

    1. Tizim deganda nimani tushunasiz?

    2. Axborot tizimini rivojlanish bosqichlarini keltiring?

    3. Kompyuter dasturlarini turlarini sanab o’ting?

    4. Kompyuterning asosiy qurulmalari va ularning vazifalari?

    5. Kompyuterning qo’shimcha qurulmalari va ularning vazifalari?

    6. Texnik tizimlarda boshqarish uchun zamonaviy texnologiyalarni keltiring?

    7. Qanday axborot saqlovchi qurulmalarni bilasiz?

    8. Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari deganda nimani tushunasiz?

    Download 201,1 Kb.
    1   2




    Download 201,1 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    | Esc | F1 F2 F3 F4 F5 F6 F7 F8 F9 F1O F11 F12

    Download 201,1 Kb.