• Tayanch iboralar
  • 2-ma’ruza. Axborot kommunikatsion texnologiyalarini tashkil etuvchi komponentalari. Kompyuter tizimlari texnik vositalarini yaratishning asosiy yo’nalishlari va rivojlanishning zamonaviy tendentsiyalari reja




    Download 201,1 Kb.
    bet1/2
    Sana28.08.2024
    Hajmi201,1 Kb.
    #269959
      1   2
    Bog'liq
    2-MA’RUZA. AXBOROT KOMMUNIKATSION TEXNOLOGIYALARINI TASHKIL ETUVCHI KOMPONENTALARI.


    2-MA’RUZA. AXBOROT KOMMUNIKATSION TEXNOLOGIYALARINI TASHKIL ETUVCHI KOMPONENTALARI. KOMPYUTER TIZIMLARI TEXNIK VOSITALARINI YARATISHNING ASOSIY YO’NALISHLARI VA RIVOJLANISHNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI
    REJA:

    1. Kompyuter tizimlari texnik vositalarini yaratishning asosiy yo’nalishlari va rivojlanishning zamonaviy tendentsiyalari

    2. Tizimli va amaliy dasturiy ta’minotning rivojlanish bosqichlari

    3. Amaliyot tizimlari (AT). ATto’g’risida dastlabki ma’lumotlar

    4. Texnik tizimlarda boshqarish uchun zamonaviy texnologiyalarni qo’llash

    Tayanch iboralar: kompyuter tizim, tizimli ta’minot, dasturiy ta’minot, texnik tizimlarda boshqarish

    Jamiyatni axborotlashtirishning eng asosiy mezoni bu axborot tuzilmalarini yaratish hisoblanadi. Kompyuter tizimlari axborot tuzilmalarining asosidir.


    Axborot tizimi tushunchasini kiritishdan oldin tizim (sistema) deganda nimani tushunishimizni aniqlab olaylik. Tizim -«sistema» deganda, yagona maqsad yo’lida bir vaqtning o’zida ham yahlit, ham o’zaro bog’langan tarzda faoliyat ko’rsatuvchi elementlar (ob’ektlar), majmuasi tushuniladi. Demak, har qanday tizim biror-bir aniq maqsad yo’lida hizmat qiladi.
    Masalan, sizga ma’lum bo’lgan shahar telefon tarmoqlari tizimi, insondagi yurak qon-tomir tizimi, asab tizimi va boshqalar sun’iy yaratilgan va tabiiy tizimlarga misol bo’la oladi. Ularning har biri tizimga quyiladigan barcha shartlarga javob beradi, ya’ni, har biri o’ziga hos yagona maqsad yo’lida faoliyat ko’rsatadi va tizimni tashkil etuvchi elementlardan iborat.
    Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari fanida «tizim» tushunchasi ko’proq texnik vositalar, asosan, kompyuterlar va murakkab ob’ektlarni boshqarishga nisbatan ishlatiladi. «tizim» tushunchasiga «axborot» so’zining qo’shilishi uning belgilangan funksiyasini va yaratilish maqsadini aniq aks ettiradi. Tizim aslida bu yagona bir butunlikni tashkil qiluvchi o’zaro bog’liq va o’zaro hamkorlikdagi elementlar, qismlar majmuidir.
    Tuzilma - bu tizimning tarkibiy qismlariga bo’linishda namoyon bo’ladigan, uning yaxlitligi, faoliyat yuritishi, harakatini ta’minlovchi, o’zaro belgilangan joylashishi va ular orasidagi aloqasining ulishi, tashkil qilinishidir.
    Kompyuter tizimi - ma’lumotlarni kiritish va chiqarish, ishlov berish hamda xotirada saqlashga xizmat qiluvchi texnik vositalar majmuasidir.
    Kompyuter asosiy va qo’shimcha qurilmalardan tashkil topgan bo’lib, asosiy qurilmalarga quyidagilar kiradi:

    (l.Tizimli blok; 2.Monitor; 3.Klaviatura; 4.Sichqoncha).


    Kompyuterning samaradorligini belgilovchi asosiy qurilma sanalmish tizimli (sistemali) blok o’z navbatida quyidagi ichki qurilmalardan tashkil topgan:
    > Protsessor (CPU) - ma’lumotlarni qayta ishlovchi va hamma hisob ishlarini amalga oshiruvchi qurilma;
    Protsessor - tranzistorli mikroshema bo’lib, kompyuterlarning bosh hisoblash hamda boshqaruv elementi hisoblanadi. Protsessorlarning inglizcha nomi - CPU (Central Processing Unit)

    > Operativ xotira (DIMM, DDR) - kompyuter yoqilgan vaqtda bajarilayotgan dasturlar va ishlatilayotgan ma’lumotlarni vaqtincha saqlash uchun xizmat qiluvchi qurilma;



    > Doimiy xotira qurilmasi yoki qattiq disk, vinchester (HDD) - ma’lumotlarni doimiy saqlash qurilmasi. Agar operativ xotiradagi ma’lumotlar kompyuter tok manbaidan uzilishi bilan o’chib ketsa, doimiy xotiradagi ma’lumotlar esa aksincha saqlanib qoladi;

    > Video karta - bu qurilma monitorga tasvirlarni uzatish uchun xizmat qiladi, ya’ni tasvirlarni hosil qiladi.


    > Ovoz kartasi- tovush, ovoz, musiqani hosil qiluvchi qurilma.



    • Disk yurituvchi qurilma- diskovod (FDD) - egiluvchan magnit disklardagi (disketadagi) ma’lumotni o’qish va unga ma’lumot yozish qurilmasi;

    • CD-ROM disk yuritish qurilmasi - kompakt (lazer) disklardagi ma’lumotlarni o’qish qurilmasi;

    • Ona plata (Mainboard)- yuqoridagi qurilmalarni birlashtiruvchi asosiy plata. Ona plata tizimli blokning asosiy qismi bo’lib 3-rasmda ko’rinishi ko’rsatilgan hamda bu tizimli plata (motherboard) deb ataladi, unga protsessor tezkor hotiralar va boshqalar o’rnatiladi. Barcha tizimli platalar, maqsadga ko’ra hamma to’plam vositalari orasida real ahborot almashuvini amalga oshirish vazifasini o’taydi.


    Ona plata


    Manbaa qism - kompyuterni zarur elektr manbaasi bilan ta’minlab beradi. Quti ichida joylashtirilgan bo’ladi. Manbaa tanlanganda quvvatliroq manbaa tanlash lozim, chunki keyinchalik qo’shimcha qurilmalar o’rnatilganda manbaa taqchilligi ro’y bermasligi uchun. Kompyuterga qancha ko’p qurilmalar o’rnatilsa, shuncha ko’p manbaa quvvati talab etiladi.
    Sovutgich(Cooler) - 486 protsessordan boshlab, ta’minot manbaa quvvati bir necha barobar oshishi tufayli va ajratib chiqayotgan issiqlik hajmi oshganligi sabab yangi qurilma, ya’ni Cooler (sovutgich) ehtiyoj paydo bo’ladi. Protsessorlarga ventilyatorlar hamda radiatorlar issiqlikni kamaytirish uchun o’rnatila boshlanadi.


    Videoadapter - ekranga tekislik va grafikli axborotni chiqaruvchi qurilmalarga aytiladi. Kompyuterda musiqa eshitishingiz uchun ovoz platasi, kallonkalar va maxsus dastur o’rnatilish lozim.


    Axborot saqlovchi qurilmalar


    Barcha shaxsiy kompyuterlarda: asosiy vinchester va diskovodlar bo’ladi. Shaxsiy kompyuter o’chirilganda axborotlar o’chib ketmasligi uchun, ular disklarda saqlanadi. Disklarni hujjatlar saqlanadigan jovonlarga o’xshatish mumkin. Disklarni vinchesterlarga nisbatan bitta yaxshi tomoni shuki, ularni shaxsiy kompyuter yig’gichidan chiqarib olib, yonda olib yurish mumkin. Hozirgi vaqtda asosan 3,5 dyuymli yumshoq disklar ko’proq qo’llaniladi. Diskda maxsus o’tkich o’rnatilgan bo’lib, diskga yozishda ruxsat berish va man etish uchun qo’llanadi.





    (Diskovod). (Qattiq disk).


    Qattiq disklar (vinchester) esa asosan shaxsiy kompyuter qutisi ichida joylashgan va mustahkamlangan bo’ladi. Vinchesterlarni disklarga nisbatan ikkita o’ta zarur imkoniyatlari mavjud; ular ancha katta hajmga hamda ancha tezroq ahborotlarni o’qish va yozish xususiyatlariga ega.


    Monitor - kompyuterda bajarilayotgan amallarni foydalanuvchiga namoyon qilish uchun mo’ljallangan qurilma. Shaxsiy kompyuterning monitori ekranga matnli va grafikli ma’lumotlarni chiqarish uchun xizmat qiladi. U ikki xil rejimda ishlashi mumkin - matnli va grafikli.
    > Matnli rejimda displey ekrani shartli ravishda 80 ta ustun 25 satrga bo’linadi. Shu maydonning ixtiyoriy joyida belgilar tasvirlanadi. Bu belgilar katta va kichik lotin xarflari, sonlar va yordamchi belgilar - ! ” № ; % -? * ( ) { } ” ‘ / ? bo’lishi mumkin.
    > Grafik rejimda ekranga matnli ma’lumotlardan tashqari rasm va grafik tasvirlar ham chiqariladi. Bunda belgi ixtiyoriy shrift va o’lchamga ega bo’ladi. Bu rejimda ekran nuqtalar to’plamidan iborat. Masalan, 640x200 imkoniyatli monitor ekranda gorizontaliga 640 va vertikaliga 200 nuqtani tasvirlaydi. Nuqtalar soni oshishi bilan tasvir sifati oshadi.
    Kompyuterda monitor (display) ekranda sahifali va tasvirli ahborotlarni ko’rsatish uchun qo’llaniladi. Zamonaviy kompyuterlar super VGA turdagi manitorlar bilan to’plangan, ruxsat etish imkoniyatlari 800*600,1024*7608.1280* 1024 va boshqalar.
    Monitorlar tuzilishiga ko’ra quyidagi 3 turda bo’ladi:

    1. CRT (Cathlode Ray Tube) monitorlar (Elektron nurli trubka)

    2. LCD (Liquid Crystal Display) monitorlar (Suyuq kristal displayli)

    3. Plazma


    (CRT monitor)

    (LCD monitor)

    (Plazma monitor)


    Klaviatura
    matnli va belgili ma’lumotlarni kompyuter xotirasiga kiritish
    qurilmasi. Standart klaviaturalar 101 yoki 102 tugmadan iborat bo’lib, undan tashqari hozirda chiqayotgan multiklaviaturalar ham bor. Standart klaviatura bilan multiklaviaturaning farqi multiklaviaturada qo’shimcha tugmalar mavjudligidir (multimedia tugmalari, kalkulyator chaqirish tugmasi, internet va e-mail kabilar mavjud).
    Klaviatura beshta asosiy guruhga bo’linadi:



    \


    Download 201,1 Kb.
      1   2




    Download 201,1 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2-ma’ruza. Axborot kommunikatsion texnologiyalarini tashkil etuvchi komponentalari. Kompyuter tizimlari texnik vositalarini yaratishning asosiy yo’nalishlari va rivojlanishning zamonaviy tendentsiyalari reja

    Download 201,1 Kb.