|
2-ma’ruza. Mashinasozlik ishlab chiqarishda rdb dastgohlarning o’rni va vazifasi
|
bet | 2/4 | Sana | 15.12.2023 | Hajmi | 22,26 Kb. | | #119429 |
Bog'liq 2-ma’ruza. Mashinasozlik ishlab chiqarishda RDB dastgohlarning o’rni va vazifasi.Birinchisi – yuqori avtomatlashtirilgan ko’plab ishlab chiqarish. Bunda ixtisoslashtirilgan yuqori unumli texnologik jihozlardan foydalaniladi. Bu texnologik jihozlar ayrim mahsulot ishlab chiqarishga moslanganligi uchun ular moslashuvchanlik, ya’ni boshqa mahsulot ishlab chiqarishga sozlanish xususiyatlariga ega emasdirlar. Ular ko’plab ishlab chiqarish sharoitiga mos edilar.
Ikkinchisi – yakka tartibdagi va mayda seriyalab ishlab chiqarishlar bo’lib ular qo’l bilan boshqariladigan universal dastgohlardan tashkil topgan edilar. Bular yuqori moslashuvchanlikka ega bo’lib turib kam mexanizatsiyalashtirilgan edi.
Avtomatlashtirishning eng yuqori bosqichi to’liq avtomatlashtirish hisoblanadi. Uning dastlabki qadamlarida universal dastgohlari asosida yaratilgan sonli dastur bilan boshqariladigan texnologik jihozlar yaratiladi. Bunday dastgohlarni moslashuvchan texnologik jihozlar ham deyiladi.
Yuqoridagi ikkita ishlab chiqarishlar o’rniga uchinchi moslashuvchan ishlab chiqarish tizimlar (MICHT) keldi. Ularda texnologik jihozlarni boshqarishda EXM lardan keng foydalaniladi. Bunda ishlov berish jarayonigina avtomatlashtirilib qolmay, balki yangi detallarga ishlov berish dasturini tayyorlash, dastgohni qayta sozlash, loyixalash kabi ishlar ham avtomatlashtiriladi. Bu esa MICHT birinchi qadamlarga kiradi.
MICHT ning ikkinchi qadami sifatida asbob va moslamalarni qidirib topish va ularni dastgohda almashtirish, zagotovkani dastgohga uzatish va tushirish hamda ularni tashish, tushirish kabi operatsiyalarni bajarish kiradi. Bu maqsadda avtomatlashtirishning turli vositalaridan: turli transport vositalari, sanoat robotlari, ishlov berish markazlari hamda hisoblash texnikasidan keng foydalaniladi. Endilikda avtomatlashtirish ko’plab ishlab chiqarishni ham o’z ichiga oldi. Bundagi texnologik jihozlar EXMlar yordamida boshqarilib turli mahsulotlar tayyorlashga osonlik bilan qayta sozlanadilar, shuningdek yordamchi jarayonlarni ham avtomatlashtirishga imkon yaratildi.
Avtomatlashtirishning bu bosqichida mahsulot ning sifati qo’l bilan ishlov berilganiga nisbatan yaxshilanadi, texnologik jihozni ishlash unumdorligi oshadi va inson mehnati qisqaradi.
MDT protsessor, xotira, kiritish va chiqarish qurilmalaridan iborat. Tizimning ayrim qisimlari shinalar vositasida biriktiriladi. Ular orqali boshqarish komandalari va elektr signallari uzatiladi. Ushbu tizimning hamma qurilmalari elektron elementlar, integral mikrosxemalar tayyorlanadi.
Xotirada ishlash dasturi saqlanadi, dastur buyruq (komanda)lardan iborat. MDT bajaradigan amal 0 va 1 raqamlardan tuzilgan elektr signallar bilan kodlanadi. Protsessor - tizimning asosiy qismi bo’lib, u EHM tarkibiy qisimlarini ishini boshqaradi va ma’lumotlarni qayta ishlaydi. Protsessor boshqarish qurilmasi va arifmetik mantiqiy qurilmasidan tashkil topgan.
Boshqarish qurilmasi (BQ) xotiradagi dastur asosida MDT tarkibiy qismlarini ishlashini boshqaradi ham da axboratni qayta ishlaydi.
Arifmetik - mantiqiy qurilma (AMQ) to’g’ridan to’g’ri BQ ta’sirida ishlab, arifmetik va mantiqiy amallarini bajaradi.
Kiritish qurilmasi dasturlar va kiritilayotgan ma’lumotlarni, signallarni kiritish uchun xizmat qiladi. Ular jumlasiga perfolentalardan yoki magnit lentalardan, magnit disklardan axboratlarni o’quvchi qurilmalar; dastgoh ijrochi organlaridan kelayotgan signallarni kiritish qurilmasi; displey va qurilmalarining harf - raqamli klaviaturalari kiradi. Kiritish qurilmasi tashqi tizimlardan kelayotgan kodlangan analogli signallarni ikki kodli ichki kod kurinishiga aylantiradi.
Chiqarish qurilmalari komandalarni va xisoblash natijalarini ichki tizim ikkili kodlardan tashqi kodlash tizimlarining analogli signallariga yoki o’nli tizim kodlariga o’zgartirish va axboratni berish uchun xizmat qiladi. Ular jumlasiga quydagilar kiradi:
Raqamli - analogli o’zgartirgichlar, elektron kalitlar, tasvirlovchi xarf- raqamli va grafik qurilmalari, disileylar va yozuv qurilmalaridir.
Jihozlarni EHM bilan boshqarish tizimlarida katta integral sxemalar (KIS)dan foydalaniladi. KIS lar yuzlab mantiqiy vazifalarni bajaradi va AMQ va BQ lar bilan ta’minlangan ko’plab protsessorlarni o’z ichiga oladi. Bunday ko’p funktsiyali integral sxemalar mikroprotsessorlar deb ataladi. Mikroprotsessorlar texnologik jihozlarning o’ziga o’rnatiladi.
MICHT da texnologik jihozlar bilan birga ularning avtomatik tartibda (rejimda) ishlashini ta’minlovchi turli vositalar mavjuddir. Bu tizimda EXMdan keng foydalaniladi. MICHT yordamida mayda seriyali va donalab ishlab chiqarishlar avtomatlashtiriladi va ularda ish unumdorligi oshadi.
|
| |