|
2-ma’ruza. Mashinasozlik ishlab chiqarishda rdb dastgohlarning o’rni va vazifasi
|
bet | 1/4 | Sana | 15.12.2023 | Hajmi | 22,26 Kb. | | #119429 |
Bog'liq 2-ma’ruza. Mashinasozlik ishlab chiqarishda RDB dastgohlarning o’rni va vazifasi.
2-ma’ruza. Mashinasozlik ishlab chiqarishda RDB dastgohlarning o’rni va vazifasi.
2.1. RDB dastgohlari negizida ishlab chiqarishni tashkil etish o’ziga xosligi.
2.2. Moslanuvchan ishlab chiqarishni barpo etish uchun RDB jihozlar tizimidan foydalanish.
2.1.RDB dastgohlari negizida ishlab chiqarishni tashkil etish o’ziga xosligi.
Texnologik jarayonni amalga oshirish uchun u yoki bu dastgohdan foydalanish tayyorlanadigan detalning murakkabligiga va ishlab chiqarishning turiga bog’liqdir. Ishlab chiqarishning seriyasi qanchalik kichik bo’lsa, dastgoh shunchalik katta texnologik moslashuvchanlikka (gibkost) ega bo’lishi kerak. Yakka tartibdagi ishlab chiqarish sharoitida detallarni juda kichik partiyalab (1-3dona) tayyorlashda ishlab chiqarishni avtomatlashtirish uchun koordinatalarni oldindan terish va raqamlari indekatsiyalanadigan dastgohlarni qo’llash mumkin. Yakka tartibdagi ishlab chiqarishda murakkab detallarni tayyorlash, shuningdek mayda seriyali ishlab chiqarishni avtomatlashtirish uchun RDB dastgohlarni qo’llash maqsadga muvofiqdir. Seriyalab ishlab chiqarishda ham TSDB va RDB dastgohlarini qo’llash mumkin. Moslashuvchan yirik seriyalab ishlab chiqarish sharoitida murakkab konfiguratsiyaga ega bo’lgan detallarni tayyorlash uchun keng miqyosda RDB dastgohlar ishlatiladi.
Ayrim hollarda murakkab shakldagi detallarga ishlov berishda RDB dastgohlaridan foydalanish texnikaviy isbotlangan yagona yechim bo’lib hisoblanadi. Texnologik jarayon uchun uskunalarni tez tayyorlash mumkin bo’lmaydigan vaqtlarda bunday jihozlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Dastur bilan boshqariladigan (RDB) dastgohlarning muhim afzalliklari quyidagilardan iborat:
1) dastgohni ish unumdorligi qo’l bilan boshqariladigan aynan shunday dastgohga qaraganda 1,5-5 marta ortiq;
2) universal dastgohning moslashuvchanligi avtomat – dastgohning aniqligi va ish unumdorligi bilan uyg’unlashsa, yakka va seriyalab ishlab chiqarishni kompleks avtomatlashtirish masalasini yechishga imkon yaratadi;
3) zamonaviy elektronika va hisoblash texnikalari bazasida mashina-sozlik sanoati qayta qurollanadi;
4) dastgohlarni boshqaradigan malakali ishchilarga bo’lgan ehtiyoj pasayadi, ishlab chiqarishni tayyorlash muhandis ishi tarkibiga o’tadi;
5) yig’ish jarayonida mos qilish ishlari vaqti qisqaradi, chunki bitta dastur asosida tayyorlangan detallar o’zaro almashuvchan bo’ladi;
6) dasturni markazlashgan holda yanada oddiy va universal texnologik uskuna(osnastka)larda yozish tufayli yangi detalni tayyorlashga o’tish va tayyorgarlik ko’rish muddatlari qisqaradi;
7) detalni tayyorlash siklining davomiyligi pasayadi va yakunlanmagan ishlab chiqarish zahirasi kamayadi.
Dastur bilan boshqariladigan jihozlar nomenklaturasi kengayib, mashinasozlikda qo’llaniladigan texnologik jarayonlarning hamma turlari uchun ishlatilmoqda, chunonchi, tayyorlov, temirchilik - presslash, shtamplash, bukish, tokarliq parmalash, frezalash, teshik yo’nish jilvirlash va boshqalar.
2.2.Moslanuvchan ishlab chiqarishni barpo etish uchun RDB jihozlar tizimidan foydalanish.
Mashinasozlik ishlab chiqarishida uzoq vaqtgacha ikki xil ishlab chiqarish mavjud edi.
|
| |