Turli sathlardagi murakkab kesishuvlar




Download 1,05 Mb.
bet3/5
Sana28.01.2024
Hajmi1,05 Mb.
#147511
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-ma\'ruza
ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ОЛИЙ ВА ЎРТА МАХСУС, @NTM TESTi (Kimyo Biologiya) (2), Abulov sarvar, Boyqobilov Muhammadi, Adxamova Zulfizar obektikasi., G. To\'xtasinova obektivka, Tohir ustozning fani endi tayyori, Tohir ustozning fani, Nutq mad.-majmua.doc 1 (3), Testlar ХМ., Жаҳон иқтисодиёти ва халқаро иқтисодий муносабатлар фанидан якуний, qo\'shimcha javoblar 10.04.23., 04, ХАТ 2 , 2-mavzu. Egri chiziqli harakat. Aylanma harakat. Yuqoriga tik ot-fayllar.org
Turli sathlardagi murakkab kesishuvlar. Harakat jadalligi yuqori bo‘lgan avtomobil magistrallarida, ayniqsa chapga buriladigan avtomobillar ulushi katta bo‘lganida avtomobillarning chapga burilish sirtmoqlarida ortiqcha yo‘l bosishi va bunda tezlikning ancha pasayishi natijasida avtomobillarning jami yo‘qotishlari juda sezilarli bo‘ladi. Bunday xollarda tezlikni pasaytirmasdan eng qisqa yo‘nalish bo‘ylab chap tomonga burilishni ta’minlaydigan tushib kelish yo‘llari bo‘lgan kesishuvlar loyihalanadi. Biroq bu yo‘l uch yoki to‘rt satxda murakkab va qimmatga tushadigan inshootlar qurish bilan bog‘liq. Bunday inshootlar jami harakat intensivligi sutkasiga bir necha yuz ming avtomobilni tashkil etadigan magistrallarda quriladi. Odatda, bunday kesishuvlar barcha yo‘nalishlarda harakatlanish uchun bir xilda qulaylik yaratadi va shunday qilib, barcha yo‘nalishlarda harakat jadalligi bir xil, yo‘llar teng deb faraz qilinadi.
Amalda bunday yo‘llar kamdan-kam uchraydi. Odatda, tushib kelish yo‘llarida harakat jaddaligi turli yo‘nalishlarda bir biridan jiddiy farq qiladi. Bu esa kesishuvlarni o‘ziga xos individual loyihalab qurish xarajatlarini kamaytirishga imkon beradi: eng ko‘p band bo‘lgan yo‘nalishlarga katta qulayliklar berilib, kam avtomobillar foydalaniladigan tushib kelish yo‘llariga kamroq qulayliklar yaratiladi.
Yo‘llarning turli satxlarda kesishish sxemasini tanlashda quyidagi shartlarni qondirishga intilinadi:
jadalligi va axamiyati bo‘yicha asosiy xisoblangan transport oqimlari uchun imtiyozli qulay harakatlanish shartini yaratish. Bu yo‘llardan tushish yo‘llari loyihada albatta ko‘zda tutiladi; transport oqimlarini xavfsiz va ravon ajratish;
Chapga burilib tushish yo‘llarini kesishish geometrik markaziga nisbatan (chapdan aylanib o‘tadigan ichki va o‘ngdan aylanib o‘tadigan tashqi) va bir tomonlama harakat uchun mo‘ljallangan qatnov qismiga nisbatan joylashtirishning bir necha turi bo‘lishi mumkin - o‘ng tomonlama va chap tomonlama tarmoqlanish va tutashish. Chap tomonga tarmoqlanishlar yo‘ldan foydalanish sharoitlarida noqulay va xavfli bo‘ladi, chunki burilishga borayotgan yuk avtomobillari to‘g‘ri yo‘nalishda ketayotgan tezyurar yengil avtomobillarning harakat yo‘nalishlarini kesib o‘tadi. Chapga burilib tushish yo‘llarining sakkiz turi chapga burilish sirtmoqlari bilan birgalikda ko‘p xil kesishuvlar sxemasini tuzishga imkon beradi, ulardan ko‘pi xali amalda joriy etilmagan.


Download 1,05 Mb.
1   2   3   4   5




Download 1,05 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Turli sathlardagi murakkab kesishuvlar

Download 1,05 Mb.