|
Adobe Photoshop
|
bet | 1/4 | Sana | 24.07.2024 | Hajmi | 1,27 Mb. | | #268404 |
Bog'liq Adobe Photoshop Toychiyeva Muattar O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI FARG`ONA DAVLAT UNIVERSITETI Yo`nalish: Geografiya 132-guruh Fan: Informatika Topshirdi : M. To`ychiyeva Qabul qildi: Z. Mamatova 2016-yil Reja: - 1. Tasvir va uning bo’laklarini belgilash.
- 2. Tasvirni formatlash.
- 3. Matnlar bilan ishlash.
- 4. Tasvirda ranglar bilan ishlash.
- Adobe Photoshop Adobe System, Inc kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan bo‘lib, rastrli grafikada tahrir qiluvchi, foydalanishdagi alohida qulayliklari bilan mashhur bo‘lgan dasturdir. Adobe Photoshop dasturi yordamida fotosuratlarga qo‘shimchalar kiritish, ulardagi dog‘larni o‘chirish va eski rasmlarni qayta ishlash va tiklash, rasmlarga matn kiritish, qo‘shimcha maxsus effektlar bilan boyitish, bir fotosuratdagi elementlarni ikkinchi fotosurtaga olib o‘tish, suratdagi ranglarni o‘zgartirish, almashtirish mumkin. Adobe Photoshop imkoniyatlari keng qamrovli bo‘lib, u gazeta va jurnallarni turli - tuman rasmlar bilan boyitishda juda katta qulayliklar yaratadi.
Dastur menyusi Uskunalar paneli - Uskunalar paneli
- Adobe Photoshop dasturi darchasida turli asboblar tugmachalari joylashgan. Agar darchada asboblar paneli bo’lmasa menyu satrining Okno punktida quyidagi
buyruqni tanlang. - Adobe Photoshop dasturida jami 46 ta asboblar mavjud bo’lib, ulardan 20 tasi bevosita dastur ishga tushirilganda darchada ko’zga tashlanib turadi. Qolganlarini qo’shimcha buyruqlarni bajarish orqali ishga tushirish mumkin. Agar asboblar panelida joylashgan tugmachani ostki qismi o’ng burchagida kichik uchburchak shakli tasvirlangan bo’lsa, bu tasvir ushbu tugmacha tarkibida o’xshash buyruqni bajaruvchi asboblar yashiringanlidan darak beradi.
- Прямоугольная область: tasvirda to'g'ri to'rtburchak shaklidagi maydonni belgilab olish uchun qo'llaniladi. Bu asbob yordamida tasvirdagi aloxida maydonni belgilab olingandan keyin tasvirga kiritilgan barcha o’zgarishlar faqatgina belgilangan maydon ichiga ta’sir etadi. Ushbu tugmachaga qo’shimcha tarzda Shift klavishasi ishlatilsa, belgilangan maydon xududi ortadi. Shift tugmasi o’rniga Alt tugmasi qo’llanilgan taqdirda belgilangan maydon xududi qisqaradi. Ushbu amal Лассо va Волшебная палочка asboblari bilan ishlashda qo'llaniladi.
|
| |