|
2-ma’ruza mavzusi: Pedagogik dasturiy vositalarni loyihalashtirish
|
bet | 3/7 | Sana | 21.12.2023 | Hajmi | 44,07 Kb. | | #125947 |
Bog'liq 2 - ma\'ruza5. Ma‘lumotlarni bayon qilishning turli-tumanligi. Ma‘lumotlarni ekranda tasvirlashda ko’poynali holat* ham ta‘lim jarayonini samarali tashkil etish uchun katta imkoniyatlar yaratadi. «Men eshitdim va unutdim. Men ko’rdim va eslab qoldim. Men bajardim va tushundim»,- degan fikr Bebbidj maktabidagilarning shiori bo’lgan ekan.
Darhaqiqat, ba‘zi o’quvchilar ko’rish orqali ma‘lumotni ko’proq eslab qolsa yoki idrok qilsa, ba‘zi o’quvchilar eshitish orqali ko’proq eslab qoladi. Shuning uchun o’quv materialini tushuntirishda ham namoyish qilish, ham ovoz yordamida izohlash usullaridan unumli foydalanish lozim.II. Psixofiziologik talablar. PDVlarni yaratishda ob‘ektlarni ergonomik loyihalashning ahamiyati katta. Ob‘ekt sifatida ekrandagi tasvirlar, ularni uzatish usullari, ekrandagi shartli belgilarning tushunarli bo’lishi hamda joylashishi, o’quvchi bilan kompyuter orasidagi muloqot usullari va hokazolar tushuniladi.
Bunday xatti-harakat qulayliklarini yaratish uchun ergonomika yutuqlariga tayaniladi.
«Ergonomika ijtimoiy, tabiiy va texnik fanlar sintezida shakllangan fan hisoblanadi» Bu qulayliklarning umumlashgan natijasi ushbu ergonomik talablardan kelib chiqib baholanadi: o’quvchining ishga qiziqish bilan kirishib, belgilangan faoliyatni o’z xohishi bilan bajarishi; mazmuniy qiyinchiliklarni yengib o’tishi hamda ularni yengganligidan qoniqishi; o’quvchi tomonidan texnik ko’rinishdagi qiyinchiliklarga sarflanadigan xatti-harakatlarni kamaytirish. Zotan, insonning ishchanligini ishchanlikka ta‘sir qila olish omili — organizmning energiya ba’zasi, fiziologik xususiyatlar — qo’zg’alish va tormozlanish, psixologik xususiyatlar — faoliyat usullarini puxta o’zlashtirish darajasi va shu kabilarni o’rganish yo’li bilan asoslash mumkin. «Ergonomika tadqiq qiladigan predmet texnikaning o’zi yoki ishlab chiqarish sub‘ekti bo’lgan insonning o’zi ham emas, balki «inson — mashina — atrof muhit» tizimi, yaxlit va o’zaro aloqadorlikda qaraladigan barcha elementlar hisoblanadi»
Ergonomik tadqiqotlarning maqsadi insonning fizik va psixologik imkoniyatlari, uning estetik didi va boshqa sifatlarini texnik vosita parametrlari bilan muvofiqlashtirish
hisoblanadiki, bunda texnik komponent bo’ysunuvchi hisoblanadi. Binobarin, bunda
boshqariladigan ob‘ekt vazifasini texnik qurilma, boshqaruvchi vazifasini inson yoki kishilar jamoasi tashkil etadi* Ko’poynali holat - ekranni turli rangdagi bir nechta sohalarga ajratib, ularda turlicha ma‘lumotlarni chiqarish holati.
«Pedagogik ergonomikaning predmeti fan va texnika yutuqlarini qo’llash asosida
pedagogik jarayonni o’rganishga qaratilgan ijtimoiy faoliyatning alohida shakli hisoblanadi. Shu ma‘noda pedagogik ergonomika faqat pedagogika va psixologiya sohasidagi yangiliklarga asoslanmasdan, balki tibbiyot, mehnat gigienasi, muhandislik psixologiyasi, dizayn hamda qator texnik fanlar yutuqlaridan ham foydalanadi».
Qator ishlarda didaktik vositalarga qo’yiladigan ergonomik talablar ko’rsatilgan.
Ularni umumlashtirgan holda PDVga qo‘yiladigan quyidagi psixofiziologik talablar ishlab chiqildi.
|
| |