2-ma’ruza mavzusi: Pedagogik dasturiy vositalarni loyihalashtirish




Download 44,07 Kb.
bet7/7
Sana21.12.2023
Hajmi44,07 Kb.
#125947
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2 - ma\'ruza

6. O’quvchi uchun ortiqcha ma‘lumotlarning berkitilishi. PDVda o’quv materialinio’zlashtirishga yordam bermaydigan barcha ma‘lumotlarni o’quvchidan pinhon tutish maqsadga muvofiq. Bunday ma‘lumotlarga, asosan, bayon qilinayotgan o’quv materiali mazmunidagi mavzuga tegishli bo’lmagan fikrlar va operatsion tizimning foydalanuvchiga beradigan xabarlari kiradi. Birinchi kamchilik o’quv materialiga pedagogik ishlov berishni takomillashtirish asosida bartaraf qilinsa, ikkinchi kamchilik dasturlash jarayonida turli holatlarni inobatga olish va dasturni qayta-qayta tajribadan o’tkazish asosida bartaraf qilinadi.
7. PDVning hissiy ta‘sirchanligi. PDV ta‘lim jarayonida o’quvchiga ijobiy ta‘sir qila olishi lozim. Bu jarayonning qiziqarli, samarali kechishi uchun juda muhimdir. Mazkur talabning bajarilishi esa ko’pgina parametrlarga bog’liq. Ularga tasvir va matnlarning o’lchami, shakli, rangidan tortib turli tovushlarning yoqimliligi, harakatlarning jozibadorligi, muloqotning samimiyligi, aniq va hozirjavobligi kabi qator xususiyatlar misol bo’ladi.
8. O’qituvchi va o’quvchi vaqtini tejash talabi. O’quv jarayonini kompyuterlashtirish o’qituvchi va o’quvchini vaqtni talab qiladigan mashaqqatli amallarni bajarishdan ozod qilishga qaratilishi kerak. Shuningdek, kompyuter tomonidan bajariladigan amallar o’qituvchi yoki o’quvchining o’quv jarayonidagi vaqti hisobidan bajarilmasligi lozim.
Bazi dasturlarda oquv materialini ekranda bayon qilish uchun harflarning bittadan yoki yonib-ochib hosil bolishi kabi holatlarni korish mumkin. Bunda kompyuterning o’quvchiga muhim bo’lmagan narsa uchun bandligi tufayli uning vaqti yo’qotiladi. PDVda bunday holatlarning oldi olinishi lozim. Biroq vaqtni haddan tashqari tejashga berilish ham maqsadga muvofiq emaski, bu ta‘lim jarayoni samaradorligining pasayishiga sabab bo’lishi mumkin.
Pedagogik dasturiy vositalar yaratishda o„quvchilarning psixofiziologik hususiyatlarini hisobga olish. Pedagogik dasturiy vositalarni qo’llash asosida o’quvchilarning mustaqil ta‘lim olish ko’nikma va malakalarini shakllantirishda o’quvchilarning funksional va psixofiziologik imkoniyatlari inobatga olinishi shart. Pedagoglarning pedagogik dasturiy vositalar asosida imkon qadar ko’proq ma‘lumotlarni yoritishga intilishi o’quvchini ortiqcha toliqtirishga olib kelishi mumkin. O’z navbatida ma‘lumotlarni uzatish tezligini oshirish esa ma‘lumotlarni o’zlashtirish sifatiniing pasayishiga, xatoliklar sonining ortib borishiga, o’quvchining o’zini his qilishi va sog’ligiga salbiy ta‘sir qiladi. Fiziologik-gigienik sohada amalga oshirilgan tadqiqotlar kompyuterda ishlashda bilim oluvchilarning aqliy ish qobiliyati o’zlashtiriladigan ma‘lumotlar hajmiga teskari proporsional ravishda o’zgarib borishini e‘tirof etadi.
Bu quyidagi sabablar bilan izohlanadi:
- korish organlariga tushadigan yuklamaning ortib borishi;
- yangiliklarni qabul qilishda yuzaga keluvchi dastlabki ruhiy kotarinkilikning tinib qolishi;
- yuzaga kelishi mumkin bolgan noaniqlik va xatoliklar tufayli salbiy hissiyotlarning yigilib borishi;
- katta miqdordagi talimiy resurslarni qabul qilish undan keyingi axborot resurslarini faol ozlashtirishga tosqinlik qiladi.
Bu holat talim jarayonida pedagogik dasturiy vositalarni ishlab chiqish va joriy etishda zarur didaktik, psixofiziologik hamda metodik talablarni hisobga olgan holda ishlab chiqilishi zaruratini yuzaga chiqaradi. Pedagogik dasturiy vositalarning psixofiziologik jihatdan samaradorligi
birinchidan: talabalarning oquv materiallarini ozlashtirishi, tarbiyalanganlik va intellektual rivojlanganligi, ishchanlik korsatkichlari, motivatsion barqarorlik darajalari bilan belgilanadi.
Ikkinchidan: oqituvchi faoliyati bilan bogliq bolib, oqitish konsepsiyalari, pedagogik texnologiyalari va talim vositalaridan ratsional foydalanish korsatkichlari, oqituvchining mehnat faoliyatiga nisbatan barqaror motivatsiyasi, ish qobiliyati bilan belgilanadi.

Nazorat savollari


1. «Loyiyhalash jarayonini dolizarbligi nimada?
2. «Optimal loyihalash jarayonini haqida ma’lumot bering.
3.Tizimli,loiyhalashdeganda,nimanitushunasiz.

Download 44,07 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 44,07 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2-ma’ruza mavzusi: Pedagogik dasturiy vositalarni loyihalashtirish

Download 44,07 Kb.