• Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati KIRISH
  • Investitsiya loyihalar haqida kurs ishi




    Download 112,54 Kb.
    bet1/6
    Sana30.05.2024
    Hajmi112,54 Kb.
    #257526
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    INVESTITSIYALAR VA ULARGA TALAB
    2-maruza, FREDOM WRITER RASM, o\'yin bayonnomasi, 1. Xosmas integrallar va ularning yaqinlashuvchiligi, KG va WD yakuniy qayta topsirish, 2 Maruza, Arxivlashtirish dasturlari fayllarni arxivlashtirish haqida umu 9-Laboratoriya, 2-kurs 1MI-2MI-2021 Amaliyot Buyruq, BMI rejasi T.JUMAYEVA, Geoinformatsion tizimlar-fayllar.org, Ilm-fan 0155, Bir sanoq sistemasidagi sonlarni, sabrina dasturlash 1, dasturlash mustaqil ish 1 chisi asl nusxa, dasturlash 4-amaliy ish

    INVESTITSIYALAR VA ULARGA TALAB
    Reja:


    Kirish

    1. Investitsiya loyihalarning mazmuni, mohiyati va tasniflanishi

    2. Investitsiya loyihalarni amalga oshirish bosqichlari va jarayonlari

    3. Investitsiya loyihalarini amalga oshirish tartibi

    Xulosa
    Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati

    KIRISH
    Jahon iqtisodiyotida investitsiyalarga talab va taklif o’rtasida nomutanosiblik tendensiyasi hukm surmoqda. Bugungi kunda investitsiyalar oqimi taraqqiy etgan mamlakatlardan rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotiga faol yo’naltirilayotganligining guvohi bo’lmoqdamiz. Natijada rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotida to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalar ulushi keskin oshib bormoqda. O’z navbatida, investitsiyalar samaradorligini oshirish bilan bog’liq ko’plab muammolar mavjudligi investitsiya loyihalarini boshqarishni takomillashtirish zaruratini belgilab beruvchi asosiy omillardan biri bo’lib qolmoqda.
    Ayni paytda, jahon amaliyotida xorijiy investitsiyalarni jalb etish va ularni iqtisodiyotning istiqbolli va yuqori texnologiyalarga asoslangan tarmoqlariga joylashtirish mexanizmlarini maqbullashtirish, investitsiya loyihalarini umummilliy va mintaqaviy darajada venchurli moliyalashtirish amaliyotini rivojlantirish, investitsiya muhiti jozibadorligini oshirish va investitsiya faoliyatini moliyaviy boshqarish vositalarining o’zaro muvofiqligini taʼminlash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Investitsiya loyihalarini samarali boshqarivi bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev “Biz iqtisodiyotimizga sarmoya kiritishga intiladigan investorlar uchun hududlar va tarmoqlar boʻyicha investitsiya loyihalarini puxta shakllantira olsak, bu masalada ijobiy natijaga erishish mumkin, - deya ta’kidlab o’tdilar.1
    Darhaqiqat, Prezident to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi loyihalarni so’zsiz amalga oshirish, chet ellik investorlarga har tomonlama yordam berish hukumatning eng muhim vazifasi bo’lishi kerakligini taʼkidladi. Investitsiyalarning asosiy qismini o’zlashtirishni yilning oxirgi oylariga surish amaliyotiga chek qo’yib, barcha tarmoqlar va hududlarda buni birinchi yarim yillikda kamida 35 foizga, to’qqiz oylikda 70 foizga yetkazish zarurligi qayd etildi. 2019 yilgi Investitsiya dasturiga 16,6 milliard dollarlik 3 mingdan ziyod loyiha kiritilgan. Bu 2018 yilga nisbatan 16 foiz koʻpdir. Jumladan, joriy yilgi Investitsiya dasturi doirasida umumiy qiymati 3,2 milliard dollar boʻlgan 140 ta ishlab chiqarish quvvatini foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. Xususan, mamlakatimiz mintaqalarida investitsiya faoliyatini tashkil qilish xususiyatlari, investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda mintaqaviy venchurli fondlar faoliyatini tashkil etish, investitsiya loyihalarini kreditlashda sindikatlangan kreditlarni ajratish mexanizmlarini takomillashtirish, investitsiya faoliyatini tashkil etishda ichki resurslar, jumladan, aholi jamg’armalaridan foydalanish samaradorligini oshirish kabi masalalarga muhim ahamiyat qaratish lozim. Tijorat banklari tomonidan yirik investitsiya loyihalarini sindikatli kreditlash usulini takomillashtirish banklarning uzoq muddatli resurs bazasini mustahkamlashni talab etadi. Buning uchun Markaziy bankning tijorat banklari uzoq muddatli depozitlariga nisbatan belgilangan majburiy zaxira stavkalarini pasaytirish hamda davlatga tegishli pul mablag’larini iqtisodiyotning tayanch tarmoqlarida sindikatli kreditlashni amalga oshirayotgan tijorat banklariga uzoq muddatli depozit sifatida joylashtirish hamda yuqori samarali loyihalarga berilgan kreditlarni sekyuritizatsiyalash orqali mablag’larni jalb etish banklarning investitsion loyihalarini moliyalashtirish imkoniyatlarini oshiradi.


    1. Download 112,54 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 112,54 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Investitsiya loyihalar haqida kurs ishi

    Download 112,54 Kb.