|
Investitsiya loyihalarning mazmuni, mohiyati va tasniflanishi
|
bet | 2/6 | Sana | 30.05.2024 | Hajmi | 112,54 Kb. | | #257526 |
Bog'liq INVESTITSIYALAR VA ULARGA TALABInvestitsiya loyihalarning mazmuni, mohiyati va tasniflanishi
O’zbekiston davlat mustaqilliga erishgan dastlabki yillardan boshlab milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning o’ziga xos yo’nalishini belgilab oldi. Iqtisodiyotni rivojlantirishda esa investitsiyalarning o’rni beqiyosdir.
Investitsiyalarning iqtisodiy mazmun - mohiyati to’g’risida iqtisodchi olimlar o’rtasida xilma – xil fikrlar mavjud.
O’zbekiston Respublikasining 2014 yil 9 dekabrdagi “Investitsiya faoliyati to’g’risida”gi qayta tahrirdagi qonunida investitsiyaga quyidagicha ta’rif berilgan: “investitsiyalar — qonun hujjatlarida ta’qiqlanmagan tadbirkorlik faoliyati va boshqa turdagi faoliyat ob’ektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne’matlar hamda ularga bo’lgan huquqlar, shu jumladan intellektual mulkka bo’lgan huquqlar, shuningdek reinvestitsiyalar” sifatida ta’riflanadi. Shunday qilib, “investitsiya” deganda kelgusida daromad (foyda) olish yoki ijtimoiy samaraga erishish maqsadida qonun doirasida iqtisodiyotning turli tarmog’lari va boshqa sohalariga investorlar tomonidan quyiladagan barcha turdagi mulkiy, moliyaviy va intekllektual boyliklar tushuniladi.
Boshqacha aytganda, investitsiyalar – mulkchilikning har xil ko’rinishlaridagi moddiy, moliyaviy va nomoddiy boyliklarni iqtisodiy – ijtimoiy daromad olish maqsadida muomalaga kiritishdir.
Investitsiyalarga aniq bir ta’rif berilmagan. Jumladan, prof. D. G’. G’ozibekov investitsiyalarning iqtisodiy mazmun – mohiyatini moliyaviy kategoriya sifatida talqin etib, quyidagicha ta’rif berib o’tgan: “Investitsiyalarning mazmuni aniq va ishonchli manbalardan mablag’lar olish, ularni asosli holda safarbar etish, rikslar darajasini hisobga olgan holda kapital qiymatini saqlash va ko’zlangan samarani olishdan iborat bo’ladi”.
Prof. N.H. Haydarov investitsiyalar mazmun – mohiyatiga quyidagi ta’rifni beradi: “Investitsiya – bu mulk shaklidan qat’iy nazar, tadbirkorlik asosida faoliyat ko’rsatayotgan jismoniy va yuridik shaxslar yoki davlatning iqtisodiy va ijtimoiy samara olish maqsadida o’z boyliklarini qonun doirasida bo’lgan har qanday tadbirkorlik ob’ektiga sarflashidir”.
Rossiyalik iqtisodchi-olim L.Igoshina tomonidan: «investitsiyalar – pulni saqlash, ko’paytirish yoki ijobiy miqdordagi daromadni ta’minlashni hisobga olgan holda uni joylashtirish mumkin bo’lgan har qanday vosita sifatida ifodalanadi»2, deb ta’riflangan. «Investitsii» darsligining muallifi, professor A.Neshitoy investitsiyalarning mazmunini quyidagicha tavsiflaydi: «foyda olish yoki boshqa samaralarga erishish maqsadida o’z yoki o’zga mamlakatning turli tarmoqlariga, tadbirkorlik loyihalari, ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar hamda innovatsiya loyihalarini amalga oshirishga yo’naltirilgan pul mablag’larini (kapitalni) uzoq muddatga joylashtirishdir»
Investitsiya atamasining iqtisodiy mohiyati yana bir qator rus olimlari tomonidan quyidagicha tavsiflangan:
- «investitsiyalar iqtisodiy foyda va ijtimoiy samara olish maqsadida investitsiya sohasi ob’ektlariga kiritiladigan barcha turdagi mulkiy va intellektual boyliklarni aks ettiradi»;
- «investitsiyalar deganda foyda (daromad) olish va investorlarning individual maqsadlari singari ijobiy ijtimoiy samaraga erishish maqsadida iqtisodiyotning turli tarmoqlari va sohalariga, tadbirkorlik va boshqa turdagi faoliyat ob’ektlariga muayyan muddatga kapitalning maqsadli yo’naltirilgan qo’yilmasi shaklida amalga oshiriladigan xarajatlar yig’indisi tushuniladi»;
- «investitsiyalar o’zini foyda (daromad) olish maqsadida milliy va xorijiy iqtisodiyotning turli tarmog’iga xususiy yoki davlat kapitalining uzoq muddatli qo’yilmasi sifatida namoyon etadi»;
- «investitsiya tushunchasi foyda olish maqsadida qandaydir korxona, tashkilot, uzoq muddatli loyihalar va shu kabilarga kapital, pul mablag’larini uzoq muddatga iritishni anglatadi»3;
Investitsiyalar keng ma’noda o’zini mablag’lar va resurslarning kelgusida ko’payishi va iqtisodiy samara yoki boshqa rejalashtirilgan natijalar olish (ijtimoiy, ekologik va boshqa samaralar) maqsadida ularning safarbar etilishi sifatida namoyon etadi.
Xorijlik iqtisodchi-olimlardan U.Sharp, K.Eklund, Kempbell R.Makkonell, Stanli L.Bryu kabilar investitsiyalarning mazmun-mohiyati yuzasidan turlicha ta’riflarni bayon etishgan. Jumladan, Nobel mukofotining iqtisodiyot bo’yicha laureati (1990 yil) U.Sharp ta’kidlashicha: «investitsiyalar kelgusida (ehtimol, nomuayyan) qiymatlik olish maqsadida hozirgi vaqtda muayyan qiymatlikdan voz kechishdir». «Investitsiyalash» atamasining ma’nosini mana bunday sharhlaydilar: «Kelajakda foyda olish uchun bugun puldan ajralishdir» va hisoblaydilarki, mablag’larni yoki real yohud moliyaviy aktivlarga investitsiyalash mumkin. Ular investitsiyalash atamasi mazmunini kelajakda foyda olish maqsadida bugun pul bilan «xayrlashish»da ko’radilar.
Shved iqtisodchi-olimi K.Eklund fikricha: «investitsiya – bu kelajakda ko’proq iste’mol qilish sharoitiga ega bo’lish uchun ertangi kunga qoldirilgan narsa. Uning bir qismi hozirda ishlatilmasdan zaxiraga qoldiriladigan iste’mol buyumlari bo’lib, boshqa qismi esa bu ishlab chiqarishni kengaytirishga yo’naltirilgan resurslardir»4.
«Investitsiyalar atamasini kapitalning kelgusida ko’payishi maqsadida uning turli xil shaklda joylashtirilishi sifatida belgilash mumkin»5. «Investitsiyalar – qo’yilmaning kelgusida o’sish maqsadida bugungi iste’moldan voz kechish»6. «Investitsiya – ishlab chiqarish davri davomida paydo bo’lgan kapital qo’yilma qiymatining joriy o’sishi. Bu o’sha davrdagi foydaning iste’mol uchun ishlatilmagan qismi hisoblanadi»7. «Investitsiyalar – pul mablag’lari, maqsadli bank jamg’armalari, qimmatli qog’ozlar, texnologiyalar, mashina, asosiy vositalar va boshqa mulk ko’rinishidagi kapital qo’yilmalar, shuningdek, pul qiymatiga ega bo’lgan mulkiy va nomulkiy huquqlarni investorlarning strategik maqsadlarini ko’zlab ishlab chiqarish va boshqa faoliyat ob’ektlariga kiritish»8.
Iqtisodchi-olimlardan Kempbell R.Makkonell, Stanli L.Bryu investitsiya tushunchasini quyidagicha sharhlaydilar, ya’ni «investitsiya (investment) – bu moddiy zahiralarning ko’payishi, ishlab chiqarish vositalarining jamg’arilishi va ishlab chiqarishga xarajatlar»9. Ushbu ta’rif o’z mazmuniga ko’ra, ko’proq, «kapital qo’yilmalar» tushunchasiga mos kelishini ta’kidlab o’tish joiz.
Investitsiya tushunchasi yagona va to’liq belgi berishlik uchun anchagina keng tushuncha bo’lib hisoblanadi. Iqtisodiy fanning turli qismlarida va amaliy faoliyatning turli sohalarida investitsiya mazmuni o’zining xususiyatlariga ega.
Makroiqtisodiyotda investitsiyalar ishlab chiqarishda yangi vositalarga, turar-joylarga investitsiyalar va moddiy zahiralarining o’sishiga qilinadigan harajatlardan tashkil topadigan yalpi harajatlarning bir qismi hisoblanadi. Investitsiyalar – bu joriy davrda iste’mol qilinmagan va iqtisodiyotda kapital o’sishini ta’minlovchi YaIM ning bir qismidir.
Ishlab chiqarish nazariyasi va umuman makroiqtisodiyotda investitsiyalar yangi kapitalni (ishlab chiqarish vositalarini hamda inson kapitalini qo’shib hisoblanganda) yaratish jarayonidir. Moliya nazariyasida esa investitsiya deganda real yoki moliyaviy aktivlarni olishni tushuniladi, ya’ni bugungi sarflarni maqsadi kelajakda daromad olish bo’lib hisoblanadi.
Boshqacha so’z bilan aytganda, investitsiyalar – muayyan qiymatni, bo’lishi noaniqroq bo’lgan kelajak qiymatga almashishdir 10.
Lorens Dj. Gitman va Maykl D. Djonkning «Investitsiyalash asoslari» (M. «Delo» nashriyoti-1997) kitobida investitsiyalarga quyidagicha ta’rif beriladi: Investitsiya moliyaviy natijalar olishni ko’zlab aktsiya va obligatsiyalarni sotib olishni anglatadi: bular real aktivlarni belgilaydi, masalan, u yoki bu molni ishlab chiqarish va sotish uchun mashinalarni olishni nazarda tutadi. Umuman keng ma’noda investitsiyalar mamlakat iqtisodiyotini o’stirish va rivojlantirishni moliyalashtirish uchun zarur bo’ladigan mexanizmlarni ta’minlaydi.
Investitsiyalar turli shakllarda amalga oshiriladi va ularni tahlil qilish, rejalashtirish uchun alohida xususiyatlaridan kelib chiqqan holda guruhlashtiriladi.
Birinchidan, qo’yilish ob’ektiga qarab investitsiyalar real va moliyaviy shakllarga ajratiladi.
Real investitsiyalar (kapital qo’yilmalar) – pul mablag’larini korxonaning moddiy va nomoddiy aktivlariga sarflanishidan iborat.
Moddiy investitsiyalar asosiy kapitalning elementlarini sotib olish bilan bog’liq bo’lib, ko’pchilik hollarda investitsion loyihalar doirasida amalga oshiriladi. Shuning uchun o’z mablag’lari bilan birga qarzga olingan mablag’lar ham foydalanilishi mumkin. Qarzga mablag’ olingan holda investor rolini aniq loyihalarga kredit mablag’lari ajratayotgan bank bajaradi. Nomoddiy (potentsial) investitsiyalar nomoddiy boyliklar yaratilayotganda amalga oshirilib, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashga, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini (NIOKR) amalga oshirish, yangi mahsulotlarning namunalarini yaratishga sarflarni mujassamlashtiradi. Mutaxassislarni tayyorlash, tajriba, ilmiy tekshirish, lizentsiya va nou – xou berish, avtorlik xuquqi va umuman olganda nomoddiy aktivlarga yo’naltirilgan investitsiyalarni ko’pgina iqtisodchi – olimlar intellektual investitsiyalar deb atamoqdalar.
Xorijiy adabiyotlarda portfel investitsiyalar investor tomonidan sotib olingan aktsiyalarning firma ustidan nazorat va ta’sir doirasi belgilariga ko’ra tasniflanadi. Investitsiyalarning bir muncha ilmiy asoslangan tasnifi rus olimi N.Blank ishlarida keltirilgan. Bunda investitsiyalar quyidagi belgilariga ko’ra tasniflangan: qo’yilma ob’ektlariga ko’ra; investitsiyalashda ishtirok etishiga qarab; investitsiyalash davri bo’yicha; mulkchilik shakllari bo’yicha; hududiy belgisi bo’yicha (1-rasm).
|
| |