Investitsiya loyihalarini amalga oshirish tartibi




Download 112,54 Kb.
bet5/6
Sana30.05.2024
Hajmi112,54 Kb.
#257526
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
INVESTITSIYALAR VA ULARGA TALAB

Investitsiya loyihalarini amalga oshirish tartibi

Korxona rahbariyati – loyihaning maqsadi va asosiy talablarini aniqlashning bosh manbai hisoblanadi. Korxonaning rivojlanish strategiyasidan kelib chiqib, raxbariyat mutaxassislarning aloxida talablarini umumlashtiradi. Bunga raxbariyatning maxsus talablari qo’shiladi, loyihani amalga oshirish talabi, bo’linmalar va korxona mutaxassislari va x.k.lar tomonidan loyihaning maqsad va talablarini to’g’rilash (korrektirovka) tartibi va uslubiyati.
Moliya sohasi – mahsulotni seriyali ishlab chiqarish va loyiha xarajatlarini qoplash uchun kalkulyatsiyalar hisobi bilan loyihaning byudjet doirasini hamda loyihani moliyalashtirish usullari va manbalarini aniqlaydi.
Sotish sohasi – loyihaning muhim talab va shartlarini tashkil qiladi, bu esa sotish bozorlari va sotib oluvchilarni qarorlari bilan aniqlanadigan, raqobatchilarning mavjudligi va xarajatlar bilan bog’liq.
Tayyorlash sohasi – ishlab chiqarish vositalari bozori bilan bog’liq va o’zining maxsus talablarini oldinga suradi, masalan: texnologiya va uskunalardan foydalanish bo’yicha tavsiyalar, turib qolgan ishlab chiqarish maydonlarini ishga tushirish talabi, ma’lum texnologik jarayonlardan voz kechish, ishlab chiqarish vositalari bozori imkoniyatlarining loyiha talablariga mos kelishi va hakazo.
Moddiy ta’minot sohasi – xom ashyo va yarim tayyor mahsulotlar bozori bilan bog’liq va maqbul narxlarda xom ashyo, material va uskunalar bilan ta’minlash imkoniyatidan kelib chiqib, loyihaga o’zining talablarini qo’yadi.
Infrastruktura sohasi – turli xizmatlar bozori bilan bog’liq va loyihaga va uning ta’minotiga o’z talablarini qo’yadi. Bunga, reklamaga, transportga, aloqa telekommunikatsiyaga, informatsion va boshqa tur ta’minotga bo’lgan talablar kiritiladi.
Ishlab chiqarish chiqindilaridan foydalanish va ulardan foydalanish so hasi – atrof muhit himoyasi xizmati va talablari hamda ishlab chiqarish chiqindilaridan oqilona foydalanish bilan bog’liq.
Korxonaning boshqa bo’linmalari tomonidan ham boshqa talablar ham bo’lishi mumkin.
Loyiha rahbari, uning jamoasi va loyiha menejmenti va vazifalariga quyidagilar kiradi:

  • loyihaga bo’lgan jami talablarni yig’ish;

  • barcha aloqador qatnashchilar loyiha ma’lumotlari bilan ta’minlash; talablarni qondirish imkoniyatlari va darajasini aniqlash;

  • loyiha talablari va ularning o’zgarishlari to’g’risida ma’lumotlarni yig’ish shakli va ko’lamini aniqlash;

  • loyiha muhiti dinamikasi bashoratining shakllanishi;

  • prioritetlarni baholash me’yorlari va talablar ierarxiyasining shakllanishi;

  • bajarish uchun majburiylarda «mayda istaklar»gacha.

Korxona muhiti ham loyihaga ham korxona ichidan ham bevosita katta ta’sir ko’rsatadi. Korxona muhitiga quyidagilar kiradi:
Siyosiy xarakteristikalar va omillar:

  • siyosiy barqarorlik;

  • loyihaning xukumat tomonidan qo’llab-quvvatlanishi;

  • milliylikning yuzaga chiqishi;

  • jinoyatchilik darajasi;

  • ishtirokchi mamlakatlar bilan savdo balansi;

  • xarbiy birlashmalarda ishtirok etish.

Iqtisodiy omillar:

  • milliy xo’jalik strukturasi;

  • javobgarlik va mulkiy xuquqlar turlari, jumladan, yer xuquqi;

  • tarif va soliqlar, sug’urtalash;

  • inflyatsiya darajasi va valyuta barqarorligi;

  • bank tizimining rivojlanganligi;

  • investitsiyalar va kapital o’yilmalar manbalari;

  • tadbirkorlik erkinligi va xo’jalik mustaqilligi darajasi;

  • bozor infrastrukturasi rivojlanganligi;

  • baholar darajasi;

  • bozorlar holati;

  • savdo, investitsiyalar, ishlab chiqarish vositalari, xom ashyo va mahsulotlar, ishchi kuchi va boshqalar.

Jamiyat – uning xarakteristikalari va omillari: hayot darajasi va sharoitlari, ta’lim darajasi; ko’chib yurish erkinligi, «kirish-chiqish», mehnat qonuniyligi, chiqish (zabastovka)larni taqiqlash; sog’liqni saqlash va meditsina, dam olish sharoitlari; amoat tashkilotlari, pressa, televidenie; maxalliy axolini loyihalarga munosabati. Qonun va xuquq: inson xuquqlari; tadbirkorlik xuquqlari; mulkka egalik xuquqlari; sug’urta va imtiyozlar berish to’g’risidagi qonun va normativ aktlar.
Fan va texnika: fundamental va yordamchi fanlarning rivojlanish darajasi; informatsion texnologiyalar va kompyuterlashtirish darajasi; sanoat va ishlab chiqarish texnologiyalari; energetik tizimlar; transport tizimlari; aloqa va ommunikatsiya.
Madaniyat: savodxonlik darajasi; tarix, madaniyat, urf-odatlar, din; madaniy talablar; hayot ta’limoti, ish, dam olish, sport va boshqalar.; natijalar sifatiga va mehnat sharoitlariga bo’lgan talablar darajasi. Tabiiy va ekologik omillar: tabiiy iqlim sharoitlari; xarorat, yog’inlar, namlik, shamollar, dengiz satxidan balandlik, seysmiklik, landshaft va monografiya va boshqalar; tabiiy resurslar, transport tizimlari bilan aloqa va joylashuv; sifat bo’yicha standartlar; havo yo’llari, suv manbalari va tuproq qatlami; atrof-muhitga sanitar talablar; atrof muhitni muhofaza qilish bo’yicha qonunchilik; tendensiyalar tasnifi va ekologik tizimlarning holati: xavo, suv va tuproq. Infrastruktura xarakteristikalari va omillari: transport vositalari.
Aloqa va kommunikatsiya, yuk tashish, EXM tarmoqlari va informatsion tizimlar; energiya ta’minoti; aloqa xizmatlari; xom ashyo va xizmatlar; xo’jalik tarmoqlari, logistika va material texnik ta’minot; sanoat infrastrukturasi; xizmat ko’rsatuvchi tizimlar va boshqalar.
Loyihalarini amalga oshirishda bines -rejaning ham ahamiyati katta boladi. Biz biznesga birinchi qadam qo’yayotgan paytingizda yoki yangi bir loyihani
amalga oshirish jarayonida quyidagi qiyinchiliklarga duch kelasiz:
- birinchidan, moliyaviy mablag’larning yetishmasligi;
- ikkinchidan, oldindan belgilanmagan, kutilmagan holatlar ko’pligi.
Bular bizning korxonangizni tanlangan y o’ldan borishga imkon bermasligi mumkin. Bunday noxush holatdan chiqishning yo’li oldindan o’z maqsadini qog’ozga belgilash, baholash va prognozlash, bu o’z navbatida o’sha biznes-reja tuzishdir. Biznes-reja keng, xar tomonlama aniq tizimga tushirilgan va chuqur o’ylab tayyorlangan xujjat bo’lib, u firmani qay maqsadga xarakat qilayotganligi, ko’zlangan maqsadga qaysi yo’llar bilan erishish va ko’zlangan maqsadga erishgandan so’ng natija qanday bo’ladi degan savollarga javob topiladi. Bu qulay, umumiy olingan, hisoblanib loyihani imkoniyatlari bo’yicha to’la ma’lumot beradi. Biznes-reja korxona (firma)ning strategik istiqbolini belgilab beradigan asosiy xujjat hisoblanadi va uni 3-5 yilga tuzishni tavsiya etiladi. Biznes-rejaning birinchi va ikkinchi yillariga ko’rsatkichlarni (topshiriqlarni) kvartallarga taqsimlangan xolda berilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi va faqat uchinchi yildan boshlab yillik ko’rsatkich (topshiriq)lar bilan chegaralanish mumkin. Biznes-reja quyidagi asosiy masalalarni xal etadi, ya’ni:
- tadbirkorlarga korxona (firma)lar strategiyasini ishlab chiqish uchun asosi bo’libgina qolmay, uni muvaffaqiyatli amalga oshishiga kafolat ham beradi;
- bozor iqdisodiyoti sharoitida tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, tartibgasolish va bajaralishini nazorat qilishning asosiy quroli bo’lib xizmat qiladi;
- tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish jarayonida to’satdan yuzaga kelgan salbiy holatlar yuzasidan tadbirkorlarni ogoxlantiriladi va ularni o’z vaqtida bartaraf etish tadbirlarini ishlab chiqishga yordam beradi;
- tadbirkorlik faoliyati yuzasidan banklar, investorlar va qarz beruvchilarga tegishli ma’lumotlar olishga imkon beradi.
Bundan tashqari, biznes-reja tuzib chiqishning ikkita asosiy sababi mavjud:
- tashqaridagi sarmoyadorlarni sizning biznesingizni maqsadga muvofiqligi xaqida yoki ssuda berishga ishonch xosil qildirish,
- ko’zlangan maqsadni saqlab qolishga yordam berish, to’satdan yuzaga kelgan holatlarda tanlangan maqsaddan voz kechmaslikni ta’minlash.
Bu yana rejada belgilangan barcha vazifalarning to’la bajarilishini hamanglatadi:
- Biznes-reja boshqaruvchiga tanglik holatlarini to’g’ri baholash imkonini beradi va undan olib chiqib ketish yo’llarini ko’rsatadi. Bu o’z navbatida boshqaruv samaradorligining ortishini xarakterlaydi;
- qo’shimcha ma’lumot kelib tushishi va ma’lum tajribaga ega bo’lish bilan maqsad va vazifa moslanib olinadi. Biznes-rejaning bosh maqsadi - firmaning ko’zlagan maqsadiga erishishi, reja-iqtisod bo’limi xodimlariga va sarmoyadorlarga tanlangan yo’lning maqsadga muvofiqligini ko’rsatib berishdir.
Bundan tashqari biznes-reja tadbirkorlarning quyidagi savollariga javob ham beradi:
- biznesning joriy holati (biz qayerda turibmiz);
- ko’zlangan maqsad (qaysi tomonga xarakat qilmoqdamiz);
- eng qulay yo’l (maqsadga qanday erishamiz).
Bunda shuni xulosa qilishimiz mumkinki, biznes-rejada xozirgi holatda ko’zlagan maqsadga erishishning samarali yo’llari ko’rsatilishi, joriy maqsadlarga erishishi va o’rta va uzoq davrlardagi vazifalari xal etilishi aks ettiriladi.

Xulosa
Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, biznes-reja tadbirkorlarning ish quroli bo’lib, rivojlanayotgan kichik-o’rta biznes, xususiy va yakka tadbirkor, firmalar faoliyatida katta ahamiyatga ega. Biznes-reja xaqida gap yuritishdan oldin biznesni baholash bosh rolni o’ynaydi. Bu yerda biz biznesni taxlil etishimiz lozim Biznes-reja – bu biznesni amalga oshirish rejasi hisoblanadi. Unda firma to’g’risida, ishlab chiqariladigan tovar to’g’risida, ishlab chiqarishni tashkil etish to’g’risida, mahsulotni sotish bozori to’g’risida va umuman ishlab chiqarishni tashkil etish va uning samaradorligini asoslash bilan bog’liq ma’lumotlar aks ettirilishi kerak. Biznes-rejani ishlab chiqishdan maqsad firmaning xo’jalik faoliyatini qisqa yoki ma’lum bir muddatga bozor talablari va kerakli resurslarni jalb qilish imkoniyatlaridan kelib chiqqan xolda rejalashtirish hisoblanadi. Biznes-reja tuzilishi ish yurituvchi, mulkdor va sarmo yador uchun manfaatlidir.
G’oyaga aniqlik kiritishning oxirgi yakuniy xujjati bu biznes-reja hisoblanadi. U o’zida taxlil natijalari, g’oya va to’satdan yuzaga kelgan fikrlarni umumlashtiradi. Faoliyat yuzasida to’la ma’lumot beradi. Amaliyotda tanishtirish (prezentatsiya) va taxlil o’tkazishda, pul olishga yordam beradi. Yaxshi ishlab chiqilgan biznes-reja to’la kafolat bermasada pul olishga yordam beradi. Sarmoyador biznes-rejadan axborot manbai sifatida foydalanadi. Shu asosda faoliyatni baholaydi. Loyiha tavakkalchilik va likvidlik darajasini aniqlaydi. Boshqaruv sifati ko’p holatlarda kredit uchun kafolat omili bo’lib xizmat qiladi. Ayrim holatlarda pul berish yuzasidan qaror qabul qilinishicha asosiy bo’lim biznes-rejaning mazmuni emas, uning taqdim etilishi va rasmiylashtirilishi ham ahamiyat kasb etadi. Demak, biznes-rejani ishlab chiqishdan asosiy maqsad - firma faoliyatini kelgusi davr va ayrim olingan davrdagi bozor ehtiyojlari va zaruriy manbalar olish imkoniyatlaridan kelib chiqishdir. Biznes-rejalar tadbirkor uchun quyidagi asosiy vazifalarni xal etishda yordam beradi:
- firma faoliyati asosiy yo’nalishi, bozor maqsadlari va firmaning bozordagi o’rnini aniqlash.
- firmaning uzoq muddatli va qisqa davr maqsadlari, strategiyasi, taktikasini amalga oshirishga erishishni belgilab berish.
- firmaning iste’molchilarga tavsiya etadigan tovar (xizmat)lar tarkibini tanlash va asosiy ko’rsatkichlarni aniqlash.
- kadrlarga qo’yilgan talablar va ularning o’z vazifalariga mos kelishini baholash.
- bozorni o’rganish bo’yicha firma marketing tadbirlarini tarkibini, reklama, realizatsiyani rag’batlantirish, bahoni shakllantirish va realizatsiya yo’llarini aniqlash.
- mavjud material va moliyaviy mablag’lardan kelib chiqib firmaning material va moliyaviy holatini baholash.
- biznes-rejani muvaffaqiyatsizligaga ta’sir etuvchi omillar xaqida ogohlantirish.
Biznes – reja bir necha muhim vazifalarni bajaradi. Biznes – rejani tayyorlash jarayoni fikrlashni jonlantiradi, tadbirkorni puxtalik bilan o’ylashga va o’z ishini turli nuqtai nazardan tahlil qilishga, haqiqiy imkoniyat va qiyinchiliklarni baholashga majbur qiladi.
Ikkinchi vazifa – nazorat. Qog’ozda bayon qilingan reja kelgusi nazoratlarda va erishilgan natijalarni baholashda har doim ishlatilishi mumkin. U korxona faoliyatini kelgusi yaxshilashga asos bo’lib hizmat qiladi.
Uchinchi asosiy vazifa – jamg’arish. U boshqa jismoniy va yuridik shaxslardan pul mablag’larni jalb qilishga imkoniyat yaratadi. Biznes – reja potensial qarz beruvchini, aksioner, sarmoyadorni hamda iste’molchini, ta’minlovchilarni ushbu korxona bilan (ishbilarmon bilan) tijorat aloqalarida foyda olishga ishontirishi kerak.
Quyidagilar biznes-rejaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

  • firmaning qisqa va uzoq muddatli maqsadlarini, unga erishishning taktika va strategiyasini aniqlab olish;

  • firmaning aniq faoliyat yo’nalishlari va qaysi bozorlarda faoliyat

  • ko’rsatishi va bu bozorlarda firmaning o’rni qanday bo’lishi kerakligini belgilab olish;

  • firma tomonidan iste’molchilarga taklif qilinishi rejalashtirilgan tovar va

  • xizmatlar assortimentini va uning ko’rsatkichlarini aniqlash;

  • ishlab chiqarish va noishlab chiqarish xarajatlarini baholash;

  • mahsulot bahosini shakllantirish, mahsulot sotilishini rag’batlantirish va

  • bozorni o’rganish bilan bog’liq marketing tadbirlari tarkibini aniqlash;

  • firmaning moliyaviy holati va qo’yilgan maqsadga erishish uchun mavjud moliyaviy va material resurslarning mos kelish imkoniyatlarini baholash va boshqalar.

Jahon tajribasida biznes-rejani tuzish bosqichlari va uning tashkiliy qismlari aniq belgilanadi.
Asosiy yo’nalishni saqlagan holda, boshqa bo’limlarga axborotni ko’chirishni yoki ularni birlashtirish hisobiga bo’limlar soni kam bo’lishi mumkin.
Korxonani rahbari yoki menejeri biznes-rejani ishlab chiqarishning aniq sxemasi, uning tartibi va bayoni, xajmi, axborot ustunligini tanlashda quyidagi omillarga alohida etibor berishi kerak bo’ladi:
- korxona statusi va katta - kichikligi (kichik biznes);
- rejalashtirish faoliyatining bosqichlari (biznes boshlanishi, ya’ni, yangi ishlab turgan korxona faoliyatining davomi);
- biznes xususiyati va qiyinchiligi, xuddi shunday u yoki bu masalalarni ishlab chiqishdagi iborasi;
- kerakli ma’lumot va axborotni borligi;
- boshqa mutaxassislarning yordamiga muhtojligi va boshqalar.
Biznes-reja tuzish — korxonani oldindan belgilab olgan strategiyasi va
taktikasi asosida moliyaviy iqtisodiy axvolini taxlil etish va baho berish jarayonidir

Download 112,54 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 112,54 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Investitsiya loyihalarini amalga oshirish tartibi

Download 112,54 Kb.