|
2-ma’ruza mavzusi: Pedagogik dasturiy vositalarni loyihalashtirish
|
bet | 5/7 | Sana | 21.12.2023 | Hajmi | 44,07 Kb. | | #125947 |
Bog'liq 2 - ma\'ruza5. Dasturdagi tovushlarga qo’yiladigan talablar. PDVda foydalaniladigan biror tovush yoqimsiz, mazmundan uzoq bo’lmasligi kerak. Tovush o’quvchining diqqatini jamlashga yordamlashishi hamda mazmun bilan bog’liq bo’lishi zarur. Biror qoida yoki harakat usuli musiqiy asosga ega bo’lsa, u o’quvchi tomonidan yaxshi eslab qolinadi.
6. Interfeysning qulayligi prinsipi. Interfeysning oddiyligi muhim ko’rsatkich
hisoblanadi. Chunki shu tufayli o’quvchi asosiy faoliyatga tez va oson kirisha oladi. Interfeys ko’p hollarda piktogramma ko’rinishida bo’ladiki, bunda o’quvchining ko’rsatilgan variantlardan birini tanlashi qulay kechadi. Piktogrammalarni tanlash, ma‘lumotlarni kiritish va ekrandagi kadrlarni o’zgartirishda ham tugmachalar majmuidan, ham «sichqoncha»dan foydalanish imkoniyatini nazarda tutish lozim. Shuningdek, dasturning oddiy bo’lishiga, uni boshqarishda oz sonli tugmachadan foydalanilishiga, uni kompyuterda ishlash malakasi yuqori bo’lmagan o’quvchilar ham qiyinchiliksiz ishlata olishiga e‘tiborni qaratish kerak.
Texnik talablar.
PDV qandaydir rusumli kompyuterga mo’ljallab yaratilar ekan, ma‘lum darajada texnik talablarga javob berishi shart. Shunday talablar mazmunini ko’rib chiqamiz.
1. Dasturning universalligi. Albatta, PDVni yaratuvchi dasturchilar imkoniyati yuqori bo’lgan Pentium IV, Pentium V rusumli kompyuterlarda ishlaydi va dasturni shunday kompyuterda tuzadi. Biroq maktablarning barchasi ham bunday kompyuterlarga ega emas. Shuning uchun dastur tuzilayotganda uning kompyuter xususiyatiga to’la bog’liq bo’lmagan holda ishlay olishiga ahamiyat berish zarur. Zero, tezkor kompyuterda yaratilgan dastur quyi imkoniyatli kompyuterda kutilgan tezlikda bajarilmaydi. Pirovardda, samaradorlikni oshirishga emas, balki ta‘lim jarayoni natijasining pasayishiga olib keladi.
2. Dastur ishining uzluksizligi. O’quvchi o’zi uchun notanish vaziyatga tushgach, ixtiyoriy tugmachalarni bosadi va bu bilan ekranda qanday o’zgarish bo’lishini kutadi. Shu bois o’quvchi kiritgan ma‘lumot tezda qayta ishlanishi va unga tegishli xabar berilishi lozim. Dastur qandaydir ma‘lumotni uzoqroq vaqt izlayotganda yoki qayta ishlayotganda ekranda bu «harakat»ni tushuntiruvchi yozuvni chiqarish va shu tarzda o’quvchini tinchlantirish kerak. Shunda ham o’quvchi tugmachalarni ketma-ket bosib ishni tezlashtirishga harakat qiladi. Bunday tugmachalarning jarayonga ta‘siri esa dasturdagi tegishli yo’llar bilan bartaraf qilinadi.
Agar o’quvchi xatoga yo’l qo’ysa, uning aynan nimada xato qilganligini tushuntirish zarur (Bunda juda uzun va mayda qilib tushuntirish ham o’quvchining toliqishiga sabab bo’lishini unutmaslik kerak). Yo’l qo’yilgan xato natijasida dastur ishining to’xtab qolishi, xato haqidagi operatsion tizim xabarining ekranga chiqarilishi holatlarini to’liq bartaraf qilish zarur. Shuningdek, uzun matnni kiritish jarayonida xatoga yo’l qo’yilsa, matnni qayta kiritish talab qilinmasdan, uni tuzatishga imkon berish lozim. Negaki, ma‘lumotlarni bevosita kiritish holatida «» tugmachasi kursorni chapga harakatlantirmaydi. Kursorni chap tomonga harakatlantirish uchun Baskspase tugmachasini bosish kerak, bu esa kursorni siljitish bilan uning ostidagi belgini ham o’chiradi va bu bilan matnni qayta kiritishni talab qiladi.
O’quvchi vaqtini tejash maqsadida bunday holatlar bartaraf qilinishi shart.
PDV foydalanuvchi yo’l qo’yishi mumkin bo’lgan barcha xato variantlarga javob
reaksiyalarini o’z ichiga olishi lozim. Shunda dastur ishining uzluksizligi to’liq ta‘minlanadi.
|
| |