• Kalit so‘zlar: Operatsion tizim, foydalanuvchi
  • Ishonchlilik
  • Samaradorlik
  • 2-Ma’ruza. Tizimni o’rnatish va yangilash. Reja




    Download 489.86 Kb.
    bet1/7
    Sana06.06.2023
    Hajmi489.86 Kb.
    #70142
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Ma\'ruza-2
    11B-sinf imtihon, Ma\'ruza-1, 2024 олий сиртқи

    2-Ma’ruza. Tizimni o’rnatish va yangilash.


    Reja:

    1. Operatsion tizimlar haqida tushuncha.

    2. Operatsion tizimlarni rivojlanish tarixi

    3. Unix operatsion tizim oilasi.

    4. Linux yadrosi haqida

    5. GNU litsenziyasi

    6. Distributivlar haqida tushuncha

    Kalit so‘zlar: Operatsion tizim, foydalanuvchi, EHM, Himoyalash, Qulaylik, Mac OS, Mac OS X
    1.1. Operatsion tizimlar haqida tushuncha.
    Hozirgi kunda kompyuterdan foydalanmaydigan va uning imkoniyatlarini bilmaydigan inson bo’lmasa kerak. Ho’sh kompyuter bizning olamimizga shunday tezlik bilan kirib kelgan ekan, u holda undagi dasturlar , operatsion sistemalar hamda ularning turlari va imkoniyatlari haqida nimalarni bilamiz. Avvalo operatsion sistemaning o’zi nima degan savolga javob bersak.
    Operatsion sistema bu kompyuter ishga tushishi bilan yuklanadigan dasturlar majmuasi bo’lib, foydalanuvchiga kompyuter imkoniyatlaridan samarali foydalanish imkonini beradi. .
    "Operatsion tizim" tushunchasiga aniq ta`rif berish qiyin. Chunki "tizim" so'zi turli soha mutaxassislari tomonidan keng qo'llaniladi va turlicha talqin qilinadi; "operatsion" so'zi esa to'g'ridan-to'g'ri tarjimada "amal" degan ma`noni anglatsada, uning tub mohiyatini bu birgina so'z bilan aniq tavsiflab bo'lmaydi.
    Xo'sh, unda "Operatsion sistema"ni qanday tushunish kerak?
    Avval uning foydalanuvchisi to'g'risida fikrlashaylik.
    "Operatsion sistemaning foydalanuvchisi" tushunchasi ham ancha keng tushuncha bo'lib, oddiy qilib aytganda, foydalanuvchi-mazkur sistemada ishlashi mumkin bo'lgan shaxs.
    Kompyuter ishga tushirilganda, odatda uning qurilmalari bilan bir qatorda maxsus dastur ishga tushadi. Mazkur dastur foydalanuvchi bilan kompyuter o'rtasidagi muloqatni ta`minlaydi va bu muloqat operatsion sistema deb yuritiladi.
    EHM yaratila boshlagan davrda unda biror arifmetik amalni bajarish uchun katta hajmdagi ishlar qilinar edi (amalda ishtirok etgan har bir ma`lumotni aniq bir adresda joylash; amal bajariladigan va natija yoziladigan barcha adreslarni bilish talab etilar edi, chunki ular dasturda ko'rsatilishi kerak edida). Bu ishlarni hozirgi kunda osongina hal qilish mumkin, chunki ko'p ishlarni engillashtirishga qaratilgan dasturlar (foydalanuvchiga yordamchi dasturlar) majmui ishlab chiqilgan va u amaliy masalalarni hal qilishda qo'l kelmoqda.
    Xo'sh, mazkur "yordamchi" dasturlar majmui bo'lmasa, amallar EHMda qanday bajarilgan bo'lar edi?
    Bunday holda foydalanuvchidan katta hajmdagi ish daftari tutib, unda tanlangan axborot EHM xotirasining qaysi joyiga kiritilishi, dastur, boshlang'ich ma`lumotlar va natijaviy axborotlar qaerda joylashishini ko'rsatishi talab qilinadi.
    Agar siz EHMning tashqi qurilmalari (klaviatura, printer, diskyurituvchi va boshqalar)ni qo'llamoqchi bo'lsangiz, har safar ana shu qurilmalar bilan aloqani tiklovchi, ularni boshqaruvchi maxsus dastur tayyorlashingiz kerak. Shuningdek qurilmalar ishlashi bilan bog'liq turli ishlarni nazorat qilishingiz lozim bo'lar edi. Demak, "yordamchi" dasturlarning xizmati beqiyos ekan.
    Ta`kidlash lozimki, kompyuterlarning texnikaviy holatiga ko'ra, ulardagi operatsion sistemalar turlicha bo'ladi, shunday bo'lsada, ularning vazifasi yagona - ichki va tashqi qurilmalarning birgalikda ishlashini ta`minlashdan iborat.
    EHM "dasturli ta`minoti", "texnik ta`minoti" va " operatsion sistema" o'rtasidagi uzviy bog'lanishni quyidagicha ifodalash mumkin.



    Dasturli ta`minot o'z vazifalarini bajarishda tashqi qurilmalarni apparatli ("vositaviy") asos sifatida ishlatsa, operatsion sistema dasturli ta`minot amallarini dasturli asos sifatida ishlatadi.


    Bajaradigan vazifalaridan qat`iy nazar, operatsion sistema quyidagi sifatlarga ega bo'ladi:
    1. Ishonchlilik. Sistema o'zi boshqarayotgan kompyuter qurilmalari kabi ishonchli bo'lishi kerak. Agar dasturda yoki qurilmada biror xato uchrasa, uni sistema topa olishi va bu holatni tuzatishga harakat qilishi, hech bo'lmaganda, shu xato tufayli foydalanuvchi dasturiga etkaziladigan zararning oldini olishi kerak.
    2. Himoyalash. Ixtiyoriy foydalanuvchi o'z ishiga boshqa foydalanuvchilarning ha-laqit qilishini xohlamaydi. Shu sababli sistema foydalanuvchilarni dastur va ma`lumotlarini o'zgalar xatolari ta`siridan hamda aralashuvidan himoya qilishi lozim.
    3. Samaradorlik. Odatda operatsion sistemaning o'zi EHMning katta resursini egallaydi. Bu resurslar foydalanuvchi ixtiyoriga berilmaydi. Demak, sistemaning o'zi ancha ix-cham bo'lishi va EHM resurslarini har tomonlama samarali boshqarishi lozim.
    4. Qulaylik. Operatsion sistemada ko'p hollarda bir paytda ikki va undan ortiq foydalanuvchi ishlaydi. Ular operatsion sistema orqali turli maqsadli va turli algoritmli masalalarni hal qiladilar. Ravshanki, bunday holda har bir foydalanuvchiga keng qulayliklar yaratilishi talab etiladi. Shu bois mazkur xususiyat operatsion sistemaning muhim xususiyati hisoblanadi.
    Hozirgi kunda dunyoda turli operatsion sistemalar mavjud bo’lib ularga quyidagilarni misol qilish mumkin:


    Download 489.86 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 489.86 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2-Ma’ruza. Tizimni o’rnatish va yangilash. Reja

    Download 489.86 Kb.