|
2-ma’ruza: windows serverlarga kirish. Windows serverlar haqida tushunchalar va ularda xavfsizlik. Reja
|
bet | 3/3 | Sana | 22.12.2023 | Hajmi | 7,54 Kb. | | #127009 |
Bog'liq 2-ma’ruza windows serverlarga kirish. Windows serverlar haqida -fayllar.orgWindows Server 2003 - Microsoft kompaniyasining serverlarda ishlash uchun mo'ljallangan Windows NT oilasiga mansub operatsion tizimi. 2003 yil 24 aprel kuni chiqarilgan. Windows Server 2003 Windows 2000 Server davomchisi va Windows XP operatsion tizimining server varianti hisoblanadi. Windows Server 2003 – oldindan o'rnatilgan .NET Framework obig'i bilan birga sotiladigan birinchi Microsoft operatsion tizimi. Bu tizimga qo'shimcha dasturiy ta'minotni o'rnatmay, Microsoft .NET platformasi uchun ilovalar server xizmatini bajarishga imkon beradi.
Windows Server 2008 - Microsoft server operatsion tizimining ushbu versiyasi Vista (NT 6.x) avlodi operatsion tizimlari vakili sifatida Windows Server 2003 tizimining o'rnini bosish uchun mo'ljallangan. Windows Server 2008 Windows Vista kodiga o'xshash kod asosida yaratilgan bo'lib, o'xshash arxitektura va funksionallikka ega. Bundan tashqari, mazkur OT Windows Vistaning xavfsizlik va tizimni boshqarish imkoniyatlariga ham ega. Protsessorlar va xotira qurilmalari Plug and Play qurilmalari sifatida yaratilgan bo'lib, ularni tez almashtirish mumkin. Windows Server 2008 buyruq qatori asosida boshqarish texnologiyasi Windows PowerShell bilan sotiladigan birinchi tizimdir.
Xavfsizlik modeli
Windows NT/2000/XP oilasi operatsion tizimlarini ishlab chiqishda Microsoft kompaniyasi axborot xavfsizligini ta'minlashga katta e'tibor berdi. Natijada, bu tizimlar ijrosi sodda va boshqarish oson ximoya mexanizmlarini beradi. Xavfsizlik sertifikati S2 darajaga mos, va Windows NT 3.5 va Windows NT 4.0 OT lariga xosdir.
Windows NT sinfi tizimlari butunlay boshqa xavfsizlik modeliga egadirlar. Ximoya vositalari, boshidanoq OT ning o'ziga integrallashtirilgandir. Xavfsizlik tizimi, ish jaraynida kim va qanday xarakatlarni bajarganligini va qanday ob'ektlarga murojaat qilmoqchi ekanligini nazorat qiladi.
Foydalanuvchining hamma harakatlari, shu jumladan hamma ob'ektlarga murojaatlar ham, faqat OT larga maxsus so'rovnomalar orqali bajariladi. Hamma so'rovnomalar ham nazorat qiladi. OT lardan so'ralayapgan amallar va ma'lum ob'ektlarga murojaatlar, faqat foydalanuvchida bunga zaruriy xuquq va ruxsatnomalari bo'lsagina, ruxsat beriladi.
Xuquq (rights) tizimda ishlashda huquqlari darajasini aniqlaydi. M-n., diskni formatlash huquqi bo'lmasa, foydalanuvchi bu amalni bajaraolmaydi. ―Ruxsat termini esa odatda, aniq ob'ektlar, m-n, fayl va kataloglar, prinsipi va boshqalarga nisbatan ishlatiladi. O'qish, yozish, bajarish, olib tashlash va h.k.larga ishlatiladi. Huquqlar, ruxsatga nisbatan ustunlikka ega.
Windows NT xavfsizlik modeli, oldindan autentifikatsiya va avtorlashtirishdan o'tmasdan turib uning ob'ektlariga murojaat qila olmaslikka kafolat beradi. Kompyuterda ishlash huquqiga ega bo'lish uchun, qayd yozuviga (account) ega bo'lish kerak. Qayd yozuvlari. SAM (Security Account Management) fayli orqali beriladigan ma'lumotlar bazasida saqlanadi.
http://fayllar.org
|
| |