|
2-ma’ruza: windows serverlarga kirish. Windows serverlar haqida tushunchalar va ularda xavfsizlik. Reja
|
bet | 1/3 | Sana | 22.12.2023 | Hajmi | 7,54 Kb. | | #127009 |
Bog'liq 2-ma’ruza windows serverlarga kirish. Windows serverlar haqida -fayllar.org
2-ma’ruza: windows serverlarga kirish. Windows serverlar haqida tushunchalar va ularda xavfsizlik. Reja
2-MA’RUZA: WINDOWS SERVERLARGA KIRISH. WINDOWS SERVERLAR HAQIDA TUSHUNCHALAR VA ULARDA XAVFSIZLIK.
REJA:
Windows server haqida tushunchalar.
Windows serverga kirish.
Windows serverda xavfsizlik.
1990 y Microsoft komaniyasi, prinsipial jihatdan yangi, IBM PC mutanosib shaxsiy kompyuterlar uchun, OT yaratish uchun ish boshlagani haqida e'lon qiladi. Bu OT quyidagi xossalarga ega bo'lishi ko'zda tutilgan edi:
mikroyadro arxitektura
apparat mustaqillik, demak tizim oson ko'chirib o'tkaziladi
multiprotsessorli ishlov berish va masshtablashitirganlik (u vaqtda UNIX OT lari oilasi bu sohada oldinda edi)
boshqa OT larga mo'ljallab ishlab chiqarilgan, xususan UNIX ilovalari va OS/2 uchun 16-razryadli ilovalarning bajarilishi imkoniyati
huquqsiz murojaatdan hisoblashlar va axboratlar ximoyasi
yuqori unumdorlik va ishonchli fayl tizimi mavjudligi va bir nechta fayl tizimlari bilan ishlash imkoniyati.
tarmoq funksiyalarini qo'shilganligi va taqsimlangan hisoblashlarning qo'llanilishi
Windows NT ning birinchi versiyalari, bir qancha kamchiliklarga ega edi, m-n, katta operativ xotira talab qilardi, tezligi past edi va disklar bilan ishlashda (FAT tizimida) uzun nomlarni qo'llamas edi. Va shu bilan birga mikroyadro texnologiyasi g'oyalariga qat'iy rioya qilgan tizim edi. 1996 yili MS kompaniyasi Windows NT 4.0 server va Windows NT 4.0 Workstation OT larini ishlab chiqdi.
Bu tizimlar juda qulay va omadli chiqdi. Ammo o'zining yangi OT da, Microsoft kompaniyasi, yuqori unumdorlikka ega bo'lgan HPFS fayl tizimini qo'llashdan voz kechdi.
O'z server OT ini, korporativ darajadagi mashhur, Novell Netware 4.x va Netware 5.x OT lari bilan raqobat qilish uchun, NT sinfiga mos, yangi OT lar oilasini ishlab chiqdi va unga Windows 2000 deb nom berishdi. Bu OT lar oilasiga 4 ta OT kirdi.
|
| |