Tizimli va amaliy dasturiy ta’minotning rivojlanish tendentsiyalari




Download 288.32 Kb.
bet3/9
Sana23.07.2021
Hajmi288.32 Kb.
#15898
1   2   3   4   5   6   7   8   9
2. Tizimli va amaliy dasturiy ta’minotning rivojlanish tendentsiyalari.
Dasturiy ta’minot — kompyuter texnikasi vositasida ma’lumotlarni qayta ishlash tizimi (mkit)ni yaratish va foydalanish dasturiy vositalari yig’indisidir. Dasturiy ta’minot tarkibiga bazaviy (umumtizimli) va amaliy (mahsus) dasturiy mahsulotlar kiradi.

Qo’llash sohasidan qat’i nazar, axborot tizimlarining samarali faoliyat kursatishi bir qator ta’minotlar bilan bog’liqdir. Ularni dasturiy, texnik, huquqiy, axborot, tashkiliy, matematik va lingvistik ta’minotlarga ajratilishi Qabul qilingan.3-rasm).

Bazaviy dasturiy vositalar inson va kompyuterning o’zaro harakatlarini avtomatlashtirish, ma’lumotlarni qayta ishlash, namunaviy protseduralarni tashkil etish, mkit texnik vositalari ishlashi nazorati va diagnostikasi uchun hizmat qiladi.

Amaliy dasturiy ta’minot axborot tizimi funktsional vazifalarni hal etishni avtomatlashtirish uchun mo’ljallangan dasturiy mahsulotlar yig’indisini o’zida namoyon etadi. Ular universal vositalar (matn muharrirlari, elektron jadvallar, ma’lumotlar bazasini boshqaruv tizimlari) va mahsus vositalar — funktsional kichik tizimlarni amalga oshiruvchi turli hil ob’ektlar (iqtisodiy, muhandislik, texnik va boshqalar) sifatida ishlab chiqilishi mumkin.

Texnik ta’minot ma’lumotlarni qayta ishlash tizimining faoliyat ko’rsatishi uchun qo’llaniluvchi texnik vositalar kompleksidir. Ushbu ta’minot ma’lumotlarni qayta ishlovchi, namunaviy operatsiyalarni amalga oshiruvchi qurilmalarni uz ichiga oladi. Bunday qurilmalarga kompyuterlardan tashqari, atrof (periferiya) texnik vositalari, turli hil tashkiliy texnika, telekommunikatsiya va aloqa vositalari ham kiradi.

Huquqiy ta’minot axborot tizimini yaratish va faoliyat ko’rsatishini tartibga soluvchi huquqiy me’yorlar yig’indisini o’zida namoyon etadi.

Lingvistik ta’minot inson va kompyuter muloqotini ishlab chiqish va ta’minlash samaradorligini oshirish uchun mkitni yaratish va foydalanishning turli bos­qichlarida ishlatilgan til vositalari yig’indisidan iborat.

Dasturiy ta’minot deganda, hisoblash texnikasi vositalari bilan ma’lumotlarni qayta ishlash tizimini yaratish va ulardan foydalanish uchun dasturiy va hujjatli vositalarni jamlash tushuniladi.

Dasturiy ta’minot tomonidan bajariladigan funktsiyalarga bog‘liq holda, uni quyidagi to’rt guruhga bo‘lish mumkin:


  1. Tizimli dasturiy ta’minot

  2. Amalaiy dasturiy ta’minot

  3. Xizmat ko’rsatuvchi dasturiy ta’minot

  4. Dasturlash texnologiyasining uslubiy vositalari

Tizimli DT kompyuterda axborotni qayta ishlash jarayonini tashkil etadi va amaliy dasturlar uchun me’yordagi ish muhitini ta’minlaydi. Tizimli DT apparat vositalari bilan shu qadar yaqin aloqadaki, uni ba’zida kompyuterning bir qismi deb ham hisoblashadi.

Amaliy DT foydalanuvchining aniq vazifalarini hal etish va umuman axborot tizimining hisoblash jarayonini tashkil etish uchun mo‘ljallangan.

Xizmat ko’rsatuvchi DT tarkibiga foydalanuvchi va ShK uchun xizmat qiladigan ilova va dasturlar tushuniladi. Bunday dasturlardan foydalanish orqali ShK optimal holatda ishlashini ta’minlash mumkin.

Dasturlash texnologiyasining uslubiy vositalari orqali tizimli dasturiy ta’minot, amaliy dasturiy ta’minot hamda xizmat ko’rsatuvchi dasturiy ta’minot uchun zaruriy ilova va dasturlarni yaratish mumkin.





Download 288.32 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 288.32 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tizimli va amaliy dasturiy ta’minotning rivojlanish tendentsiyalari

Download 288.32 Kb.