• F1-F2 . Boshqaruvchi tugmalar guruhi –  , , Ctrl, Alt, Esc, PrintScreen, Pause, Break
  • 2-mavzu. Axborot kommunikatsion texnologiyalarini tashkil etuvchi komponentalari. Reja




    Download 288.32 Kb.
    bet2/9
    Sana23.07.2021
    Hajmi288.32 Kb.
    #15898
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Axborot saqlovchi qurilmalar

    Barcha shahsiy kompyuterlarda: asosiy vinchester va diskovodlar bo’ladi. Shahsiy kompyuter o’chirilganda axborotlar o’chib ketmasligi uchun, ular disklarda saqlanadi. Disklarni hujjatlar saqlanadigan jovonlarga o’hshatish mumkin. Disklarni vinchesterlarga nisbatan bitta yahshi tomoni shuki, ularni shahsiy kompyuter yig’gichidan chiqarib olib yonda olib yurish mumkin. Hozirgi vaqtda asosan 3,5 dyuymli yumshoq disklar ko’proq qo’llanadi. Diskda mahsus o’tkich o’rnatilgan bo’lib, diskga yozishda ruhsat berish va ma’n etish uchun qo’llanadi.








    2.7-rasm (Diskovod).

    2.8-rasm (Qattiq disk).

    Qattiq disklar (vinchester) esa asosan shahsiy kompyuter qutisi ichida joylashgan va mustahkamlangan bo’ladi. Vinchesterlarni disklarga nisbatan ikkita o’ta zarur imkoniyatlari mavjud; ular ancha katta hajmga hamda ancha tezroq ahborotlarni o’qish va yozish hususiyatlariga ega.

    Monitor – kompyuterda bajarilayotgan amallarni foydalanuvchiga namoyon qilish uchun mo’ljallangan qurilma. Shaxsiy kompyuterning monitori ekranga matnli va grafikli ma’lumotlarni chiqarish uchun xizmat qiladi. U ikki xil rejimda ishlashi mumkin - matnli va grafikli.


    • Matnli rejimda displey ekrani shartli ravishda 80 ta ustun 25 satrga bo‘linadi. Shu maydonning ixtiyoriy joyida belgilar tasvirlanadi. Bu belgilar katta va kichik lotin xarflari, sonlar va yordamchi belgilar - ! ” № ; % -? * ( ) { } ” ’ / ? bo‘lishi mumkin.

    • Grafik rejimda ekranga matnli ma’lumotlardan tashqari rasm va grafik tasvirlar ham chiqariladi. Bunda belgi ixtiyoriy shrift va o‘lchamga ega bo‘ladi. Bu rejimda ekran nuqtalar to‘plamidan iborat. Masalan, 640x200 imkoniyatli monitor ekranda gorizontaliga 640 va vertikaliga 200 nuqtani tasvirlaydi. Nuqtalar soni oshishi bilan tasvir sifati oshadi.

    Kompyuterda monitor (display) ekranda sahifaliy va tasvirliy ahborotlarni ko’rsatish uchun qo’llaniladi. Zamonaviy kompyuterlar super VGA turdag manitorlar bilan to’plangan, ruhsat etish imkoniyatlar 800* 600, 1024* 7608.1280* 1024 va boshqalar.

    Monitorlar tuzilishiga ko’ra quyidagi 3 turda bo’ladi:



    1. CRT (Cathlode Ray Tube) monitorlar (Elektron nurli trubka)

    2. LCD (Liquid Crystal Display) monitorlar (Suyuq kristal displayli)

    3. Plasma










    2.9-rasm (CRT monitor)

    2.10-rasm (LCD monitor)

    2.11-rasm (Plazma monitor)

    Klaviatura – matnli va belgili ma'lumotlarni kompyuter xotirasiga kiritish qurilmasi. Standart klaviaturalar 101 yoki 102 tugmadan iborat bo’lib, undan tashqari hozirda chiqayotgan multiklaviaturalar ham bor. Standart klaviatura bilan multiklaviaturaning farqi multiklaviaturada qo’shimcha tugmalar mavjudligidir (multimedia tugmalari, kalkulyator chaqirish tugmasi, internet va e-mail kabilar mavjud).

    Klaviatura beshta asosiy guruhga bo’linadi:




    5

    2.12-rasm.



    1. Asosiy guruh tugmalari – matn kirituvchi tugmalar (harflar, raqamlar, belgilar, Space, Shift, Enter, Delete, Insert, BackSpace, Tab, Caps Lock).

    2. Yo’naltiruvchu tugmalar guruhi – kursorni boshqaruvchi tugmalar (б, в, Я, а, Home, End, PageUp, PageDown).

    3. Kalkulyator bloki guruhi – klaviaturaning o’ng qismidagi blok kiradi. Unda kalkulyatorda kerakli raqamlar va amallar mavjud.

    4. Funksiyanal tugmalar guruhi – F1-F2.

    5. Boshqaruvchi tugmalar guruhi – , , Ctrl, Alt, Esc, PrintScreen, Pause, Break.




    Download 288.32 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 288.32 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2-mavzu. Axborot kommunikatsion texnologiyalarini tashkil etuvchi komponentalari. Reja

    Download 288.32 Kb.