Academic Research in Educational Sciences
Volume 3 | Issue 5 | 2022
ISSN: 2181-1385
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-5-1382-1387
SJIF: 5,7 | UIF: 6,1
1382
May, 2022
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal
OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA TALABALARNING MUSTAQIL
TA’LIM OLISHINI TASHKIL ETISHNING YANGI USULLARINI
YARATISH
D. Zakirov
Toshket viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti Genetika va evolyutsion
biologiya kafedresi o’qituvchisi
d.zakırov_76@maıl.ru
ANNOTATSIYA
Mazkur maqolada oliy ta’lim muassasalarida talabalarning ijodiy salohiyatini
yuksaltirishning eng yahshi usullaridan biri mustaqil talim so‘z boradi. Maqola
mazkur yo‘nalishda bugungi kunda mavjud bo‘lgan muammolar va mustaqil ta’lim
olishni tashkil etishning yangi usullarini yaratish borasida qator taklif va shu
maqsadda amalga oshirilgan qator uslubiy tajribalarni misol tariqasida yoritib beradi.
SHuningdek oliy talimda oquv predmeti fan dasturini ishlab chiqishda mustaqil ishlar
mavzularini qanday mezonlar asosida belgilash maqsadli bo‘lishi hamda ta’lim
berishning innovatsion uslublarini yaratish bilan birgalikda, mustaqil ta’lim olishning
ham mavzuviy, ham uslubiy yondashuviga bo‘lgan bugungi kun talabini ham
ochishga xarakat qilinadi.
Kalit so‘zlar: Motivatsiya, plagiat, muammoli ta’lim uslubi, ijodiy muhit,
kazus, tatqiqot natijasi, iste’molchi, mezonlar.
KIRISH
Mamlakatimiz aholisining munosib hayot kechirishi, jahon talablari darajasida
talim olishi hamda kasb egallashi, jamiyatda o’zlarining munosib fuqarolik
pozitsiyasini egallashi va bunyodkorlik salohiyatini ro’yobga chiqarish uchun zarur
shart-sharoitlar yaratdi. Buning asosiy tub ma’nosida sog’lom avlodni yuzaga
keltirish va ularni munosib ravishda tarbiyalash yotadi. Yangi sharoitlardan kelib
chiqib, «Talim to’g’risida»gi va «Kadrlar taiyorlash milliy dasturi to’g’risida»gi
O’zbekiston Respublikasi qonunlariga, 2017-2021 yillarga mo’ljallangan ―
O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’iycha Harakatlar strategiyasi‖,
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ― Pedagog kadrlarni taiyorlash, halq talimi
hodimlarini qayta tayorlash va ularning malakasini oshirish
tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida‖gi
qaroriga muvofiq, talim bosqichlarining uzluksizligi va
|