|
Academic Research in Educational SciencesBog'liq 629bd37280f25835789079Academic Research in Educational Sciences
Volume 3 | Issue 5 | 2022
ISSN: 2181-1385
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-5-1382-1387
SJIF: 5,7 | UIF: 6,1
1385
May, 2022
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal
qobiliyati, kompetensiyalarni kuchaytirishga qaratilgan metodika va texnologiyalarni
joriy etish zamon talabiga mos kelmasligi asosiy muammolar qatoriga kiradi.
SHunday ekan, oliy ta’lim tizimida mustaqil ta’lim soatlari ulushini oshirish,
talabalarda mustaqil ta’lim olish, tanqidiy va ijodiy fikrlash, tizimli tahlil qilish,
tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish, o‘quv jarayonida kompetensiyalarni
kuchaytirishga qaratilgan metodika va texnologiyalarni joriy etish, o‘quv jarayonini
amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirish, bu borada o‘quv jarayoniga
xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilg‘or pedagogik texnologiyalar, o‘quv
dasturlari va o‘quv-uslubiy materiallarni keng joriy etish bugungi kunning asosiy
vazifalaridan biridir.
Zamonaviy sharoitda ta’lim jarayonining barcha imkoniyatlariga ko‘ra shaxsni
rivojlantirish, ijtimoiylashtirish va unda mustaqil, tanqidiy, ijodiy fikrlash
qobiliyatlarini tarbiyalashga yo‘naltirilishi talab qilinmoqda. YUksak malakali
mutaxassislarni iste’molchilar talablariga qarab tayyorlanishi, talabalarni tanlagan
ixtisosliklari bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirilishi mustaqil
ravishda bilim olishga va amaliy faoliyatga o‘rgatilishi ta’minlanishi kerak.
Mustaqil talimning sirtqi bo’lim talabasi tomonidan amalga oshiriladigan qismi
esa mutlaqo boshqa, yani mazkur faoliyat talabaning bilim olishi uchun asosiy manba
hisoblanadi. Sirtqi bo’lim talabasi fanning asosiy qismini ainan mustaqil tarzda
o’rganishi lozim. Talabalarning mazkur faoliyatini onlayn tarzda doimiy nazoratini
tashkil etish kelajakda masofaviy ta’limning rivojlanishiga ko‘mak beradi.
ХULOSA
Хulosa o’rnida, talabaning psiхologik, pedagogik, metodik adabiyotlar,
dissertatsiya tadqiqotlarini tahlil qilishi, uning bilim darajasini sinash natijalari shuni
ko’rsatmoqdadiki, mustaqil ishlarni tashkil qilish uchun quiydagi vazifalarni oldinga
qo’iysh talab etiladi:
1. Mustaqil ishlarda talabalarga qiziqish va unga bo’lgan ehtiyojni
shakllantirish.
2. Talabalar mustaqil talim faoliyati bo’iycha ko’nikma va mahoratga ega
bo’lishlariga erishish.
3. Talabalar o’zlarining mustaqil ishlarini kamchiliklarni bartaraf etishda o’z
vaqtida yordam ko’rsatish.
4. Talabalar mustaqil ishini tashkil qilish uchun zaruriy
uslubiy materiallarni ishlab chiqish.
|
| |