Tizimli DT tarkibiga quyidagilar kiradi




Download 288.32 Kb.
bet4/9
Sana23.07.2021
Hajmi288.32 Kb.
#15898
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Tizimli DT tarkibiga quyidagilar kiradi: Operatsion tizimlar (OT) xabarni qayta ishlash jarayonini boshqarish va apparat vositalari bilan foydalanuvchilar o‘rtasidagi o‘zaro aloqani ta’minlaydi. OTning asosiy vazifalaridan biri axborotning kirish - chiqish jarayonini avtomatlashtirish, foydalanuvchi hal etadigan amaliy vazifalarning bajarilishini boshqaradi. OT kerakli axborotni EHM xotirasiga kiritadi va uning bajarilishini kuzatadi; to‘g‘ri hisoblashga halal beruvchi vaziyatlarni tahlil etadi, qiyinchiliklar paydo bo‘lganda nima qilish zarurligi haqida ko‘rsatma beradi. Bajaradigan vazifalaridan kelib chiqib, OTni uch guruhga bo‘lish mumkin:

  • bir funksiyali(bir foydalanuvchili);

  • ko‘p funksiyali (ko‘p foydalanuvchili);

  • tarmoqli.

Bir vazifali OT bir foydalanuvchining har bir aniq paytda aniq vazifani bajarish uchun mo‘ljallangan. Bunday operatsion tizimlarning tipik vakili MS DOS dir (uni Microsoft firmasi ishlab chiqqan).

Ko‘p vazifali OT vaqtni multidastur rejimida taqsimlashda EHMdan jamoa bo‘lib foydalanishni ta’minlaydi (EHM xotirasida bir necha dastur vazifalar bo‘ladi va protsessor kompyuter resurslarini vazifalar o‘rtasida taqsimlaydi). Bunday sinfdagi OTning tipik vakillari -IBM korporatsiyasining UNIX, OS2, Microsoft Windows 95, Microsoft Windows NT va boshqalardir.

Tarmoqli operatsion tizimlar lokal va global tarmoqlarni paydo bo‘lishi bilan bog‘liq va foydalanuvchining hisoblash tarmoqlari barcha resurslariga kirishini ta’minlash uchun mo‘jallangan. Tarmoqli OT larning tipik vakillari -Novell NetWare, Banyan Vines, IBM LAN, Sun firmasi mahsuloti Solaris dir.



Download 288.32 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 288.32 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tizimli DT tarkibiga quyidagilar kiradi

Download 288.32 Kb.