• Kalit so’zlar
  • 2.1. Hayot faoliyati xavfsizligining asosiy tushunchalari
  • 2-mavzu. Hayot faoliyati xavfsizligining asosiy tushunchalari, ularning mazmuni. Xavflar, ularning tasnifi. Reja




    Download 20,3 Kb.
    bet1/3
    Sana29.09.2024
    Hajmi20,3 Kb.
    #272891
      1   2   3
    Bog'liq
    2-MA\'RUZA


    2-mavzu. Hayot faoliyati xavfsizligining asosiy tushunchalari, ularning mazmuni. Xavflar, ularning tasnifi.


    Reja:
    1. Hayot faoliyati xavfsizligining asosiy tushunchalari
    2. Sohaga oid asosiy tushunchalarning mazmuni
    3. Xavflar, ularning tasnifi


    Kalit so’zlar:
    Taksonomiya, nomenklatura, kvantifikatsiya, ierar,


    2.1. Hayot faoliyati xavfsizligining asosiy tushunchalari
    Xavfsizlik nazariyasida zaruriy tushunchalar xavfsizlik, tahdid, himoya, xavf, avariya, falokat, favqulodda vaziyatlar, hayotiy funktsiyalar, atrof-muhit, zarar etkazuvchi omil, xavfli ta'sir kabi asosiy tushunchalarni o‘z ichiga olgan terminologik apparat sifatida shakllantiriladi.
    Xavfsizlik nazariyasida xavflar, tahdidlar, himoya va zararlanish darajasini aniqlash va o‘lchashga imkon beradigan mezonlar va o‘lchovlari belgilashga katta ahamiyat beriladi.
    Shu asosda qabul qilinadigan boshqaruv qarorlarining loyihaviy va texnologik hamda ekspluatatsion-texnik hujjatlarning, avariyalar va tabiiy ofatlarni tahlil qilish bo‘yicha qo‘mitalar xulosalarining miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlari shakllantiriladi.
    Bunday ko‘rsaikichlardan xavfsizlik maqsadlarini shakllantirishda va qabul qihngan choralarning samaradorligini baholash uchun foydalaniladi.
    Katta avariyalar va tabiiy ofatlar - falokatlar ro‘y berishiga olib keladigan jarayonlarning mohiyatini tushunish ularning oldini olish va oqibatlarini yumshatish bo'yicha chora-tadbirlarni belgilash va amalga oshirish, ilmiy asoslangan ma’lumotlar, holatning diagnostikasi va prognozlari, murakkab texnik va tabiiy tizimlarning o‘zgarishi dinamikasi va jamiyatning iqtisodiy hamda ijtimoiy-siyosiy rivojlanish tendentsiyalari mavjud bo‘lgandagina mumkin.
    Ushbu muammolarni hal qilishda olimlar va mutaxassislar tomonidan olib borilayotgan xavfsizlik nazariyasi bo‘yicha fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar muhim rol o‘ynaydi.
    Olimlar va mutaxassislarning diqqat-e'tibori markazida seysmik himoyaning turli shakllarini, murakkab texnik tizimlar holatini tashxislash uchun asbob-uskunalar namunalarini yaratish, texnogen jarayonlarni nazorat qilish, yong‘inlarni operativ(tezkor) monitoringi va faol ravishda o‘chirish usullari, yadroviy, kimyoviy va boshqa qurollarni saqlash va utilizatsiya qilish uchun xavfsizlik tizimlarini, favqulodda vaziyatlarda universal himoya va qutqaruv uskunalari va boshqalarni yaratishga qaratilgan masalalar yotadi.
    Olimlarning xulosalari va tavsiyalari qaror qabul qiluvchi shaxslarga turli xil xavf manbalari va darajalariga adekvat javob berish, favqu­lodda vaziyatlar va ularning rivojlanish senariyalarini bashorat qilish, avariyalar va ofatlar natijasida xavf va zararni kamaytirishni boshqarish uchun samarali tizimlarni yaratish, yangi texnologik va loyiha ishlanmalariga asosli talablar qo‘yish imkoniyatini beradi.


    Download 20,3 Kb.
      1   2   3




    Download 20,3 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2-mavzu. Hayot faoliyati xavfsizligining asosiy tushunchalari, ularning mazmuni. Xavflar, ularning tasnifi. Reja

    Download 20,3 Kb.