|
2-mavzu. Hayot faoliyati xavfsizligining asosiy tushunchalari, ularning mazmuni. Xavflar, ularning tasnifi. Reja
|
bet | 3/3 | Sana | 29.09.2024 | Hajmi | 20,3 Kb. | | #272891 |
Bog'liq 2-MA\'RUZA2.3. Xavflar, ularning tasnifi
Xavf ko‘ngilsiz voqeaga har xil sabablar bilan aylanishi mumkin.
Baxtsiz hodisalarning oldini olish asosida sababini qidirish yotadi.
Bir necha misollar keltiramiz: - Zahar (xavf) - xato (sabab) - zaharlanish (ko‘ngilsiz oqibat). Elektr toki (xavf) - qisqa tutashuv (sabab) - kuyish ko'ngilsiz oqibat). -Icfikilik (xavf) - ko‘p ichish (sabab) -o‘lim (ko’ngilsiz oqibat).
Xavflar quyidagicha sinflanadi:
Kelib chiqish tabiatiga ko‘ra xavflar: tabiiy, texnikaviy, antropogen (inson bilan bog‘liq), ekologik va boshqalarga bo‘linadi.
Maxsus standartlar bo'yicha: fizikaviy, kimyoviy, biologik va psixofiziologik.
Salbiy oqibatlammg vaqt bo‘yicha kelib chiqishiga ko‘ra xavflar impulsli va kumulyativ (inson organizmida yig‘iluvchi) bo‘ladi.
Olib keluvchi oqibatiga ko‘ra: toliqish, kasallanish, jarohatlanish, halokat, yong‘in va o‘lim xavflari.
Keltiruvchi zarariga ko‘ra: ijtimoiy, texnik, ekologik.
Yakkalashi bo‘yicha: litosfera, gidrosfera, atmosfera va kosmos bilan bog‘liq bo‘lgan xavflar.
Kelib chiqish sohasiga ko‘ra: turmushda, sportda, yo‘l transportida, ishlab chiqarishda, yuzaga keladigan xavflarga bolinadi.
Tuzilishiga ko‘ra xavflar oddiy va hosil qilingan (oddiylarning ta‘sirida hosil qilingan) bo’ladi.
Insonga ta‘sir qilish xarakteriga qarab faol (aktiv) va sust (passiv) xavflar bo’ladi.
Energiya hisobiga faollashadigan xavflar sust xavflarga kiradi, bularni insonning o‘zi vujudga keltiradi. Bular: o‘tkir (sanchiluvchi va kesuvchi) qo‘zg‘almas jismlar, insonlar yuradigan yuzalarning notekisligi, qiyaliklar, balandliklar, bir-biriga tegayotgan, tekisliklar orasidagi ishqalanish va boshqalar.
Xavflarning baxtsiz hodisa yuz berishidan oldingi (aprior) va u yuz bergandan keying] (aposterior) belgilari mavjuddir.
Har qanday faoliyatning xavfliligini tasdiqlashga insoniyat tajribasi asos boladi.
Faoliyatning birorta turi yo‘qki, u abadiy xavfsiz amalga oshsa. 0‘z navbatida quyidagi xulosani ifodalashimiz mumkin: har qanday faoliyat potensial xavflidir. Bu tasdiqlanish aksiomatik xarakterga egadir. Berilgan aksioma faqat metodologik va evristik ahamiyatga egadir.
Nazorat savollari.
1. Hayot faoliyati xavfsizligining asosiy tushunchalari haqida so’zlab bering?
2. Sohaga oid asosiy tushunchalarning mazmuni haqida so’zlab bering?
3. Xavflar, ularning tasnifi haqida so’zlab bering?
|
| |