• 4.Davlat yong‘in nazorati
  • 2-mavzu. Hayot faoliyati xavfsizligining huquqiy va tashkiliy asoslari




    Download 27.22 Kb.
    bet6/7
    Sana16.02.2022
    Hajmi27.22 Kb.
    #17677
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    2-маъруза
    OR-4.52.01.02-Kompyuter tarmoqlari, the importance of clauses in modern, Kasb tanlashga yo’llash texnologiyasi. Professiogramma, Psixogra
    3.Davlat sanitariya nazorati korxonalar va tashkilotlarda sanitariya-gigiyena meyorlariga va qoidalariga rioya qilish, shuningdek, zaharlanish va kasb kasalligining oldini olish tadbirlarining bajarilishi ustidan nazorat qiladi. Dav. San. nazorati viloyat, shahar, tuman sanepidstansiyalari tomonidan amalga oshiriladi.
    4.Davlat yong‘in nazorati yong‘inga qarshi tadbirlarni, о‘t о‘chirish vositalarining holatini, yong‘in haqida habar berish vositalarining ishini nazorat qiladi.
    5.Davlat energetika nazorati korxonalardagi energiya tizimlarining texnik ekspluatatsiyasini va xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilishni nazorat qiladi.
    Barcha ishlab chiqarish korxonalarida uch pog‘onali nazorat amalga oshiriladi:

    • I pog‘ona – har kuni usta, jamoatchi-nazoratchi birgalikda sexdagi ish joylarini aylanib chiqib, uchragan kamchiliklarni tuzatish choralarini kо‘radilar.

    • II pog‘ona – har hafta sex boshlig‘i, katta jamoatchi nazoratchi bilan birgalikda sexdagi ish joylarini aylanib chiqib, uchragan kamchiliklarni tuzatish choralarini kо‘radi.

    • III pog‘ona – oyda bir marta korxona bosh muhandisi, mehnat muhofazasi muhandisi bilan birgalikda ish joylarini aylanib chiqadilar. Bu nazorat bо‘yicha korxonada qaror chiqariladi.

    3. HFX qonunchiligiga rioya qilish bо‘yicha texnik xodimlarning javobgarligi.
    О‘zbekiston Respublikasining mehnat kodeksida hamda mehnatni muhofaza qilish tо‘g‘risidagi qonunida mehnat muhofazasi qonunlarini va boshqa meyeriy hujjatlarni buzganlik uchun javobgarlik belgilangan. О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 7 noyabr 1994 yilidagi 538 – sonli qaroriga asosan korxonalarda mehnatni muhofaza qilish davlat boshqaruviga о‘tkazildi va bu masalada bosh mutasaddi qilib Mehnat Vazirligi tayinlandi.
    Mehnatni muhofaza qilish tо‘g‘risidagi qonunlar va boshqa meyoriy hujjatlarni buzganlik uchun javobgarlikka tortish О‘zbekiston Respublikasining Mehnatni muhofaza qilish tо‘g‘risidagi qonunining V bо‘lim 25, 26, 27, 28, 29- moddalarida kо‘rsatilgan tartibda amalga oshiriladi.
    Mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa meyoriy hujjatlar buzilishida aybdor bо‘lgan yoki davlat va jamoatchilik nazorati idoralari vakillarining faoliyatiga monelik qilayotgan mansabdor shaxslar О‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda intizomiy, ma’muriy jazoga yoki jinoiy javobgarlikka tortiladilar.

    Download 27.22 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 27.22 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2-mavzu. Hayot faoliyati xavfsizligining huquqiy va tashkiliy asoslari

    Download 27.22 Kb.