2-mavzu. Hayot faoliyati xavfsizligining huquqiy va tashkiliy asoslari




Download 27.22 Kb.
bet3/7
Sana16.02.2022
Hajmi27.22 Kb.
#17677
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-маъруза
OR-4.52.01.02-Kompyuter tarmoqlari, the importance of clauses in modern, Kasb tanlashga yo’llash texnologiyasi. Professiogramma, Psixogra
Mehnat muhofazasi - huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, texnologik va sanitariya meyorlari tizimi bо‘lib, ishchilarning ishlash sharoiti va hayot xavfsizligini ta’minlaydi.
Mehnat muhofazasi HFX fanining mutaxassislikka tegishli asosiy qismini о‘rganadi. Ish joylaridagi sharoit mehnat muhofazasiga taalluqli xalqaro standartlar talablariga javob berganda, mehnat xavfsiz va samarali bо‘ladi.
Mehnat muhofazasining rivojlanishida ulug‘ bobokolonlarimiz – Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Zahriddin Muhammad Bobur va zamondoshlarimizdan M.N.Nabiyev, T.I.Iskandarov va boshqalarning hissalari kattadir.
Mehnat muhofazasi bо‘yicha belgilangan barcha tadbirlar О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi (8 dekabr 1992 yil), О‘zbekiston Respublikasining mehnat kodeksi (21 dekabr,1995 y), «Mehnatni muhofaza qilish tо‘g‘risidagi qonun» (6 may, 1993y., 2016 yil 22 sentabrda ushbu Qonunga о‘zgartirish va qо‘shimchalar kiritilgan), Davlat standartlari, nizomlar va meyorlar, xavfsizlik texnikasi bо‘yicha qoidalar asosida olib boriladi.
О‘zbekiston xalqi: inson huquqlariga va davlat suvereniteti g‘oyalariga sodiqligini tantanali ravishda e’lon qilib, hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi yuksak mas’uliyatini anglagan holda, о‘zbek davlatchiligi rivojining tarixiy tajribasiga tayanib, demokratiya va ijtimoiy adolatga sadoqatini namoyon qilib, xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan qoidalari ustunligini tan olgan holda, respublika fuqarolarining munosib hayot kechirishlarini ta’minlashga intilib, insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etishni kо‘zlab, fuqarolar tinchligi va milliy totuvligini ta’minlash maqsadida, о‘zining muxtor vakillari siymosida О‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasini qabul qiladi.
О‘zbekiston Respublikasining mazkur Konstitusiyasi 6 ta bo’lim , 26 ta bob, 128 ta moddadan iborat.

Mehnat muhofazasi bо‘yicha korxonalardagi, muassasalardagi asosiy qonunchilik aktlari О‘zb. R.ning mehnat kodeksi va MMQ tо‘g‘risidagi qonunlari hisoblanadi.


1995 yil 21 dekabrida «О‘zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksi» qabul qilindi. О‘zbekiston Respublikasining mazkur Mehnat Kodeksi 6 ta bob, 294 ta moddadan iborat.
Unda quyidagi dolzarb mavzular qonunning turli moddalarida о‘z aksini topgan:
- mehnatga oid munosabatlarni tartibga soluvchi meyoriy hujjatlar;
- mehnat tо‘g‘risidagi qonun hujjatlari;
- mehnat huquqlari;
- mehnatga oid munosabatlarning subyektlari;
- xodimlar va ish beruvchilarning vakillari;
- jamoa shartnomalari va kelishuvlari;
- mehnat shartnomasi;
- ish vaqti;
- dam olish vaqti;
- mehnatga haq tо‘lash;
- kafolatli tо‘lovlar va kompensatsiya tо‘lovlari;
- mehnat intizomi;
- mehnat shartnomasi taraflarining moddiy javobgarligi;
- mehnatni muhofaza qilish.
О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan birgalikda mehnatni, atrof-muhitni muhofaza qilishning ilmiy asoslangan standartlari, qoida va meyorlarini ishlab chiqib, ishlab chiqarishda mehnat xavfsizligini ta’minlash uchun zarur bо‘lgan talablar darajasini belgilaydi, shuningdek mehnat sharoitlarini yaxshilash, ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlar, kasb kasalliklarining oldini olishga oid davlatning aniq maqsadga qaratilgan dasturlarini ishlab chiqadi va moliyaviy ta’minlaydi hamda ularning bajarilishini nazorat qiladi.
О‘zb. R.ning 1993-yil 6-maydan kuchga kiritilgan MMQ tо‘g‘risidagi Qonuni ishchilar va ish beruvchilar о‘rtasidagi MMQga oid munosabatlarni tartibga solishning huquqiy asoslarini belgilaydi.
О‘zbekiston Respublikasining «Mehnatni muhofaza qilish tо‘g‘risida»gi qonuni 5 ta bо‘lim va 29 ta moddadan iborat. U 1993 yil 6 mayda qabul qilingan. 2016 yil 26 oktabrda O`zbekiston Respublikasining «Mehnatni muhofaza qilish tо‘g‘risida»gi qonuni yangi tahrirda ishlab chiqildi, u 36 ta moddadan iborat. Undagi moddalarda asosan O`zbekiston Respublikasida barcha sohalarda ishlayotgan xodimlarga yaxshi mehnat sharoitini yaratish maqsadida mehnatni muhofaza qilish to`g’risida barcha me`yoriy hujjatlar bayon qilingan.
Ushbu Qonunning maqsadi mehnatni muhofaza qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.Mehnatni muhofaza qilish tо‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Bu qonunlar ish bajaruvchilarga ham, ular bilan mehnat munosabatlarida bо‘ladigan ishlovchilarga ham, ishlab chiqarish amaliyotlarini о‘tayotgan о‘quvchi va talabalarga ham bir xilda ta’sir kuchiga egadir.
Ish beruvchi ishlovchilarni mehnat muhofazasi talablari bilan tanishtirishi va har bir ish joyida mehnat muhofazasi talablariga mos keladigan sharoitni yaratishi, ish joylarini, mehnat sharoiti bо‘yicha attestatsiyadan о‘tkazishga burchlidir.
Ish beruvchi ishlovchi bilan mehnat shartnomasini tuzishda ishchini о‘z hisobidan tibbiy kо‘rikdan о‘tkazishi lozimligi qonunda belgilangan.

Download 27.22 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 27.22 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2-mavzu. Hayot faoliyati xavfsizligining huquqiy va tashkiliy asoslari

Download 27.22 Kb.