• Davlat organlarining soliq nazoratini olib borishdagi vazifa va funksiyalari
  • Soliq nazoratining huquqiy asoslari
  • 6-mavzu: Soliq nazorati Reja




    Download 126.12 Kb.
    bet1/10
    Sana10.04.2023
    Hajmi126.12 Kb.
    #50174
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Soliq nazorati
    Yetakchi boshqaruvchi shaxslar va jamoalar, SINONIMLAR 37593, ИХ фанидан Мамлака иқтисодий хавфсизлиги, Muammoli ta\'lim, PEDAGOGIK FАОLI, 1-mavzu slayd, БУЛУТЛИ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИ MAVZULArI, 7 mavzu, Kurs ishi yuzi (RUS), 2 laboratoriya, Mustaqil ish, Заявка на бронирование помещения, Fizika attestatsiya 2022 , 3-амалий. Toʻgʻri chiziq va tekislikdagi nuqtaning koordinatalari., 4-амалий. Мatritsalar va determinantlar

    6-mavzu: Soliq nazorati Reja:


    1. Soliq nazoratining huquqiy asoslari.
    2. Soliq nazoratini amalga oshirish shakllari. 3.Soliq tekshiruvlarining mohiyati va turlari.


    1. Soliq tekshiruvlarini o’tkazish tartibi
    2. Davlat organlarining soliq nazoratini olib borishdagi vazifa va funksiyalari


    Kalit so’zlar: soliq nazoratining huquqiy asoslari, soliq nazoratining shakllari, soliq to‘lovchilarni, soliq obyektlarini hisobga olish, kameral nazorat, naqd pul tushumi kelib tushishining xronometraji, soliq tekshiruvlari fiskal xotirali nazoratkassa mashinalari, qisqa muddatli soliq tekshiruvi, xo’jalik yurituvchi subyektlarlar moliya xo‘jalik subyektlar faoliyatini tekshiruvi, rejali tekshiruv, rejadan tashqari tekshiruv, tekshiruv o‘tkazish tartibi, tekshiruv natijalarini rasmiylashtirish


    1. Soliq nazoratining huquqiy asoslari


    Soliq nazoratini amalga oshirishning huquqiy asosi hisoblangan O‘zbekiston Repsublikasi Soliq Kodeksi dastlab 1997 yilda qabul qilingan bo‘lib, 10 yil davomida unga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar natijasida davr talabi bilan 2007 yilda yangi tahrirda qabul qilindi. Oxirgi ikki yil mobaynida soliq tizimida amalga oshirilayotgan chora tadbirlar natijasida joriy yilda yana yangi tahrirda qabul qilinishi kutilmoqda.
    Soliq nazoratining yana bir huquqiy asosi sifatida O‘zbekiston Respublikasining 1997 yil 29 avgustdagi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida” 474-i-son qonunini e’tirof etish mumkin. Ushbu qonunda keltirilishicha soliq nazorati soliq to‘lovchilarni, soliq solish ob’ektlarini va soliq solish bilan bog‘liq ob’ektlarni hisobga olishning, shuningdek soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilishning yagona tizimidan iboratdir33.
    Mamlakatimiz Prezidentining «Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2017 yil 1 avgustdagi PQ-3168son qarorini bajarish yuzasidan va davlat soliq xizmati organlari faoliyatini huquqiy tartibga solishni yanada takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini huquqiy tartibga solishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida34 Qarori qabul qilindi. Ushbu qaror bilan soliq nazoratining 2 ta huqqiy asosi yangilandi, jumladan “O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizom” va “O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlarida xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi nizom”lar yangidan tasdiqlandi.
    Soliq ma’muriyatchiligini amalga oshirishda bir qator muammolarni bartaraf etish maqsadida 2017 yil 18 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Soliq ma’muriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning yig‘iluvchanligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi va unda davlat soliq xizmati organlari tizimini isloh qilishning quyidagi muhim yo‘nalishlari belgilandi:

    • soliq ma’muriyatchiligi jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ilg‘or avtomatlashtirilgan tahlil uslublarini keng joriy etish, soliq to‘lovchilarga, eng avvalo, tadbirkorlik sub’ektlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotsiz elektron xizmat ko‘rsatishga to‘liq o‘tish;

    33 O‘zbekiston Respublikasining 1997 yil 29 avgustdagi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida” 474-ison qonuni, O‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 9 yanvardagi O‘RQ-459sonli Qonuni tahririda
    34 2017 yil 28 avgustdagi 677-son Qaror

    • soliq solish ob’ektlari va soliq solinadigan bazaning o‘z vaqtida hamda ishonchli hisobga olinishini ta’minlash, vakolatli organlar va tashkilotlar mansabdor shaxslarining soliq solish masalalari bilan bog‘liq bo‘lgan ishonchli axborotini o‘z muddatida taqdim etish bo‘yicha mas’uliyatini oshirish;

    • soliq majburiyatlarini bajarishda soliq to‘lovchilarga har tomonlama ko‘maklashish, soliqqa oid huquqbuzarliklar profilaktikasining ta’sirchan

    mexanizmlarini ishlab chiqish va soliq to‘lovchilarning huquqiy madaniyatini oshirish, soliq nazoratini amalga oshirishning zamonaviy uslublarini joriy etish;

    • makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar dinamikasi va hududlarning soliq salohiyatini tizimli tahlil qilish orqali soliq solish ob’ektlarini to‘liq qamrab olish va soliq solinadigan bazani kengaytirishni ta’minlash bo‘yicha samarali tadbirlarni amalga oshirish;

    • faoliyat ko‘rsatmayotgan korxonalarning faoliyatini tiklashga har tomonlama ko‘maklashish, past rentabelli va zarar ko‘rib ishlayotgan korxonalarning moliyaviy ahvolini sog‘lomlashtirish, o‘zaro hisob-kitoblar mexanizmlarini mustahkamlash, soliq qarzi oshishiga yo‘l qo‘ymaslik orqali soliq solinadigan bazani kengaytirish;

    • soliq solish masalalari, shu jumladan respublika va mahalliy budjetlar daromadlarini oshirishning qo‘shimcha zaxiralarini aniqlash orqali moliya organlari, manfaatdor vazirlik va idoralar, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlikni yanada kengaytirish;

    • kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, soliq organlarini yuqori ma’naviyaxloqiy sifatlarga ega malakali xodimlar bilan to‘ldirish bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish, shuningdek xodimlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini ta’minlash va ular uchun xizmatni o‘tashning munosib shart- sharoitlarini yaratish.

    O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi tuzilmasida tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga tushumlarning to‘liqligini nazorat qilish inspeksiyasining faoliyati budjet daromadlarini ko‘paytirish zaxiralarini aniqlash va ularning safarbar etilishini ta’minlash, soliq va bojxona to‘lovlarining yig‘iluvchanlik darajasini tizimli tahlil qilish, Davlat budjeti daromadlarining prognoz ko‘rsatkichlarining xolisligi va asosliligini baholash, soliq solish ob’ektlari va soliq solinadigan bazani to‘liq qamrab olish ustidan nazoratni amalga oshirishga yo‘naltiriladi.



    1. Download 126.12 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 126.12 Kb.