• 1. Ishlab chiqarish omillari va ularning tarkibi Ishlab chiqarish jarayonida haqiqatda qo’llaniluvchi barcha resurslar ishlab chiqarish omillari deyiladi.
  • Ishchi kuchi deb
  • Mehnat qurollari deb
  • 2-mavzu. Ishlab chiqarish jarayoni va uning natijalari reja




    Download 0.51 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/7
    Sana15.04.2024
    Hajmi0.51 Mb.
    #195987
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    2-blok test — 2 var


    2-MAVZU. ISHLAB CHIQARISH JARAYONI VA UNING NATIJALARI
     
    Reja: 
    1. Ishlab chiqarish omillari va ularning tarkibi. 
    2. Ishlab chiqarish jarayonining mazmuni. 
    3. Ishlab chiqarishning umumiy va pirovard natijalari. 
    4. Ishlab chiqarish imkoniyatlari va uning chegarasi. 
    5. Ishlab chiqarishning samaradorligi va uning ko’rsatkichlari. 
    1. Ishlab chiqarish omillari va ularning tarkibi 
     
    Ishlab chiqarish jarayonida haqiqatda qo’llaniluvchi barcha resurslar ishlab 
    chiqarish omillari deyiladi. Iqtisodiyotning tizimi va shaklidan qat’iy nazar uchta omil: 
    ishchi kuchi, mehnat qurollari va mehnat predmetlari bo’lishi shart. 
    Ishchi kuchi deb insonning mehnat qilishga bo’lgan aqliy va jismoniy 
    qobiliyatlarining yig’indisiga aytiladi. Ishchi kuchi mehnat qobiliyatiga ega bo’lgan 
    kishilar uchun xosdir. Lekin ishchi kuchi insonning o’zi emas yoki uning mehnati 
    ham emas, uning qobiliyatidan iboratdir. 
    Mehnat qurollari deb, inson uning yordamida tabiatga, mehnat predmetlariga 
    ta’sir qiladigan vositalarga aytiladi (mashinalar, stanoklar, traktorlar, qurilmalar, 
    uskunalar va boshqalar). Mehnat predmetlari esa bevosita mehnat ta’sir qiladigan, 
    ya’ni mahsulot tayyorlanadigan narsalardir (yer, suv, xom ashyo va boshqa turli 
    materiallar).
    Kapital deganda o’z egalariga daromad keltiradigan ishlab chiqarish va xizmat 
    ko’rsatishning hamma sohalarida ishlatiladigan ishlab chiqarish vositalarini
    sotishga tayyor turgan tovarlarni, yangi vositalar va ishchi kuchini sotib olishga 
    mo’ljallangan pul mablag’larini, ularning ashyoviy tomoni va qiymatining birligini 
    tushunamiz. Boshqacha qilib aytganda «kapital» ham qiymatga, ham naflilikka ega 
    bo’lgan, ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish jarayonida foydalaniladigan 
    vositalardir. 
    Hamma adabiyotlarda yerga deyarli bir xil tushuncha beriladi, ya’ni yer deganda 
    tuproq unumdorligi, o’tloqlar, yaylovlar, suv, havo, o’rmon, qazilma boyliklar, umuman 
    tabiiy resurslar tushuniladi. 
    Bozor iqtisodiyoti sharoitida katta e’tibor beriladigan omillardan biri 
    tadbirkorlik qobiliyatidir. Tadbirkor deb iqtisodiy resurslar, ya’ni ishlab chiqarish 
    vositalari va ishchi kuchi resurslarining, tabiiy resurslarning bir-biriga qo’shilishini 
    ta’minlaydigan, tashkilotchi, yangilikka intiluvchi, tashabbuskor, iqtisodiy va boshqa 
    xavfdan, javobgarlikdan qo’rqmaydigan kishilarga aytiladi; bu xislatlar majmui esa 
    tadbirkorlik qobiliyati deb yuritiladi. Hozirgi davrda ayrim adabiyotlarda axborot va 
    uning vositalarini, ekologiyani ham alohida omil deb ko’rsatadilar. Bizning 
    fikrimizcha, ular yer va kapitalda o’z ifodasini topadi.



    Download 0.51 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 0.51 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2-mavzu. Ishlab chiqarish jarayoni va uning natijalari reja

    Download 0.51 Mb.
    Pdf ko'rish