• Kombinatsion sxemalarni sintez qilish uslubi.
  • 2-mavzu. Kombinatsion turdagi raqamli sxemalar. Reja




    Download 201.12 Kb.
    bet1/3
    Sana23.02.2024
    Hajmi201.12 Kb.
    #161528
      1   2   3
    Bog'liq
    2-mavzu. Kombinatsion turdagi raqamli sxemalar. Reja
    Электроника и схемы 1, Fan Pedagogika. Psixologiya Bajardi Suyunov Ferdavs Tekshirdi, Aziza, 5-amaliy ish., Kompyuter tizimining umumiy tarkibini tashkillashtirish, ko\'p ya, Amaliy ish rajabov g’iyos mavzu Kompyuter tizimining umumiy tar-fayllar.org, aergh, yukla, yukla 2, 94864, Konveyrli ishlov berish ish tartibini o\'rganish”-fayllar.org, ghkjfcgFDGHERAGAERTGEARkg, Документ Microsoft Word, Xesh, dedlayn 444

    2-MAVZU. KOMBINATSION TURDAGI RAQAMLI SXEMALAR.
    REJA

    1. Kombinsion mantiq.

    2. Kombinatsion qurilmalarni sintezlash usullari

    3. Mantiqiy funksiyalar karno kartalari

    4. Karno kartalardan foydalanib mantiqiy ifodalarni optimallashtirish

    5. Multipleksor va uning haqiqiylik jadvallari.

    6. Demultipleksor va uning haqiqiylik jadvallari.

    7. Mantiqiy elementlardan multipleksor va demultipleksorlarni loyihalashtirish. Sxemada belgilanishi.

    8. SHifratorlar va ularning ishlash prinsiplari

    9. Deshifratorlar va ularning ishlash prinsiplari

    Ikkilik triggerlar asosidagi mantiqiy elementlarni asosiy turlarini o‘rganish.
    RS triggerlarni NI Multisim dasturiy muhiti yordamida loyihalash
    Asosiy sinxron D-trigger sxemalari bilan tanishish, turli xil rejimlarda
    triggerning mantiqiy ishlashini tadqiq etish К555ТМ2 mikrosxemasi yordamida
    ish bajariladi.
    Sinxron va assinxron trigger sxemalari bilan tanishish, turli
    xil rejimlarda triggerning mantiqiy ishlashini tadqiq etish, NI Multisim dasturiy
    muhiti yordamida triggerlarni loyihalashtirish.
    Kombinatsion sxemalarni sintez qilish uslubi.

    Kombinasion turdagi mikrosxemalarning keyingi guruhini multipleksorlar tashkil etadi. Ular bir necha manbadan berilayotgan ma'lumotlarni bitta chiqish kanaliga uzatishni boshqarish uchun mo‘ljallangan. Multipleksorda, masalan, to‘rtta ma’lumot kirishi va bitta chiqish bo‘lishi mumkin. Demak, multipleksorga 4 ta datchik — ma'lumot manbayi ulanishi mumkin. Sxemada bitta chiqish bolganligi sababli, multipleksorga ulangan qabulqilgichda ma’lumotlar faqat ketma-ket qayta ishlanadi. Ma’lumotlarni qayta ishlash ketma-ketligi, multipleksorning boshqaruv kirishlariga berilayotgan signallar bilan belgilanadi.


    Multipleksorlar avtomatika, telemexanika va aloqa qurilmalarida kcng qo'llaniladi. Masalan, fazoda tarqalgan bir nechta manbadan kelayotgan ma ’lumotlarni bitta tclefon kanalidan uzatishda. Bunday amal multipleksiyalash deb ataladi, ya’ni bitta liniyadan bir necha manbadan berilayotgan ma’lumotlar uzatiladi. Ulanadigan manba (kirish) raqami multipleksorning boshqaruv kirishlariga berilayotgan ikkilik kod bilan belgilanadi. Bu holda multipleksor tuzilmasi ikkita kirishli konyunktorlar, ya’ni HAM amalini bajaruvchi MElar majmuyini tashkil etadi. Har bir konyunktorning bitta kirishli ma’lumot signali manbayiga, ikkinchisi esa boshqaruv signallari manbayiga ulanadi. Konyunktorlarning chiqishlari YOKI sxemasi bilan birlashadi.
    Bizga ma’lumki, HAM elementining ikkala kirishiga mantiqiy 1 signali berilsa, chiqishda ham mantiqiy 1 bo‘ladi. Agar kirishlardan biriga mantiqiy 0 berilsa, chiqishda ham mantiqiy 0 hosil bo'ladi. Demak, tanlangan A liniyadagi signal yuqori darajaga (mantiqiy 1 ga) ega bo'lsa, chiqishga aynan shu liniyadagi ma’lumot uzatiladi. Agar tanlangan kanal kichik darajaga (mantiqiy 0 ga) ega bo‘lsa, u holda kirishdagi ma’lumot liniyadan HAM elementi chiqishiga uzatilmaydi, chunki bu element chiqishidagi signal ham kichik darajaga ega bo'ladi.
    Shunday qilib, multipleksor bir nechta kirishdan kelayotgan ma’lumotlarning faqat bittasini chiqishga ulab berishni ta ’minlashi kerak ekan. Buning uchun multipleksorda ikki guruhga mansub kirishlar mo'ljallangan: ma’lumotlar uchun va adres uchun (boshqaruvchi). U yoki bu At kirish liniyasini tanlashga berilayotgan S0, S1, ... adres kodi bilan belgilanadi. Boshqaruv kirishlari n ta bo'lsa, S; boshqaruv signallarining M = 2n ta kombinatsiyasini amalga oshirish mumkin. Agar multipleksor 2 ta boshqaruv kirishiga ega bo'lsa, 4 ta liniyadan birini, agar boshqaruv kirishlari 4 ta bo'lsa, 16 ta kirish liniyasidan biriga ulanishni ta ’minlaydi. Birinchi turdagi multipleksor «4 dan 1 ga», ikkinchisi esa «16 dan 1 ga» deb ataladi. «4 dan 1 ga» multipleksorining haqiqiylik jadvali (5.4-jadval)dan foydalangan holda , bunday amalni bajaruvchi multipleksorning MAFini ifodalaymiz:

    bu yerda qavslar ichiga S(J, S, adres o'zgaruvchilarining bir konstituentalari
    joy1ashtirilgan.

    Download 201.12 Kb.
      1   2   3




    Download 201.12 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2-mavzu. Kombinatsion turdagi raqamli sxemalar. Reja

    Download 201.12 Kb.