2-mavzu. Kompyuter kommunikatsiyalari va ularning turlari




Download 20,86 Kb.
Sana28.05.2024
Hajmi20,86 Kb.
#255637
Bog'liq
2-mavzu. Kompyuter kommunikatsiyalari va ularning turlari


2-mavzu. Kompyuter kommunikatsiyalari va ularning turlari. 

Reja
1. Kommunikasion kanal va aloqa prosessori 


2. Axborot uzatish muhiti
3. Axborotni uzatish tizimlari. 
4. Aloqa kanallari. 
5. Modemlar. 
Kommunikatsiya - bu axborot almashishdir. Ana shu axborot negizida rahbar ma'lumotlar olib, samarali qarorlar qabul qiladi va ishchi xodimlarga yetkazadi. Rahbarlik faoliyati samarali
axborot almashinuvni talab qiladi. Agar insonlar o'zaro axborot almashinmasa, ular birgalikda ishlay olmaydi va oldilariga qo'ygan maqsadning shakllanishi, unga erishishi qiyin bo'ladi. 
Boshqaruv faoliyatida axborot almashuv muhim ahamiyatliligi uchun rahbar o'zining vaq-tining 50% - 90% ni kommunikatsiyaga sarflaydi. Axborot almashishning sifati boshqaruv 
qarorlariga ta'sir ko'rsatadi. Kommunikatsiyaning majlislar, xizmat yozuv-chizuvlari, telefon orqali muloqotlar,xisobotlar, videotasmalar va yuzma-yuz suxbatlar orqali ko'pgina muammolarni xal qilishda 
yordam beradi. Korxona tashqi muhit bilan aloqa bog'lashda, turli-tuman vositalardan foydalanadi. Mavjud haridorlar bilan ular reklama orqali bog'lanibgina qolmay, maxsulotni bozorga olib kiradigan boshqa dasturlardan ham foydalanadi. Axborotlar korxona ichida bosqichma-bosqich, ya'ni vestikal kommunikatsiyalar orqali o'tadi. Axborotlar yuqori boshqaruv organlaridan, pastki organlarga o'tadi. Shuningdek pastki organlardan yuqori boshqaruv bo'limlariga axborotlar oqimi keladi. Aynan ikkinchi jarayon korxonalarda ijobiy o'zgarishlarga olib keladi. 
Korxonada vertikal kommunikatsiyalardan tashqari, gorizontal kommunikatsiyalar ham 
mavjud. Ma'lumki korxonalarda turli-xil funksional bo'limlar, sexlar va boshqa bo'limlarning 
mavjudligi ular orasidagi axborot oqimining kerakligini anglatadi. Masalan, fundamental 
texnologiya asosida, korxona turli-xil maxsulotlar ishlab-chikarishi mumkin, shuning uchun ham 
marketing bulimining axborot axamiyatligini saklab koladi va uning talablarini o'z vaqtida 
qondirilishini ta'minlaydi. 
Elektron kommunikasiya hozirgi zamonda borgan sari katta ahamiyat kasb etmoqda. 
Butun, axborot oqimlarining har yili ko'p marta ortib borish sharoitlarida tadbirkorlik firmalari, 
bank strukturasi, davlat korxonalari, boshqa tashkilotlar va ularning xodimlarining o'zaro aniq 
ishlashini zamonaviy telekommunikasiya va aloqa vositalarisiz, axborot va kompyuter 
tarmoqlarisiz amalda tasavvur qilib bo'lmaydi. Bunday vositalarsiz devonxona xodimlari va 
choparlarining har qanday katta arniyasi ham kerakli axborotni kerakli vaqtda kerakli joyga 
tezkor etkazib berishni ta'minlay olmaydi. Ko'pincha, muhim axborotni olishdagi xattoki bir 
lahzalik ushlanib qolish ham jiddiy moliyaviy yo'qotishlar va obro'sizlanishga olib kelishi 
mumkin. Ma'muriy boshqaruv tizimlarida axborot, ma'lumotli hujjatlarni chopar bilan (yoki
pochta orqali) etkazish (tashish) yo'li orqali ham, aloqa kanallari bo'yicha axborotni uzatish-ning avtomatlashtirilgan tizimidan foydalanib ham uzatiladi. 
Hujjatlarni qo'lda ko'tarib borish va mexanik tashish muassasalarda ma'lumotlarni 
uzatishning keng tarqalgan usulidir. Bu usulda kapital harajatlar minimal bo'lgani holda, 
hujjatlarda oldindan qayd qilingan va uni bevosita qayd qilish punktlarida nazorat qilingan 
ma'lumotlarning uzatilishini to'liq ta'minlaydi. Uzatish tezkorligi (tezligi) juda past va uncha ham 
talabchan bo'lmagan foydalanuvchinigina qanoatlantirishi mumkin. Axborotni tezkor uzatish 
uchun ma'lumotlarni uzatishning avtomatlashtirilgan sistemalari — ma'muriy-boshqaruv aloqa 
tizimlaridan foydalaniladi. 
3. Axborotni uzatish tizimlari 
Axborotni uzatish uchun xizmat qiladigan vositalar to'plamini axborotlarni uzatish tizimi 
(UT) deb atayniz. Axborotni manbai va iste'molchisi uzatish tizimining abonentlaridir. 
Abonentlar sifatida EHM, axborotni saqlash tizimlari, turli xil datchiklar va bajaruvchi qurilmalar hamda odamlar misol qilib keltirilishi mumkin. 
UT strukturasi tarkibida quyidagilarni ajratish mumkin: 
uzatish kanali (aloqa kanali); 
axborotni uzatkich; 
axborotni qabul qilgich. 
Uzatkich abonentdan kelayotgan axborotni aloqa kanali bo'yicha uzatiladigan signalga 
aylantirish uchun qabul qilgich abonentga kelayotgan signalni qaytadan xabarga aylantirish 
uchun xizmat qiladi. 
4. Aloqa kanallari. Aloqa kanallari (AK) istalgan axborot uzatish tizimining, umumiy bo'g'imidir. 
Fizik tabiati bo'yicha aloqa kanallari quyidagilarga bo'linadi: 
mexanik — axborotning moddiy tashuvchilarini uzatish uchun ishlatiladi; 
akustik — tovushli signal uzatiladi; 
optik — yorug'lik signali uzatiladi; 
svet — екйт signal uzatiladi. 
Elektr va optik aloqa kanallari quyidagicha bo'lishi mumkin: simli - signallarni uzatish uchun
fizik o'tkazgichlar elektr simlar, kabellar, svetovodlar va b.) ishlatiladi; 
Simsiz (radiokanallar, infraqizil kanallar va b.), signallarni uzatish uchun еГ^ bo'yicha 
tarqaladigan еlektromagnit to'lkinlardan foydalaniladi. 
Uzatilayotgan axborotni tasvirlash shakli bo'yicha aloqa kanallari quyidagicha bo'ladi: 

analogli (uzluksiz ) — axborot analog kanallar bo'ylab uzluksiz shaklda tasvirlangan, ya'ni 


biror fizik kattalikning uzluksiz qiymatlari qatori ko'rinishida uzatiladi; 
raqamli — axborot raqamli kanallar bo'yicha u yoki bu fizik tabiatdagi raqamli (diskret, 
impulsli) signallar ko'rinishida uzatiladi; 
Axborot uzatilishining mumkin bo'lgan yo'nalishlariga bog'liq ravishda quyidagi aloqa 
kanallari bo'ladi: 
simpleksli — axborotni faqat bir yo'nalishda uzatishga imkon beradi; 

yarim dupleks — axborotning to'g'ri va teskari yo'nalishlarda galma-gal uzatilishini 


ta'minlaydi; 
dupleksli — axborotni bir vaqtning o'zida ham to'g'ri, ham teskari yo'nalishlarda uzatishga 
imkon beradi. 
Aloqa kanallari, nixoyat, bunday bo'lishi mumkin: 
kommutaciyalanadigan; 2)kommutaciyalanmaydigan. 

Kommutasiyalanadigan kanallar axborotni faqat uzatish vaqtiga alohida uchastkalar 


(segmentlardan) tuziladi; uzatish tugagandan keyin bunday kanal tugatiladi ( ajratiladi ). 
Kommutasiyalanmaydigan (ajratilgan) kanallar uzoq, vaqtga tuziladi va uzunligi, 
xalaqitlardan himoyalanganligi, ma'lumotni o'tkazish qobiliyati bo'yicha doimiy tavsiflarga ega 
bo'ladi. Ma'muriy-boshqaruv aloqa tizimlarida ko'pincha elektr simli aloqa kanalidan foydalaniladi. 
O'tkazish qobiliyati bo'yicha quyidagi aloqa kanallari bo'lishi mumkin: • past tezlikli
ularda axborotni uzatish tezligi 50 dan 200 bit/s gacha; bu ham kommutaciyalanadigan 
(abonentli telegraflar), ham kommutaciyalanmaydigan telegraf aloqa kanallari; 

o'rtacha tezlikli, ularda analogli (telefon) aloqa kanallaridan foydalaniladi; ularda uzatish 


tezligi 300 dan 9600 bit/s gacha, telegraf va telefoniya bo'yicha Xaqaro maslaxat qo'mitasining 
yangi V.32-V.34 standartlarida esa 14400 dan 56000 bit/s gacha; 

yuqori tezlikli (keng qutbli), ular axborot uzatish tezligi 56000 bit/s dan yuqori bo'lishini 


ta'minlaydi. 
5. Axborot uzatish muhiti 
Axborot uzatish muhiti deb, kompyuterlar o'rtasida axborot almashinuvini ta'minlovchi 
axborot yo'llariga (yoki aloqa kanallariga) aytiladi. Ko'pchilik kompyuter tarmoqlarida (ayniqsa, 
mahalliy tarmoqlarda) simli yoki kabelli aloqa kanallari ishlatiladi, vaholanki, simsiz tarmoqlar 
ham mavjuddir. 
Mahalliy tarmoqlarda ko'pincha axborotlar ketma-ket kodda uzatiladi, ya'ni bir bit axborot 
uzatilgandan so'nggina keyingi bit uzatiladi. Tushunarliki, bunday axborot uzatish parallel kodda 
axborot uzatishga qaraganda, murakkab va sekin ishlovchi usuldir. Shuni hisobga olish kerakki, 
tezkor parallel usulda axborot uzatish ulangan kabellar (simlar) sonini uzatilayotgan axborotning 
razryadlar soniga nisbatan baravar oshadi (masalan, 8-razryadli kodda 8 marotaba axborot yo'li 
oshadi). Yuzaki qaraganda kabel kam sarf bo'ladigandek ko'rinadi, aslida juda ko'p sarf bo'ladi. 
Tarmoqdagi abonentlar o'rtasidagi masofa katta bo'lsa, ishlatiladigan kabelning narxi kompyuter 
narxi bilan barobar yoki undan ham ko'p bo'lishi mumkin. 8, 16 yoki 32 ta kabellarni o'tkazishga 
qaraganda, bir dona kabelni o'tkazish ancha oson. Ta'mirlash, uzilishlarni topish va tiklash ishlari 
ham arzonga tushadi. Lekin bu hammasi emas. 
Kabelning turidan qat'i nazar, axborotni uzoq masofaga uzatish murakkab uzatish va qabul 
qilish qurilmalarini ishlatishni talab qiladi. Buning uchun axborotni uzatish qismida kuchli signal 
hosil qilish va axborotni qabul qilish qismida esa, kuchsiz signalni tiklash (detektorlash) kerak. 
Ketma-ket uzatishda buning uchun faqat bitta uzatuvchi va bitta qabul qiluvchi qurilma talab 
qilinadi. Parallel axborotni uzatishda uzatuvchi va qabul qiluvchi qurilmalar soni esa, 
ishlatiladigan parallel axborotning razryadlar soniga teng bo'ladi. Shuning uchun uzunligi uncha 
ko'p bo'lmagan (10 metrli) tarmoqni loyihalashda, ko'pincha, axborotni ketma-ket uzatish usuli tanlanadi. Axborotni parallel uzatishdagi muhim sharti, bu —har bir bitni uzatishga mo'ljallangan kabellar uzunligi bir-biriga deyarli teng bo'lishligidir. 
Aks holda, turli uzunlikdagi kabellardan o'tayotgan signallar o'rtasida qabul qilish qurilmasining kirishida vaqt bo'yicha siljish hosil bo'ladi. Buning natijasida tarmoq qisman buzilishi yoki butunlay ishdan chiqishi mumkin. 
Masalan, 100 Mbit/s axborot uzatish tezligida va bitni uzatish davri 10 ns bo'lganda vaqt 
bo'yicha siljish 5—10 ns.dan oshmasligi lozim. Bunday siljish kattaligi kabellarning uzunlikdagi 
farqi 1—2 metr bo'lganda hosil bo'ladi. Kabel uzunligi 1000 metr bo'lganda esa, bu kattalik 
0,1—0,2 % ni tashkil qiladi. Haqiqatan, ba'zi yuqori tezlikda ishlovchi mahalliy tarmoqlarda 2—
4 talik kabel yordamida axborot parallel uzatiladi. Berilgan tezlikni saqlab qolgan holda
ancha arzon kabel ishlatish mumkin, lekin kabelning ruxsat etilgan uzunligi bir necha 100 metrdan oshmaydi. Misol tariqasida Fast Ethernet tarmoq segmentini 100 BASE—T4 keltirish mumkin. Kabelsozlik sanoati korxonalari kabel turlarini ko'p miqdorda ishlab chiqaradi. Hamma ishlab chiqariladigan kabellarni uch turga bo'lish mumkin: 
o'ralgan juft simli kabel (витая пара — twisted pair), ular himoyalangan, ya'ni 
ekranlashtiriladi (экранированные — shielded twisted pair, stop) va himoyalanmagan, ya'ni 
ekranlashtirilmagan (неэкранированные, unshielded twisted pair, UTP); 
koaksial kabellar (coaxial cable); 
shisha tolali kabellar (оптоволоконные кабели — fiber optic). 
Kabelning har bir turi o'z afzalliklari va kamchiliklariga ega, shuning uchun kabel turini 
tanlanganda hal qilinayotgan masalaning xususiyatini, shuningdek, alohida olingan tarmoq 
xususiyatini va avvaldan mavjud bo'lgan barcha korxona standartlarining o'rniga, 1995-yilda 
qabul qilingan EIA/TIA 586 (Commercial Building Telecommunication Cabling Standard) 
standarti mavjud bo'lib, hozirgi vaqtda shu standartdan foydalaniladi. 

Nazorat savollar 


1. Kommunikasiya so'ziga ta'rif bering. 
2. Axborot uzatish tizimi qanday ma'noni anglatadi? 
3. UT strukturasi tarkibini nimalarga ajratish mumkin? 
4. Fizik tabiati bo'yicha aloqa kanallari qaysilarga bo'linadi? 
5. Elektr va optik aloqa kanallarini qaysilarga bo'lishi mumkin? 
6. Axborot uzatish muhiti tushunchasining ta'rifi. 
7. Kabel turlarini sanab bering. 
Download 20,86 Kb.




Download 20,86 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2-mavzu. Kompyuter kommunikatsiyalari va ularning turlari

Download 20,86 Kb.