2-Mavzu: Kompyuter tarmoqlarining turlari. Ularning klasifikatsiyasi




Download 1.28 Mb.
bet5/14
Sana16.06.2023
Hajmi1.28 Mb.
#73512
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
2-Ma\'ruza
Кulol. loyiha. Ishchi, 11-SINF Informatika va AT, sadaassfsasdasdasdaadsassfasg, Shaxmat-sexrli-olam-to-garak-34-soat, Mámleketlik tilde is júrgiziw 2021 (1), Документ Microsoft Word (15), Diskret Mustaqil ish, O`zbekistonda davlat mustaqilligining qo`lga kiritilish - копия (5) - копия - копия, ABROR, ‘zbekisto n respublikasi oliy va ‘rta maxsus t a ’lim vazirlig I, 3-lab, 4test 2 chorak, 7-sinf 3-chorak1- 2 variant (2), nestle
Fast Ethernet texnologiyasi.
Fast Ethernet va Ethernet texnologiyalarining barcha farqi fizik pog'onada to'plangan. Fast Ethernet texnologiyasida MAC va LLC pog'onalar oldingi bo'limda yozilgandek o'z joyida qolgan. Shuning uchun Fast Ethernet texnologiyasini ko'rganda fizik pog'onada uning bir necha variantini o‘rganish yetarli hisoblanadi.
Fast Ethernet texnologiyasida fizik pog'onani tashkil qilish bir muncha murakkab hisoblanadi, chunki unda kabel tizimining uchta variantidan foydalaniladi:
  • ko'p modli optik tolali kabel (ikkita tola);
  • 5-darajadagi o'rama juft(ikki juft);
  • 3-darajadagi o'rama juft (to'rt juft).

Yangi Fast Ethernet texnologiyasida ma'lumot uzatish muhiti sifatida koaksial kabellardan foydalanilmaydi. Bu ko'pgina yangi texnologiyalarning intilishi bo'lib, uncha katta bo'lmagan masofalarda 5- darajadagi o'rama juft kabeli koaksial kabel kabi belgilangan tezlikda ma'lumotlami uzatish bilan birga tarmoqni qurish bir muncha arzonga tushadi va foydalanish uchun qulay hisoblanadi. Katta masofalarda koaksial kabelga nisbatan optik tola bir muncha keng o'tkazuvchanlik polosaga ega bo'lib, narxi ham yirik koaksial kabel tizimlaridagi nosozliklarni qidirish va bartaraf etish uchun sarflananadigan yuqori harajatlar bilan solishtirganda ko'p bo'lmaydi.
Ajratilgan muhitda Fast Ethernet tarmog'i 10Base-T/10Base-F tarmog'i kabi konsentratorlarda qurilgan iyerarxik daraxtsimon ko'rinishda bo'ladi. Fast Ethernet tarmog'i konfiguratsiyasining asosiy farqi tarmoq diametrining 200 metrgacha kamaytirilgani. Bu esa 10-megabitli Ethernet tarmog'i bilan solishtirganda ma'lumotlami uzatish tezligi 10 baravar oshirilgani hisobiga minimal uzunlikda kadrlarni uzatish vaqti 10 baravarga oshishi bilan tushuntiriladi.
Fast Ethernet texnoliyasining fizik variantlari Ethernet texnologiyasini fizik jihatdan amalga oshirishdan katta darajaliligi bilan bir-biridan farq qiladi. Bu yerda o'tkazgichlar soni va kodlash usuli o'zgaradi.
Fast Ethernet fizik pog'ona uchta turli xil rasmiy standart o'rnatilgan va ularga quyidagicha nom berilgan:
  • ekranlashtirilmagan 5-darajadagi UTP o'rama juftli ikki juftli kabel uchun 100Base-TX yoki 1 darajali STP ekranlashtirilgan o'rama juftli kabel;
  • ekranlashtirilmagan 3, 4 yoki 5-darajadagi UTP o'rama juftli to'rt juft kabel uchun 100Base-T4;
  • ikki tolali ko'p modli optik tolali kabel uchun 100Base-FX.

Uchala standartlar uchun quyidagi tasdiq va xarakteristikalar to'g'ri hisoblanadi:
1. Fast Ethernet texnologiyasining kadr formatlari Ethernet tarmog'ining 10 Mbit/s texnologiyasidagi kadr formatlaridan farq qilmaydi.
2. Kadrlar orasidagi intyerval 0,96 mks, bit intyervali esa 10 ns. Erkin foydalanish algoritmlarining barcha vaqt parametrlari: kechiktirish vaqti, minimal o'lchamda kadrni uzatish vaqti o'zgartirilmagan.
3. Muhitning bo'sh holati xususiyati Ethernet 10 Mbit/s standarti kabi signal yo'qligi emas, balki muhit bo'ylab ortiqcha kodga mos keluvchi oddiy manba belgisini jo'natish orqali aniqlanadi.

Download 1.28 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Download 1.28 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2-Mavzu: Kompyuter tarmoqlarining turlari. Ularning klasifikatsiyasi

Download 1.28 Mb.