• Kommutatsiya usuli.
  • Manzillash.
  • Ishonchlilik.
  • Ethernet standart texnologiyaning xususiyatlari




    Download 1.28 Mb.
    bet2/14
    Sana16.06.2023
    Hajmi1.28 Mb.
    #73512
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
    Bog'liq
    2-Ma\'ruza
    Кulol. loyiha. Ishchi, 11-SINF Informatika va AT, sadaassfsasdasdasdaadsassfasg, Shaxmat-sexrli-olam-to-garak-34-soat, Mámleketlik tilde is júrgiziw 2021 (1), Документ Microsoft Word (15), Diskret Mustaqil ish, O`zbekistonda davlat mustaqilligining qo`lga kiritilish - копия (5) - копия - копия, ABROR, ‘zbekisto n respublikasi oliy va ‘rta maxsus t a ’lim vazirlig I, 3-lab, 4test 2 chorak, 7-sinf 3-chorak1- 2 variant (2), nestle
    Ethernet standart texnologiyaning xususiyatlari
    Yuqorida keltirilgan standartlar va ma'lumot almashish usullari dastlabki standart tarmoq texnologiyalaridan biri bo'lgan Ethernet texnologiyasining ajratiladigan muhitida mujassamlashganligini ko'ramiz.
    Topologiya. Ethernet standartida umumiy shina fizik ulanish topologiyasi qat'iy belgilangan. Umumiy shinaning klassik varianti: koaksil kabelli ajratilgan muhit, barcha kompyuterlar ajratilgan muhitga tarmoq adapter orqali bog'langan.
    Kommutatsiya usuli. Ethernet texnologiyasida paketlarni deytagrammali kommutitsiyadan foydalaniladi. Ethernet tarmog'ida kompyuterlar o'rtasida almashinuvchi ma'lumot birligi kadr deb ataladi. Kadr o‘rnatilgan formatga ega bo'ladi va shu bilan birga turli xil xizmat ma'lumotlari aks etgan maydonlardan iborat bo'ladi. Kommutatsiya tarmoq adapteri va ajratilgan muhit yordamida amalga oshiriladi. Tarmoq adapterlari virtual kommutator interfeysiga, ajratilgan muhit esa interfeyslar o'rtasida kadrlami uzatuvchi kommutatsion blok deb ko'riladi. Kommutatsion blok ishining bir qismini adapterlar ham bajaradi, ular qaysi kadr uning kompyuteriga manzillari, qaysi biri esa aksincha ekanligini aniqlash masalasini yechadi.

    Manzillash. Наr bir kompyuter, aniqrog'i har bir tarmoq adapteri noyob apparat MAC-manzilga ega bo'ladi. Ethernet manzil tekis raqamli manzil bo'lib, bu yerda iyerarxiya foydalanilmaydi. Tanlovli, keng eshittirishli va guruhli yuborish uchun manzillarni qo‘llaydi. Muhitni ajratish va multiplekslash. Oxirgi bog'lamalar ma'lumot almashish uchun tasodifiy ruxsat usulidan foydalangan holda, yagona ajratiladigan muhitdan foydalanadi. Ethernet tarmog'ining oxirgi bog’lamalaridan keluvchi axborot oqimlari uzatilayotgan kanalda bo'lingan vaqt ish tartibida multiplekslanadi, ya’ni har xil paketlar oqimiga kanal navbatma navbat beriladi. Kodlash. Ethernet adapterlari muhitga nol va bir kompyuter raqamlaridan iborat to’gri burchakli impulslar tarqatib 20 MGts takt chastotada ishlaydi. Kadrlar uzatish boshlaganida uning barcha bitlari tarmoqqa 10 Mbit/s o'zgarmas tezlik bilan uzatiladi (har bir bit ikkita taktda uzatiladi). Bu tezlik Ethernet tarmog'idagi aloqa muhitining o'tkazuvchanlik xususiyatidan aniqlanadi. .


    Ishonchlilik. Ma'lumotlami uzatish ishonchliligini oshirish uchun Ethernet quyidagi usuldan foydalanadi, ya'ni kadrlarni jo’natishdan oldin va jo'natishdan keyingi nazorat yig'indisini hisoblash orqali amalga oshiriladi. Agar qabul qiluvchi adapter nazorat summani qayta hisoblaganda kadrda xatolikni aniqlasa, u holda, kadr tashlab yuboriladi. Ethernet protokolida kadrlarni qayta uzatish nazarda tutilmagan, bu masala boshqa texnologiyalar bilan, misol uchun TCP/IP tarmoqlarida TCP protokoli bilan hal qilinishi kerak. Yarim dupleksli uzatish usuli. Ajratiladigan Ethernet muhiti o'zida uzatish kanalini aks ettiradi, bunda tarmoq adapteri ma'lumotlami uzatish va ulami navbat bilan qabul qilish amalini bajaradi.
    Navbatlar. Ethernet tarmog'ida bufer xotirali kommutatoming bo'lmasligi unda navbat yo'qligini bildirmaydi. Bunda navbat tarmoq adapterining bufer xotirasiga joylashtirilgan. Muhit boshqa tarmoq adapterlarining ma'lumot uzatishi tufayli band bo'lgan vaqt davomida ma'lumotlar tarmoq adapteriga kelib tushadi, lekin bu vaqtda esa tarmoqqa uzatilmaydi, ular navbat hosil qilgan holda, Ethernet adapterining ichki buferida yig'ila boshlaydi. Shuning uchun ham Ethernet tarmog'ida paketlar kommutatsiya qilinuvchi barcha tarmoqlardagidek kadrlami uzatishda kechikishlar mavjud bo'ladi.

    Download 1.28 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




    Download 1.28 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ethernet standart texnologiyaning xususiyatlari

    Download 1.28 Mb.