|
2-mavzu: Metodika fani o‘qituvchisining o‘quv-meyoriy
|
bet | 1/2 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 38,92 Kb. | | #245965 |
Bog'liq 2 маъруза. мут фан ук - копия
2-mavzu: Metodika fani o‘qituvchisining o‘quv-meyoriy hujjatlari va metodik ishlari, ularni rejalashtirish, tashkil etish va tayyorlash texnologiyasi.
Reja:
Metodika fanlarini o’qitish texnologiyasiga zamonaviy yondashuvlar
Davlat ta’lim standartining tuzilishi va mazmuni
O’quv rejasi, fan va ishchi dasturlarga qo’yiladigan talablar
Tayanch tushunchalar: yondashuv, O‘quv rejasi, fan va ishchi dasturlar, Davlat ta’lim standarti
Metodika fanlarini o’qitish texnologiyasiga zamonaviy yondashuvlar
Ta’lim jarayonini rejalashtirish professor-o’qituvchilar faoliyatining asosiy jihatlaridan biri bo’lib hisoblanadi. Bunda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar vakuum ostida emas, balki ta’lim muassasining sharoitidan kelib chiqqan holda bajariladi. Professor-o’qituvchilardan albatta ular faoliyat ko’rsatadigan ta’lim muassasasi madaniyatini, tashkilotning maqsadini va dunyoqarashini, intilishini, qadriyatlarini va xarakterini tushunishi kutiladi. Muassasaning madaniyati va qadriyatlari0albatta0o’quv0dasturiga0ta’sir0ko’rsatadi.
Xorijdagi oliy ta’lim muassasalarining ko’pchiligi o’zlarining vazifalarini bajarishda talabalarga muassasa maqsadlari va bitiruvchi o’ziga xos xislatlari to’g’risida fikrini berib boradi. Mazmunan bu umumiy tushunchalarda mazkur universitetda tahsil berilayotgan kurslar va dasturlar bo’yicha talabaga kutilayotgan natijalarni beradi. Ushbu muassasa talablari albatta maxsus fanlar va fanlararo o’quv dasturlarida0aks ettirilgan0va0belgilangan0bo’lishi0lozim.
Masalan, Oklend universitetida yaxshi hujjatlashtirilgan bitiruvchi profili mavjud bo’lib,0unda0quyidagilar0ko’rsatiladi:
Oklend universitetida bakalavr yo’nalishida tahsil olib bitirgan talaba yuqori darajadagi bilimlarni egallab, ham mutaxassis bilimlariga, ham umumiy intellektual ko’nikmalarga va hayotiy tajribaga ega bo’ladi, va bu uning ishga joylashuvida, fuqarolik burchlarini bajarishda, shuningdek davomiy ta’lim olish va malakasini oshirishda0asos0bo’lib0xizmat0qiladi.
Bitiruvchi profili talabaning tahsil olishida ham muassasa va ham dastur darajasidagi olinishi kutilayotgan natijalarni yaqqol ifodalab beradi. Shu sababli profil maxsus fanlarga asoslangan natijalar tavsiflari va o’quv dasturlarini ishlab chiqish uchun yo’riqnoma bo’lib hisoblanadi. Professor-o’qituvchilarning fakultetlar, maktablar va kafedralardagi roli ushbu maqsadlarga erishish uchun o’quv dasturlarini, o’qitish metodikasini va strategiyasini, pedagogik va ta’lim imkoniyatlarini ishlab chiqishdan iborat (Maki, 2004). Ko’plab universitetlar Bitiruvchi profiliga yoki Bitiruvchi xislatlari tavsifiga ega yoki ularni ishlab chiqmoqda. O’quv dasturini ishlab chiqishda o’rganish natijalari yondashuvi hali yangiligicha qolmoqda, va ko’plab professor-o’qituvchilar boshida ushbu yondashuvni ham xodimlar, ham talabalar uchun tushunarli va mazmunli tavsiflab berishda0qiynalishadi.
Respublikamiz mustaqillikka erishgach, ta’lim ijtimoiy sohadagi ustuvor yo’nalish deb belgilandi, oliy ta’limni joriy etishning metodologik va nazariy asosi bo’lgan “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun va oliy ta’lim tizimi oldiga har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta’lim va kasb-hunar dasturlarini ongli ravishda tanlagan va keyinchalik puxta o’zlashtirgan, ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, psixologik-pedagogik va boshqa tarzdagi sharoitlarni yaratish, jamiyat, davlat va oila oldidagi o’z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalash kabi davlat0buyurtmalari0qo’yilgan.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda mazkur davlat va ijtimoiy buyurtmalardan oliy ta’lim muassasalarida maxsus fanlarni o’qitishga qo’yiladigan maqsad0va0vazifalar0shakllantiriladi.
Maktabgacha ta’lim metodikasi turkum fanlarini o’qitishda o’qituvchi mazkur buyurtmalarni0amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar:
• Maktabgacha ta’lim metodikasi turkum fanlarini o’qitish jarayonida talaba-yoshlarni ma’naviy-ahloqiy tarbiyalash, ma’rifiy ishlarning samarali shakllari va usullarini0ishlab0chiqish0va0joriy0etish;
• Maktabgacha ta’lim metodikasi turkum fanlardan tashkil etiladigan ta’lim-tarbiya jarayonida innovatsion va axborot-kommunikativ texnologiyalardan foydalanish;
• Maktabgacha ta’lim metodikasi turkum fanlarini o’qitishda tayyorgarlikning modul tizimidan foydalangan holda o’qitish jarayonini jadallashtirish;
• xalqning boy ma’naviy va intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida maxsus0ta’limning insonparvarlik yo’nalishini ta’minlash;
• Maktabgacha ta’lim metodikasi turkum fanlaridan ta’lim jarayonining o’quv-metodik majmualar va didaktik ta’minotning yangi avlodi silabusni ishlab chiqish va0amaliyotga0joriy0etish;
• milliy mustaqillik prinsiplari va xalqning boy intellektual merosi hamda umumbashariy qadriyatlar ustuvorligi asosida maxsus ta’limning barcha darajalari va bo’g’inlarida talaba-yoshlarning ma’naviy va ahloqiy fazilatlarini rivojlantirish;
• Maktabgacha ta’lim metodikasi turkum fanlarini o’qitish jarayonida talaba-yoshlar ongi va qalbiga milliy g’oya va mafkurani singdirish, ta’lim muassasalarida mafkuraviy tarbiyani bugungi kun darajasiga ko’tarish;
• Ta’lim-tarbiya jarayonida ta’lim va tarbiyani uzviylashtirish orqali talabalarning barkamolligini ta’minlash, huquqiy, iqtisodiy, ekologik va sanitariya-gigiyenik ta’limi0hamda0tarbiyasini0takomillashtirish;
Bo’lajak pedagog kadrlarning mafkura borasidagi bilimlarini chuqurlashtirishni bajarish0lozim.
Mazkur buyurtmalar asosida oliy ta’lim muassas alarida maktabgacha ta’lim pedagogikasi turkum fanlarini o’qitishga zamonaviy yondoshuvlar mavjud:
1. Maktabgacha ta’lim metodikasi turkum fanlarini o’qitish jarayoniga tizimli yondoshuv;
2. Maktabgacha ta’lim metodikasi turkum fanlarini o’qitish jarayoniga modulli yondoshuv;
3. Maktabgacha ta’lim metodikasi turkum fanlarini o’qitish jarayoniga innovatsion yondoshuv;
4. Maktabgacha ta’lim metodikasi turkum fanlarini o’qitish jarayoniga talaba shaxsiga0yo’naltirilgan0yondoshuv.
Mazkur yondoshuvlarga xos xususiyatlarni aniqlash maktabgacha ta’lim pedagogikasi turkum fanlarini o’qitish metodikasining dolzarb muammolari sanalib, har biri mashg’ulotlar davomida alohida ko’rib chiqiladi.
Yuqorida qayd etilgan yondoshuvlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun avvalo oliy ta’lim tizimida barcha o’quv fanlari, xususan maktabgacha ta’lim pedagogikasi turkum fanlaridan tashkil etiladigan o’qitish jarayonini ilmiy-nazariy asoslari bo’lgan o’qitish prinsiplari va qonuniyatlarini aniqlash lozim.
Ta’lim mazmunini belgilovchi meyoriy hujjatlar. Ilmiy pedagogik adabiyotlarda ta’lim mazmunini shakllantirishning quyidagi uch bosqichi ko’rsatiladi:
1) umumiy0nazariy0bosqich;
2)0o’quv0bosqichi;
3) o’quv materialini o’zlashtirish bosqichi,ya’ni, ta’lim mazmunining o’quv rejasi, o’quv dasturi va darsliklar kabi meyoriy hujjatlarda o’z ifodasini topishi.
Ta’lim mazmuni quyidagi davlat hujjatlari va rasmiy hujjatlarda o’z aksini topadi.
1.0O’quv0rejasi.
2.0O’quv0dasturi.
3.0Darslik.
O’rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’limi mazmuni davlat ta’lim standarti, o’quv rejalari0mazmunida0namoyon0bo’ladi.
O’quv rejasi – davlat hujjatidir. Unga barcha ta’lim muassasalari so’zsiz amal qiladi. Bu hujjatda o’rganilishi lozim bo’lgan o’quv fanlari va shu fanlar uchun ajratilgan o’quv soatlari ko’rsatiladi. Bu hujjat har bir muassasaning yagona o’quv rejasi hisoblanib, u tegishli vazirlik tomonidan tasdiqlanadi. Aloqida aniq bir fanning o’quv rejasi – shu fanni o’qitish uchun ajratilgan soatlar va o’quv yilining tuzilishini0belgilab0beruvchi0davlat0hujjatlaridir.
O’quv0rejasini0tuzishda0quyidagi0omillarga0asoslaniladi.
-0o’quv0tarbiya0ishining0maqsadi,
- ta’lim oluvchilarga aniq ilmiy bilim berish, olgan bilimlarini ko’nikmaga aylantirib,0uni0hayotga0qo’llay0olishga0o’rgatish.
O’quv rejalari quyidagilardan iborat: tayanch, namunaviy va ishchi o’quv rejasi.
Umumiy o’rta hamda o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari (akademik litsey va kasb-hunar kollejlari) uchun tayanch o’quv rejasi davlat ta’lim standartining tashkiliy qismi hisoblangan asosiy meyoriy hujjat bo’lib, u namunaviy va amaliy o’quv rejalarini ishlab chiqish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Tayanch o’quv rejasi davlat ta’lim standarti tarkibiy qismi sifatida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar0Mahkamasi0tomonidan0tasdiqlanadi.
O’quv rejasi-meyoriy hujjat hisoblanib (ta’lim muassasasi sertifikati) quyidagilarni belgilaydi:
-0o’quv0yili,0chorak0(semestr)lar0va0ta’tillarning0davomiyligi;
-0ushbu0ta’lim0muassasasida0o’rganiladigan0o’quv0fanlari0tartibi;
-0o’qish0yillari0bo’yicha0fanlarni0taqsimlash;
- har bir fan bo’yicha yaxlit ta’lim davri va har bir sinf (kurs)da fanlarni o’rganishga ajratilgan0soatlar0hajmi;
-0har0bir0fanni0o’rganishga0ajratilgan haftalik0soatlar0hajmi;
- praktikumlar, ishlab chiqarish va pedagogik amaliyotlar hamda shu kabilarning davomiyligi.
O’quv rejasida, yana shuningdek, aniq bir o’quv muassasi xususiyatlarini aks ettiruvchi, talabalarning erkin tanlovi bo’yicha fakultativ va majburiy mashg’ulotlar aks0ettiriladi.
O’quv dasturi – muayyan o’quv fani bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalar mazmuni, umumiy vaqtni muhim bilimlarni o’rganilishi bo’yicha taqsimlash, mavzularning ketma-ketligini belgilash hamda ularning o’rganilish darajasini yorituvchi0meyoriy0hujjat.
Dasturda o’quv materialining ta’limning har bir yili va har bir guruh, kurs bo’yicha taqsimlanishi tuzilishi asoslab berilgan. Dasturda ko’rsatilgan bilim, malaka va ko’nikmalarni talabalar tomonidan to’la o’zlashtirilishi o’qitish jarayoni muvaffaqiyatliligi va samaraliligi mezonlaridan biri hisoblanadi.
O’quv dasturlari namunaviy, ishchi va mualliflik bo’lishi mumkin.
Namunaviy o’quv dasturi u yoki bu ta’lim sohasiga nisbatan davlat ta’lim standartlari talablari asosida ishlab chiqiladi. 0’quv dasturlari quyidagilardan iborat bo’ladi:
- ushbu fanni o’rganish maqsadlari, talabalarning bilim va malakalariga asosiy talablar, o’qitish tavsiya etiladigan shakl va metodlari haqidagi tushuntirish xati;
-0o’rganilayotgan0materialning0tematik0mazmuni;
- kursning alohida savollarini o’rganishga o’qituvchi sarflaydigan taxminiy soatlari hajmi;
-0dunyoqarashni0shakllantiruvchi0asosiy0savollari0ro’yxati;
- fanlararo va kurslararo bog’liqlikni amalga oshirish bo’yicha ko’rsatmalar;
-0o’quv0uskunalari0va0ko’rgazmali0qo’llanmalar0ro’yxati;
-0tavsiya0etiladigan0adabiyotlar.
Namunaviy o’quv dasturlari Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirliklari tomonidan tasdiqlanadi, tavsiyanoma xususiyatiga ega bo’ladi. Namunaviy dastur asosida maktab, akademik litsey pedagogik kengashi tomnidan ishchi o’quv dasturlari_ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Namunaviy dasturdan farqli ravishda ishchi dasturda regional komponenti ta’riflanadi, o’quv jarayonini metodik, informatsion, texnik ta’minlash imkoniyati, talabalarning tayyorgarligi darajasi hisobga0olinadi.
Mualliflik o’quv dasturlari davlat standarti talablarini hisobga olgan holda o’quv fanini qurilishi boshqacha mantiqidan iborat bo’lishi, u yoki bu nazariyalarni o’rganishga mualliflik yondashuvi, o’rganilayotgan hodisa va jarayonlarga nisbatan mualliflik nuqtai nazarini aks ettirishi lozim. Bunday dasturlar ushbu fan sohasida pedagog, psixolog, metodistlarning tashqi retsenziyalariga ega bo’lishi kerak va ular mavjud bo’lganida maktab, akademik litsey hamda kasb-hunar kollejlari oiy ta’limning Pedagogik Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Mualliflik o’quv dasturlari talabalarning erkin tanlovi bo’yicha (majburiy va fakultativ) kurslar tashkil etishda keng0foydalaniladi.
O’quv fani ta’lim muassasalarida talabalarning yosh, idrok etish imkoniyatlariga muvofiq ularga muayyan fan sohasi bo’yicha umumiy yoki mutaxassislik bilimlarini berish, ko’nikma va malakalarni shakllantirishni ta’minlovchi manbadir.
O’quv fanining mazmuni har bir pedagog tomonidan ixtiyoriy belgilanmaydi, balki ijtimoiy hodisa sifatida ta’limning tarixiy rivojlanishi davomida ishlab chiqiladi. O’rta maktab, akademik litsey va kasb-hunar kolleji o’quv fanlarini ilmiy bilimning umumiy tuzilishiga mos ravishda shakllantirish kerak deb hisoblovchi nuqtai nazar eng0keng0tarqalgan0va0tan0olingan0hisoblanadi.
Ta’lim mazmuni va o’quv dasturlari o’quv adabiyotlarida loyihalashtiriladi. Bunday adabiyotlar sirasiga darsliklar va o’quv_qo’llanmalari kiradi.
O’quv adabiyotlari orasida darslik alohida o’rin tutadi. Darslik muayyan o’quv fani bo’yicha ta’lim maqsadi, o’quv dasturi va didaktik talablarga muvofiq belgilangan ilmiy bilimlari to’g’risidagi ma’lumotlarni beruvchi manba bo’lib, u mazmuni va tuzilishiga ko’ra fan bo’yicha yaratilgan o’quv dasturiga mos keladi. Namunaviy o’quv dasturlari asosida yaratilgan darsliklar maqsadga muvofiq holda Respublika Xalq ta’limi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirliklari tomonidan barcha maktablar, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari uchun tavsiya etiladi. G’oyaviy va metodik jihatdan mukammal bo’lgan darslik ta’lim mazmuniga qo’yiladigan barcha talablarga javob bera olishi, talabalar uchun qiziqarli, iloji boricha qisqa, tushunarli, ko’rgazmalilik nuqati nazaridan estetik xususiyatga ega bo’lishi kerak.
Darslik bir vaqtning o’zida ham barqaror, ham qulay tarkibiy tuzilmaga ega bo’lishi kerak. Darslik barqarorligiga ko’ra mustahkam asosga ega, mobilligiga ko’ra ega asosiy tuzilmaga dahl etmagan holda yangi bilimlarni tezlikda kiritish imkoniyatini namoyon etadi. Ularga qo’yiladigan talablar turli- tuman va qarama-qarshi bo’lib, mukammal darsliklarning yetishmovchiligi doimo his etiladi. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda muqobil, parallel darsliklar nashr etiladi, shu sababli o’qituvchilar va talabalar ular orasidan eng yaxshilarini tanlab olish imkoniyatiga egalar.
Darslik talabalarning ta’lim jarayonida, ongli ravishda va faol ishtirok etishlari, o’quv materialini to’la o’zlashtirishlarini ta’minlashi kerak. Ana shu masalalarni hal etish0yo’lida0darsliklar0quyidagi0vazifalarni0bajaradi:
1) motivatsion vazifa-bu vazifa talabalarni ushbu fanni o’rganishga yo’naltiradigan, ularda ishga pozitiv munosabati va qiziqishini shakllantiruvchi rag’bat (sabab)larni hosil0qilishdan0iborat;
2) axborot vazifasi talabalarga axborotlarni yetkazish, samarali usullar yordamida ularning bilimlari hajmini kengaytirishga imkon beradi;
3) nazorat-tuzatish (mashq qilish) vazifasi-ta’lim jarayoni, uning natijalarini tekshirish, talabalarda o’zini baholash va tuzatish layoqati hamda zarur bo’lgan ko’nikma, malakalarni shakllantirish uchun o’rganish mashqlarini tavsiya etishni nazarda tutadi.
4) muvofiqlashtirish vazifasi material ustida ishlash jarayonida ta’limning boshqa vositalari (xaritalar, ko’rgazmali materiallar, diapozitiv va boshqalar)ni jalb etishni ifodalaydi;
5) rivojlantiruvchi -tarbiyalovchi vazifasi darslik mazmunining talabalarga ma’naviy-axloqiy ta’sir ko’rsatishi, kitoblar bilan ishlash jarayonida ulardan mehnatsevarlik, faol fikrlash, ijodiy qobiliyat kabi sifatlarni shakllantirishdan iborat;
6) o’qitish vazifasi darslik bilan ishlashda mustaqil bilim olish uchun zarur bo’lgan konpekt yozish, umumlashtirish, asosiysini ajratib ko’rsatish, mantiqiy eslab qolish kabi malaka va ko’nikmalarni rivojlantirishga yordam berishida ko’zga tashlanadi.
Ta’lim mazmuni o’quv materiali darajasida darsliklar bilan bir qatorda turli xil o’quv qo’llanmalari: adabiyot va tarix xrestomatiyalari, spravochniklar, matematika, fizika, ximiya bo’yicha masalalar to’plamlari, georafiya, biologiya bo’yicha atlaslar, til bo’yicha mashqlar to’plamlari va boshqalarda ochib beriladi. 0’quv qo’llanmalari darslikning ba’zi tomonlarini kengaytiradi va aniq masalalarni hal etish maqsadiga ega0bo’ladi0(axborot,0mashq0qilish,0tekshirish).
2.0Davlat0ta’lim0standartlarining0tuzilishi0va0mazmuni
Davlat ta’lim standartlarining mazmuni. Davlat ta’lim standarti umumiy o’rta ta’lim, kasb-hunar ta’limi hamda oliy ta’lim uchun alohida- alohida ishlab chiqarildi.
Maktabgacha ta’limning davlat ta’lim standarti bolalar maktab ta’limiga tayyorgarligi saviyasiga qo’yiladigan majburiy minimal darajani belgilab berdi. 0’z navbatida kasb-hunar ta’limi, davlat ta’lim standarti talabalar kasb - hunar tayyorgarligiga, saviyasiga qo’yadigan (oliy ta’lim DTS talablar mutaxassislik tayyorgarligiga, saviyasiga qo’yiladigan) majburiy minimal darajani belgilaydi.
DTS (davlat ta’lim standarti) ta’lim mazmuni shakllari vositalari, usullari va ularning sifatini baholash tartibini belgilaydi. Ta’lim mazmunining o’zagi hisoblangan standart vositasida, mamlakat hududida faoliyat ko’rsatayotgan turli ta’lim muassasalarida (davlat va nodavlat) ta’limning barqaror darajasini ta’minlash sharti amalga oshiriladi. DTS o’z mohiyatiga ko’ra o’quv dasturlari, darsliklar, qo’llanmalar, nizomlar o’quv rejasi va boshqa mayoriy hujjatlarni yaratish uchu nasos0bo’lib0xizmat0qiladi.
Davlat ta’lim standarti. Ta’lim mazmunining rivojlanishida ko’zga tashlanayotgan zamonaviy tendensiyalaridan biri uni standartlashtirish (davlat miqyosida yagona qoidalar va talablar o’rnatilishi) hisoblanadi. Standartlashtirishda quyidagi ikki omil muhim0ahamiyatga0ega:
1) turli ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan yoshlarning umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar bilimlar hajmining bir xillik darajasini ta’minlovchi mamlakatda yagona pedagogik muhitni yaratish zarurligi;
2) O’zbekistonning jahon hamjamiyati tizimiga kirishi natijasida xalqaro ta’lim amaliyotida umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi mazmunini rivojlanishi tendensiyalarining hisobga olinishi.
|
| |