2-mavzu: pedagogik dasturiy vositalarni yaratish bosqichlari




Download 24.89 Kb.
bet1/3
Sana03.08.2023
Hajmi24.89 Kb.
#77973
  1   2   3
Bog'liq
2-ma\'ruza
18маърузасаноат, 3-modul, 7-biologiya 2023, 7-fizika 2023, Pedagogik dasturiy vositalar fanidan oraliq nazorati savollari, BIZNING 1, I Variant, amalyot.1, 12qw, Relyatsion algebra va relyatsion xisoblash elementlari-fayllar.org, 2-amaliy mikro..., Loyiha pasporti. eliktr stansiya, mikromary=uza, mustaqil ish2

2-MAVZU: PEDAGOGIK DASTURIY VOSITALARNI YARATISH BOSQICHLARI
Reja:

  1. Pedagogik dasturiy vositalarni yaratish metodikasi

  2. Pedagogik dasturiy vositalarni yaratish bosqichlari

  3. Pedagogik dasturiy vositalar va ularga qoʻyiladigan talablar

Pedagogik dasturiy vositalar – kompyuter texnologiyalari yordamida oʻquv jarayonini qisman yoki toʻliq avtomatlashtirish uchun moʻljallangan didaktik vosita hisoblanadi. Ular taʻlim jarayonini samaradorligini oshirishning istiqbolli shakllaridan biri hisoblanib, zamonaviy texnologiyalarning oʻqitish vositasi sifatida ishlatiladi. Pedagogik dasturiy vositalar tarkibiga: oʻquv fani boʻyicha aniq didaktik maqsadlarga erishishga yoʻnaltirilgan dasturiy mahsulot (dasturlar majmuasi), texnik va metodik taʻminot, qoʻshimcha va yordamchi vositalar kiradi.


Pedagogik dasturiy vositalarni quyidagilarga ajratish mumkin:

  • o`rgatuvchi dasturlar – o`quvchilarning bilim darajasi va qiziqishlaridan kelib chiqib yangi bilimlarni o`zlashtirishga yo`naltiradi;

  • test dasturlari – egallangan bilim, malaka va ko`nikmalarni tekshirish yoki baholash maqsadlarida qo`llaniladi;

  • mashq qildirgichlar - avval o`zlashtirilgan o`quv materialini takrorlash va mustahkamlashga xizmat qiladi;

  • o`qituvchi ishtirokidagi virtual o`quv muhitini shakllantiruvchi dasturlar.

Pedagogik dasturiy vositalarni yaratish bir nechta bosqichda amalga oshiriladi:
Birinchi bosqichda pedagogik loyihalashtirish amalga oshiriladi. Bunda maqsad, pedagogik vazifalar aniqlashtiriladi, didaktik imkoniyatlardan kelib chiqib oʻqitishning mazmuni va tuzilmasi tahlil qilinadi.
Ikkinchi bosqichda metodik loyihalashtirish bajariladi. Mazkur bosqichda ilmiy nazariy maʻlumotlarni oʻquv materiallariga aylantirish, oʻquv matnlari, illyustratsiyalar, grafik maʻlumotlar shakllantiriladi. Oʻqitishning maqsadi, metodi va vazifalariga mos oʻquv materiallarining shakllari ishlab chiqiladi, elektron oʻquv materiallaridan lokal, tarmoq, masofaviy taʻlim kabi foydalanish sohalari aniqlashtiriladi.

Download 24.89 Kb.
  1   2   3




Download 24.89 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2-mavzu: pedagogik dasturiy vositalarni yaratish bosqichlari

Download 24.89 Kb.