• 2.2-rasm II guruh iste’molchilarini ikkita mustaqil manbadan ta’minlash.
  • 2.3-rasm. III guruh iste’molchilarini bitta manbadan ta’minlash.
  • Elektr iste’molchilarning ish rejimi bo‘yicha guruhlanishi
  • -rasm. I guruh iste’molchilarini ikkita mustaqil manba va zahira manbaidan ta’minlash




    Download 442,62 Kb.
    bet2/3
    Sana12.01.2024
    Hajmi442,62 Kb.
    #136079
    1   2   3
    Bog'liq
    2-Maruza

    2.1-rasm. I guruh iste’molchilarini ikkita mustaqil manba va zahira manbaidan ta’minlash.

    II toifali elektr iste’molchilari - bunday elektr iste’molchilarining elektr ta’minotidagi uzilish ko`plab mahsulotlarni ishlab chiqarilmasligiga, ishchilarning ommaviy turib qolishiga, mexanizmlar va korxona transportini ishlamasligiga, shahar va qishloq aholisining ko`p qismining normal faoliyatini buzilishiga olib keladi. Bu toifadagi iste’temolchilar korxonalarda eng ko‘p qismni tashkil qiladi. Ularning elektr ta’minotini ikkita mustaqil elektr manbalar orqali bajarilishi tavsiya etiladi. II toifali iste’molchilarda elektr ta’minotidagi uzilish vaqti zahiridagi manbani navbatchi shaxs yoki maxsus brigada faoliyatining ulashga ketadigan vaqti bilan belgilanadi.



    2.2-rasm II guruh iste’molchilarini ikkita mustaqil manbadan ta’minlash.
    III toifali elektr iste’molchilariga yuqorida tanishilgan I va II toifali iste’molchilar turkumiga kirmaydigan barcha elektr qabul qiluvchilar kiradi. Ularning elektr ta’minoti bitta manba orqali bajarilishi mumkin (2.3-rasm).


    2.3-rasm. III guruh iste’molchilarini bitta manbadan ta’minlash.
    III toifali elektr iste’molchilarida elektr ta’minotidagi uzilish 24 soatdan oshmasligi kerak. Tokning chastotasiga qarab iste’molchilar 50 Gs chastotali, yuqori (10 kGs gacha), o‘ta yuqori (10 kGs dan katta) va past chastotali manbalardan ishlaydigan iste’molchilarga bo`linadilar. Korxonalarda asosan, 50 Gs chastotali iste’molchilar ishlatiladi. Yuqori va o‘ta yuqori chastotali qurilmalar metallarni eritishda, toblashda, qoliplashda keng ishlatiladi. Bunday manbalarni hosil qilish uchun tristorli, ionli yoki lampali o`zgartgichlar ishlatiladi. Past chastotali iste’molchilar turkumiga transportda (16 Gs), suyultirilgan metallni aralashtirishda (25 Gs gacha) ishlatiladigan kollektorli elektr yuritgichlar kiradi. Past chastotali elektr iste’molchilar sanoat korxonalarida keng tarqalmagan.

    Elektr iste’molchilarning ish rejimi bo‘yicha guruhlanishi
    Sanoat korxonalaridagi elektr iste’molchilarining ish rejimlariga qarab uch xarakterli guruhlarga bo‘lish mumkin:

    Download 442,62 Kb.
    1   2   3




    Download 442,62 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. I guruh iste’molchilarini ikkita mustaqil manba va zahira manbaidan ta’minlash

    Download 442,62 Kb.