|
O‘zgarmas yoki deyarli o‘zgarmas yuklama bilan ishlaydigan iste’molchilar
|
bet | 3/3 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 442,62 Kb. | | #136079 |
Bog'liq 2-Maruza1. O‘zgarmas yoki deyarli o‘zgarmas yuklama bilan ishlaydigan iste’molchilar. Bunday rejimda ishlaydigan qurilmalarda uzoq vaqt ishlash davomida ular qismlarining harorati ruhsat etilganidan oshmaydi. Ventilyatorlar, nasoslar, kompressorlarning elektr yuritgichlari ushbu holatda ishlaydilar.
2. Qisqa muddatda ishlaydigan qurilmalar. Bunday holatda mashina yoki apparatlarning ishlash vaqti kichik bo‘lib, ish vaqtida ular qismlarining harorati mo‘ljallangan turg‘un qizish darajasiga etmaydi. Tanaffus vaqti esa uzoq bo‘lib, mashina yoki apparatlar qismlarining harorati atrof-muhit haroratiga tenglashadi. Misol tariqasida bunday iste’molchilarga metallarga ishlov beruvchi stanoklarining yordamchi mexanizmlarining yuritmalarini keltirish mumkin.
3. Takroriy qisqa muddatda ishlovchi iste’molchilar. Bunday qurilmalarda ishlash vaqti qisqa to‘xtash vaqti bilan almashinib turadi. Takrorlanuvchi qisqa muddatda ishlash rejimi hususiyatini baholash uchun nisbiy ulanish davomiyligi (продолжительность включения-ПВ%) UD% kattaligidan foydalaniladi:
Bunda, tish - iste’molchining yuk bilan ishlash davomiyligi; t0 - iste’molchining elektr tarmog‘idan ajratilgan holati davomiyligi; ts=tish +t0 - takrorlanuvchi sikl davomiyligi(ts 10 minut bo‘lishi kerak).
Elektrotexnika sanoatida ulanish davomiyligi(UDn) 15, 25, 40 va 60% bo`lgan elektr mashinalari ishlab chiqarilmoqda. Takrorlanuvchi qisqa yuklamali elektr yuritgichlarni pasportida ko‘rsatilgan quvvatni o‘zgarmas yuklamali rejimidagi (UD=100%) quvvatga quyidagi munosabat orqali keltiriladi:
bu yerda, PN - nominal davomli quvvat;
Ppasp - elektr iste’molchining pasportida keltirilgan quvvat;
UDpasp - pasportda ko‘rsatilgan nisbiy ulanish davomiyligi;
Payvandlash mashinalari, elektr pechlarining transformatorlarga uchun:
Bunda, Spasp, UDpasp, cospasp - qurilmaning pasportda berilgan to‘la quvvat, nisbiy ulanish davomiyligi, quvvat koeffitsienti.
Nazorat savollari:
1. Elektr qurilmalarining tok, kuchlanish, chastota va neytral holati bo`yicha guruhlanishi?
2. Elektr iste’molchilarning ish rejimi bo‘yicha guruhlanishi ?
3. Qisqa muddatda ishlaydigan qurilmalar ?
4. Elektr iste’molchilarning elektr ta’minoti ishonchliligi bo‘yicha guruhlanishi.
|
| |