Anderraytingda riskni boshqarish




Download 239.82 Kb.
bet2/3
Sana24.09.2022
Hajmi239.82 Kb.
#26324
1   2   3
Bog'liq
2-mavzu
Statistika(Oraliq) (1), Налоговый кодекс Республики Узбекистан, xkzbvdehbohboi, Blender 2.92.0, menejment, Toksanbayeva Albina sug\'urta mustaqil ishi, 3-TEZIS, psihologiya-i-alhimiya, Reading log 1 (1), Tarixiy xotirasiz kelajak yo\'q, Волейболни вужудга келиши ХАМДА ўйин қоидалари, ИШЧИ КУЧИ БОЗОРИ ВА БАНДЛИК, O\'ZBEKISTON VA JAHON HAMJAMIYATI, Doc2
2.2. Anderraytingda riskni boshqarish

Anderraytingda riskni boshqarish. Risk tushunchasi va uni aniqlashning o‘ziga xos xususiyatlari. Risk tushunchasini iqtisodiy adabiyotlarda turlicha talqin etilishi. Risklarni baholash - sug‘urtada qismi sifatida. O‘rta risk guruhi haqida tushuncha. Risklarni baholashning uslublari. Risk vujudga kelishining chastotasi va shakllari. Risk darajasining doimiy miqdorga ega emasligi. Sug‘urta risklarni tahlil qilish uslublari.


Risk- 1) bitta kutilayotgan hodisa bo‘yicha xavfning yuzaga kelishi. Risk tushunchasi ko‘rinishlarining xilma-xilligi, uni sodir bo‘lishi natijasida yuzaga kelgan oqibatlarning og‘irligi, riskni ro‘y berishi sababli paydo bo‘lgan zararlarni mutloq tugatishni imkoniyati bo‘lmaganligi sug‘urta ishini tashkil etish uchun asos yaratadi. Risk-bu konkret hodisa yoki hodisalar yig‘indisi bo‘lib, ular sodir bo‘lgan taqdirda sug‘urta kompaniyasi qoplamalar to‘laydi. Risk sug‘urta ob’ekti bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘langan. Ob’ektga risk salbiy ta’sir ko‘rsatib, uni shikastlashi yoxud nobud qilishi mumkin. Shu tufayli risk - bu yagona tasodifiy hodisa bo‘lib, uning ro‘y berishi inson ongiga yoki irodasiga bog‘liq emas. Sug‘urta risklarining ro‘yxati sug‘urtalovchining sug‘urta javobgarligi hajmini tashkil etadi.
1) Risk bahosining puldagi ifodasi sug‘urta tarif stavkasini tashkil etadi;
2) sug‘urta ob’ekti:
3) sug‘urta javobgarligining turi.
Risk tushunchasi zarar keltiruvchi turli xil hodisalarning ro‘y berish ehtimoli tushuniladi.
“Holat” tushunchasi biron-bir faoliyat bilan bog‘liq shart –sharoitlar yig‘indisini bildiradi. Bunday shart-sharoitlar bunday faoliyatni amalga oshirish uchun yaxshi xolat yaratadi yoki noqulay vaziyatni yaratadi.
Riskli holatlar - risk darajasiga ta’sir qiluvchi omillar. Sug‘urtalanuvchiga ma’lum bo‘lgan barcha riskli holatlar sug‘urta kompaniyasiga xabar qilinadi. Bu riskni baholashda muhim ahamiyatga ega. Riskli holatlarni tahlil etish syurveer yoki adjasterning funksiyasiga kiradi. Bu sug‘urta kompaniyasini sug‘urta shartnomasini tuzish yoki tuzmaslik masalasi bo‘yicha qaror qabul qilishida hamda sug‘urta qoplamalari va summalarini to‘lashda muhim o‘rin tutadi. Riskli holatlar: shaxsiy va ashyoviy; to‘g‘ri va egri; tasdiqlanadigan va inkor qilinadigan: ob’ektiv va sub’ektiv turlarga bo‘linadi.
Riskni xarakterli belgilari:
- noaniqlikning mavjudligi;
- alternativ tanlash zarurligi;
- tanlangan altirnativaning ehtimolini baholash imkoniyatlarini mavjudligi.
Riskning miqdorini kamaytirish uchun diversifikatsiya, limitlashtirish, o‘z-o‘zini sug‘urtalash va sug‘urtalash kabi moliyaviy usullardan foydalaniladi.
Sug‘urta himoyasiga olinuvchi risklar sug‘urtaviy risklar deb ataladi.
Riskning ro‘y berishi natijasi: salbiy hol (zarar), o‘zgarishsiz (nollik), ijobiy (foyda) bo‘lishi mumkin.
Statistik va ekspert baholash usullari yordamida riskka son jihatidan baholanadi.
Riskni baholash - risk parametrlarini xarakterlovchi barcha riskli holatlarni natura va qiymat ko‘rinishida tahlil etish. Eng ahamiyatli belgisiga qarab tegishli risklar guruhi ajratilgan hamda u riskni baholash mezoni hisoblanadi.
Risklarni klassifikatsiyalash.
Xavflilik manbalariga ko‘ra risklarni klassifikatsiyalash. Sug‘urtalovchining javobgarlik hajmiga qarab risklarni klassifikatsiyalash. Tadbirkorlik risklari va ularni aniqlash mezonlari. Sug‘urtaga qabul qilinadigan va sug‘urtaga qabul qilinmaydigan risklar. Risklarni vujudga kelishiga ko‘ra klassifikatsiyalash. Risklarni diversifikatsiyalash shartlari. Ob’ektiv va sub’ektiv risklar. Ekologik va transport risklari. Risklarni sof va sun’iy risklarga ajratamiz.
Risklar tizimida moliyaviy risklar alohida o‘ringa ega. Ular ko‘p jihatidan tadbirkorlik faoliyati bilan ham bog‘liq.
Risklarni sof va sun’iy risklarga ajratamiz.
Sof risklarga tabiiy, siyosiy, transport va tijorat risklarining bir qismi (mulkiy, ishlab chiqarish va savdo) kiradi.
Sun’iy risklar tijorat riskining bir qismi bo‘lgan moliyaviy risklar tarkibida hisoblanadi.
Risklar paydo bo‘lish sabablariga ko‘ra tabiiy, ekologik, siyosiy, transport va tijorat risklariga bo‘linadi. Zilzila, suv toshqini, bo‘ron, chaqmoq urishi, yong‘in va har xil yuqumli kasalliklar tabiiy risklar hisoblanadi. Atrof-muhitni ifloslanishi bilan bog‘liq risklar ekologiya risklari hisoblanadi.
Siyosiy risklar bevosita hukumat tomonidan urush holatlarini e’lon qilinishi, harbiy harakatlar, fuqarolar g‘alayonlari, ish tashlashlar, davlat tuzumining o‘zgarishi, qonunchilik hujjatlarining o‘zgarishi ehtimollarini o‘z ichiga oladi. Tijorat risklari xo‘jalik yurituvchi sub’etlarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatni amalga oshirish jarayonida yuzaga kelishi bilan faraqlanadi.
Investitsion loyihalarni amlga oshirishda kredit riski, operatsiya riski, huquqiy risk, mamlakat riski, transfert riski, bozor riski, foiz riski, likvidlilik riski, reputatsiya riski, siyosiy risklar, tadbirkorlik risklari yuzaga keladi.
Anderrayting jarayoni.
Bu jarayonning o‘zi turli sug‘urta qiluvchilar va sug‘urtaning turli xillari uchun har xil bo‘ladi. Biz buni xususiy shaxslarning sug‘urtalash, hayot sug‘urtasi va kompaniyalar sug‘urtasi misolida ko‘rib chiqamiz
Aholi o‘rtasida anderrayting jarayoni nisbatan sodda. Anderrayter risk haqidagi asosiy ma’lumotni sug‘urta haqidagi arizadan oladi. Agar ma’lumotlarni aniqlashtirish zarurati paydo bo‘lsa, anderrayter arizachiga bu haqda yozib, zarur ma’lumotlarni oladi. Sug‘urtalash haqidagi ko‘p sonli arizalarga sug‘urtachining bo‘limlari tomonidan ishlov beriladi. Bu mexanik ish bo‘lib, qiyinchiliklar yuzaga kelmaydi.
Ko‘p hollarda anderraytingning funksiyasi sug‘urtalovchidan farq qiluvchi uchinchi shaxsga yuklatiladi: masalan, sayohatchilarni sug‘urtalash bo‘yicha sug‘urta polisi sayohatlar byurosi agentiga yoki aviaetkazib beruvchilarga sotiladi. Sug‘urtalanuvchi ariza shaklini to‘ldiradi va unga shu zahoti namunaviy polis taxlamidan sug‘urta polisi beriladi.Uydagi mol-mulkni sug‘urtalashda ham shunga o‘xshash holatni kuzatish mumkin: sug‘urta brokeri sug‘urta qilinayotgan ob’ekt qiymatining eng yuqori chegarasini hisobga olgan holda sug‘urta polisini berishga vakolatli. Bunday hollarda anderrayting kutilmagan (to‘g‘ri kelmaydigan) mijozni sug‘urta qilmaslik amaliyotiga duch keladi. Biroq brokerda yoki agentda bunday holatlarda narxni oshirish yoki tushirish imkoniyati chegaralangan (yoki undan butunlay mahrum qilingan) bo‘ladi.
Hayot sug‘urtasida ish biroz boshqacharoq kechadi. Bunda ham axborotlarning asosiy manbasi sug‘urtalash uchun ariza hisoblanadi. Lekin bu erda sug‘urtalanuvchining salomatligi bilan bog‘liq ko‘pgina jihatlarga e’tibor qaratiladi, shuning uchun sug‘urta qiluvchi, ayniqsa, ariza beruvchi katta miqdorda sug‘urtalanmoqchi bo‘lsa yoki nasliy kasallikka mubtalo bo‘lgan bo‘lsa, riskni baholash uchun ekspert-shifokor yordamiga muhtoj bo‘ladi.
Tibbiy tekshiruvlar sug‘urtalovchi tomonidan ko‘rsatilgan shifokor tomonidan o‘tkaziladi, sug‘urtalovchi bunday tekshiruvlar bilan bog‘liq xarajatlarni to‘laydi.
Kompaniyalarni sug‘urtalashdagi anderrayting ancha murakkab hisoblanadi. Bu erda sug‘urta ob’ekti sifatida biznesning turli xili chiqadi: ular kichkina do‘konchadan yoki fabrikadan o‘z faoliyatini butun dunyo bo‘ylab amalga oshiruvchi transmilliy korporatsiyalargacha bo‘lishi mumkin. Anderaytingning murakkabligi risk miqdoriga bog‘liq bo‘ladi, lekin har qanday holatda ham ma’lum asosiy prinrsiplarga amal qilinadi.
Anderrayting jarayonida sug‘urtalovchining asosiy vazifasi sug‘urtaga taqdim etiladigan risk bilan bog‘liq omillarni baholash hisoblanadi. Agar sug‘urta ob’ekti uncha katta bo‘lmasa, bunda uning uchun ariza shaklini yoki sug‘urtalanuvchi bilan yozishmalarni o‘qib chiqish etarli bo‘ladi. Sug‘urtalovchi mahalliy agentdan do‘kon yoki fabrikani ko‘zdan kechirib chiqishni iltimos qilishi ham mumkin. Ba’zan riskning hamma tafsilotlarini bitta arizada bayon qilib bo‘lmaydi. Bunda joyidagi inspeksiya yordamida anderrayter uchun zarur bo‘lgan hamma narsalarni riskka taalluqli turli jihatlar bo‘yicha rejalar va hisobotlarni tayyorlab bera oladigan brokerning yordami kerak bo‘ladi. Keyin katta miqdorda bo‘lishi mumkin bo‘lgan hamma hujjatlar anderrayterga beriladi va sug‘urta shartlari, badal (qoplash) miqdori va narxlar bo‘yicha muzokaralar boshlanadi.



Download 239.82 Kb.
1   2   3




Download 239.82 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Anderraytingda riskni boshqarish

Download 239.82 Kb.