Sug‘urtada anderrayting siyosati




Download 239.82 Kb.
bet3/3
Sana24.09.2022
Hajmi239.82 Kb.
#26324
1   2   3
Bog'liq
2-mavzu
Statistika(Oraliq) (1), Налоговый кодекс Республики Узбекистан, xkzbvdehbohboi, Blender 2.92.0, menejment, Toksanbayeva Albina sug\'urta mustaqil ishi, 3-TEZIS, psihologiya-i-alhimiya, Reading log 1 (1), Tarixiy xotirasiz kelajak yo\'q, Волейболни вужудга келиши ХАМДА ўйин қоидалари, ИШЧИ КУЧИ БОЗОРИ ВА БАНДЛИК, O\'ZBEKISTON VA JAHON HAMJAMIYATI, Doc2
2.3. Sug‘urtada anderrayting siyosati

Mukofot stavkasini belgilashda nafaqat yuqorida keltirilgan omillar hisobga olinadi. Hayotni sug‘urtalash bo‘yicha mukofotlar sug‘urtaning boshqa turlari mukofotlarilan keskin farq qiladi. Biz yosh o‘tgani sayin o‘lim ehtimoli ortib borishini bilamiz, lekin bir insonni boshqa insondan farqlovchi boshqa omillar ham mavjud. Yuqorida keltirilgan bazaviy (asosiy) hisob-kitoblar, agar hamma sug‘uralanaligan hayotlar yagonashablon doirasiga joylashtirilsa va hammalari bir xil yoshda umr ko‘rgan bo‘lsalar, ishonchli bo‘lardi. Afsuski, anderrayter uchun bunday holat yuz bermaydi. Bizning hisob-kitoblarimizning shartlari qanoatlantiradigan odam “o‘rtacha” odam deb ataladi. Ayrim anderrayterlar ma’lum “standartlar”dan foydalanadilar. Anderrayterlar tomonidan hayoti nisbatan xavfli deb baholanuvchi odamlar “o‘rtachadan past” yoki nostandart guruhlarga kiritiladi. Risk darajasiga bog‘liq holda sug‘urta tariflari ham o‘zgaradi.


Agar anderrayter mukofotlar stavkasi differensiatsiyasini qo‘llamasa, unga “nostandart” mijozlar ham intilaveradi va ularga ham “standart” larga to‘lanadigan mukofotlarni to‘lashga to‘g‘ri keladi. Shu tariqa, ularga “o‘rtacha” sug‘urtalanuvchilar bo‘naklari hisobiga yaratilgan fond mablag‘lari yo‘naltiriladi va kelgusida fond yuzaga kelgan e’tirozlarni to‘lay olmaydigan holga keladi.
Anderrayter baholaydigan qo‘shimcha omil salomatlik, faoliyati turi va shuningdek, dam olish hamda sevimli kuo‘ngil ochish paytidagi mashg‘ulotlavr haqidagi ma’lumotlar hisoblanadi.
Qaror anderrayter tomonidan aniq hayotning uzoq muddatli istiqbolini baholash asosida qabul qilinadi.nutmaslik kerakki, hayot sug‘urtasila kelishilgan mukofotlar, sug‘urtaning boshqa turlaridagi kabi, shartnoma amal qilib turgan yilning tugashi bilan o‘zgarishi mumkin emas. Shuning uchun anderraytae shartnoma tuzishda to‘g‘ri qarorni taglashi muhim.
Ko‘pchilik holatlarda sug‘urta uchun berilgan ariza shaklida ko‘rsatilgan axborotlar mukofotning maqbul stavkasi bo‘yicha qaror qabul qilish uchun etarli bo‘ladi.Ba’zan javoblar yashirin va noaniq bo‘ladi.bunda anderrayter qo‘shimcha ma’lumotlar so‘rab olishi mumkin. U ariza beruvchining shifokori fikrlarini hisobga olishi, shuningdek, sug‘urta kompaniyasi xususiy shifokori bilan maslahatlashishi yoki shifokor ko‘rigini tayinlashi, elektrokardiogrammasini so‘rab olishi, mutaxassislar tekshiruvini tashkil qilishi mumkin. Bu murakkabliklarning hammasi hisobni yuritish va operatsiyalarni rasmiymiylashtirishga xarajatlarni ko‘paytiradi, lekin anderrayter sug‘urtalash uchun ariza bilan birga hamma guvohnomalar va dalillarni yiqqanan keyingina risk darajasi va hayot davomiyligi haqida qaror qabul qila oladi.
Anderrayter qabul qilishi lozim bo‘lgan birinchi guvohnoma arizachini kuzatib boruvchi (davolovchi) shifokorning tibbiy ma’lumotnomasidir. Odatda, standart savollar beriladi, u alohida to‘lov uchun, ba’zan hatto mijozini, ko‘zdan kechirmasdan ham, o‘zini avvalgi yozuvlari asosida kelishilgan shakl(forma)larni to‘ldirib beradi.
Shifokordan olingan materiallarni o‘rganib chiqqandan keyin anderrayter arizachini shifokor ko‘rigidan o‘tkazish haqida qaror qabul qilishi mumkin. Odatda, buning uchun avval arizachi bilan tanish bo‘lmagan begona shifokorlar tanlanadi, bla’zanesa ariza beruvchining davolovchi shifokori tomonidan tekshiruv o‘tkazilishi ham yo‘lga qo‘yiladi.Tekshirib ko‘rish ikki qismdan iborat bo‘ladi.
Avvao ishifokor mijozning kasallik tarixi haqida savollar beradi(bu bir vaqtning o‘zida arizadagi savollarga javoblarpni tekshirib ko‘rish va agar bo‘lsa, faktlar ongli va ongsiz(beixtiyor bilmasdan)yashirilganligini aniqlash imkonini beradi). Keyin u shaxsan tibbiy tekshiruvni amalga oshiradi. Uning sug‘urta qiluvchiga beradigan hisobotida arizachini “o‘rtacha” yoki nostandart deb hisoblash mumkinmi yoki sug‘urtalash rad etish haqidagi fikrlardan iborat bo‘ladi.
Bularni olgach, xulosaning oxirgi hujjatlashtirilgan xulosasini sug‘urta kompaniyasining tibbiy eksperti beradi. Shundan keyin anderrayter o‘z qarorini qabul qilishi zarur. U miqdori sug‘urtalanuvchining hayoti davomiyligiga bog‘liq holda yuqori mukofot tayinlashi mumkin.U sug‘urta summasini ma’lum davrga “muzlatib qo‘yish”ni qo‘llash mumkin. Bu shartnomaning amal qilish muddati tugashidato‘lovlarga tegilmasligini, o‘lim holati bo‘yicha to‘lov esa bu hola dastlabki bir necha yilda yuz berganda kamayishini bildiradi. Bu usul o‘ta keng qo‘llanilmasa ham, anderraytingning fikriga rozi bo‘lmagan va o‘zining erta o‘limi riskining bir qismini qabul qilishga rozi bo‘lgan sug‘urtalanuvchi uchun qulay. Sug‘urtalanuvchining ahvoli yaxshilangan holatlarda muzlatish muddati to‘liq yo‘qolgunga qadar har yili pasaytirib boriladi.
Hayot sug‘urtasi bo‘yicha ko‘pchilik kompaniyalar ma’lum yoshdan katta va kelishilganidan ortiq bo‘lmagan summaga sug‘urtalanishni xohlovchi hamma arizachilar uchun tekshirib chiqilmaydigan( ko‘rikdan o‘tkazilmaydigan) sxemani qo‘llaydilar. Bunday holatlarda, odatda, sug‘urtaga arizaning mufassal bayon qilingan shaklidan foydalaniladi.
Download 239.82 Kb.
1   2   3




Download 239.82 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sug‘urtada anderrayting siyosati

Download 239.82 Kb.