Kiberhuquq va kiberetika sohasida Uzbekiston Respublikasi qonunchiligi




Download 8,64 Kb.
bet2/2
Sana25.05.2024
Hajmi8,64 Kb.
#253683
1   2
Bog'liq
2-Mustaqil ish Kiberhuquq va kiberetika sohasida halqaro qonunch-fayllar.org

Kiberhuquq va kiberetika sohasida Uzbekiston Respublikasi qonunchiligi.
Jahon axborot maydonini yaratish kishilik taraqqiyotining hozirgi bosqichida insoniyat oldida turgan ulkan vazifalardan biridir. Xalqaro huquqiy axborotlar maydoni ana shu jahon axborot maydonining bir qismi bo'lishi lozim. Xalqaro kompyuter tarmoqlari jahonning deyarli barcha mamlakatlarini qamrab olishi zarur. Bu jahon iqtisodiyoti, siyosati, biznesi, ijtimoiy munosabatiar, shartnomalar tuzish, to'lovlami amalga oshirish va boshqa sohalarda yangi imkoniyatlar ochadi. Xalqaro kompyuter tarmoqlarining tashkil etilishi milliy tizimlarni takomillashtirish zarurati bilan bog'liq. Ko'pgina rivojlangan mamlakatlarda axborot texnologiyalari sohasida ortda qolish qaytmas jarayonga aylanishi mumkinligiga ishonch kuchayib borayotir. O'zbekistonda axborotlashtirish jarayonlarining rivojlanishi umumiy inqiroz va axborot inqirozi sharoitlarida kechmoqda. O'zbekistonda axborotlashtirish jarayonlarining rivojlanishi: axborot texnologiyalari, aloqa va telekommunikatsiya vositalari taraqqiyotidan ortda qolganligi; mamlakatda telefonlashtirish yetarli darajada zich emasligi; milliy axborot qonun hujjatlari taraqqiyotdan ortda qolganligi, bir qator muhim qonunlar hanuz qabul qilinmaganligi, amalga joriy etilgan qonunlar esa ko'pincha bajarilmasligi; jamiyat a’zolari huquqiy-axborot madaniyatining pastligi; O'zbekistonning jahon axborot hamjamiyatiga qo'shilishi masalalariga davlat hokimiyati organiari, jamoat birlashmalari va ommaviy axborot vositalari tomonidan yetarli darajada e’tibor berilmasligi bilan farq qiladi. O'zbekiston eng yangi axborot texnologiyalari sohasida rivojlangan g'arb mamlakatlaridan hatto optimistik baholashlar bo'yicha ham 25-30 yilga ortda qolgan. Jumladan, informatika vositalarini ishlab chiqarish hajmlari, EHM texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlari va axborot uzatish tizimlari bo'yicha O'zbekiston AQShdan 4-5 baravar ortdadir. O'zbekistonning jahon axborot maydoniga kirishi konsepsiyasini shakllantirish negizida xalqaro tarmoq tushunchasi yotadi. Xalqaro tarmoq - bu komponentlari bir nechta mamlakatda joylashgan kompyuter tarmog'idir. Bunday tarmoqlar ilmiy tadqiqotlarni axborotlar bilan ta’minlash, iqtisodiy va texnologik vazifalarni hal qilish uchun tashkil etiladi. Jahondagi ilg'or mamlakatlarning axborot yig'ish, qayta ishlash va uzatish yagona jahon uyali axborot tarmog'ining zamonaviy telekommunikatsion aloqa vositalari kommutatsiya kanallariga ega davlat aloqasi, yo'ldoshli aloqa tizimlari, yer osti aloqa tizimlari, ko'chma va statsionar obyektlarga ega radioaloqa hamda hujjatlar almashish tizimlaridan foydalanadi. Bugungi kunda barpo etilayotgan va muvaffaqiyatli ish olib borayotgan jahon tijorat va bank tarmoqlarida global yo'ldoshli tizimlar, EHM tarmoqlari, xalqaro aloqa tizimlari va teleradioaloqa tarmoqlaridan keng foydalanilmoqda. Internet muhim xalqaro kompyuter tarmog'i hisoblanadi. Internet jahon kompyuter tarmog'i davrimizning buyuk yutuqlaridan biridir. Bugungi kunda Internet, uning ilovalari va texnologiyalari ko'pgina mamlakatlarning iqtisodiyoti mudofaa qobiliyatiga ta’sir ko'rsatmoqda, ularning rivojlanishining muhim omili bo'lib xizmat qilmoqda, tijorat va savdo-sotiqning o'sishiga yordam bermoqda. Internet global tarmog'i jahonning 200 dan ortiq mamlakatini birlashtirgan. Mazkur tarmoq faqat milliy miqyosdagi (AQSH va Kanada) infratuzilmalar bilan emas, Yevropaning shunday kontinental infratuzilmalari bilan ham ta’minlanadi. O'zbekiston Respublikasining davlat chegarasi orqali axborot mahsullarini uzatish va olish, shuningdek axborot xizmatlari ko'rsatishni tartibga soladi. Mazkur qonun shuningdek O'zbekiston Respublikasining davlat axborot resurslarini to'ldirish uchun respublika hududiga olib kiriladigan hujjatlashtirilgan axborotlaming (shu jumladan sotib olinadigan hujjatlashtirilgan axborotlaming) tarkibini aniqlash tartibini hamda ularni sotib olish tartibini ham belgilaydi.
http://fayllar.org
Download 8,64 Kb.
1   2




Download 8,64 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kiberhuquq va kiberetika sohasida Uzbekiston Respublikasi qonunchiligi

Download 8,64 Kb.