|
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Boshlang‘ch ta’lim yo‘nalishi 203-guruh talabasi Ta’limda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida axborot olish madaniyatining mavjud bo‘lishi ahamiyatliligi Annotatsiya
|
bet | 1/2 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 33,45 Kb. | | #237618 |
Bog'liq Achilova Nargiza
Yusupova Gulsanam
E-mail: majidovshaxriyor1@gmil.com
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika
universiteti Boshlang‘ch ta’lim
yo‘nalishi 203-guruh talabasi
Ta’limda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida axborot olish madaniyatining mavjud bo‘lishi ahamiyatliligi
Annotatsiya: Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining axborot istemoli madaniyatini rivojlantirishning ayrim metodik masalalari yoritib berilgan. Bugungi globallashuv davrida axborot madaniyati sohasida vujudga kelayotgan dolzarb muammolar xususan dunyoning ayrim mintaqalarida toboro kuchayib ildiz otib borayotgan ma’naviy inqiroz xavfi o‘quvchilarda axborot tahdididan asrash ular orasida mutolaa madaniyatining rivojlantirish masalalari hamda ta’lim tizimida yangi axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib dars jarayonini tashkil etish borasida so‘z yuritiladi.
Kalit so‘zlar: ta’lim, axborot, innovatsion, boshlang‘ich sinflar, kopmyuter, texnika, qonunlar.
Ta’limdagi islohatlar natijasida o‘quv jarayoniga yangi axborot-kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalarini, elektron darsliklar hamda multimedia vositalarini keng joriy еtish hisobiga mamlakat maktablari, kasb-hunar kollejlari va litseylarida, oliy ta’lim muassasalarida ta’lim berish sifatini tubdan yaxshilash, ta’lim muassasalarining o‘quv-laboratoriya bazasini eng zamonaviy o‘quv va laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi bilan mustahkamlash, shuningdek, o‘qituvchilar va murabbiylarning mashaqqatli mehnatini moddiy hamda ma’naviy rag‘batlantirishning samarali tizimini shakllantirish zarurdir.
Boshlang‘ich ta’lim tizimida yangi pedagogik texnologiyalar, shu jumladan,axborot texnologiyalari bilim olish motivini rivojlantirishga katta yordam beradi.
Axborot texnologiyalari asosida tashkil etilgan darslar tashkiliy usullari, o‘tkazish metodlariga ko‘ra o‘quvchi ehtiyojiga mos tushishi kerak. Chunki bunday darslar bola ruhiyatiga yaqinroq bo‘ladi. O‘quvchilarning o‘quv materiallarini o‘zlashtirishga bo‘lgan qiziqish, xohish va istaklarini qo‘zg‘atish asosida maqsadga erishish motivatsiya bo‘lib, bu o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro ichki yaqinlashuvidir. Ilmiy tadqiqotlarda shu narsa ta’kidlanmoqdaki, axborot-kommunikatsion texnologiyalar o‘quvchilarning nazariy, ijodiy va refleksiv tafakkuri rivojlanishiga katta ta’sir etadi. O‘quvchilarning xotirasida u yoki bu hodisa, jarayonning obrazli ifodalanishi o‘quv materialini boyitib, uning ilmiy jihatdan o‘zlshtirilishiga yordam beradi.
Axborot - so‘zi lotincha «informatio» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib,«tushuntirish, bayon etish» - degan ma’nolarni anglatadi.
Axborot texnologiyalarini ta’lim tizimiga tatbiq etish o‘quv jarayonida
zamonaviy o‘qitish metodlarini qo‘llashga keng imkoniyatlar ochadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 5 nozbrdagi “Raqamli O‘zbekiston - 2030 strategiyasini tasdiqlash va uni amalga oshrish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PF-6079-son farmonida asosida ta’lim jarayonida axborot texnologiyalarni qo‘llash yuzasidan qator vazifalarni belgilab beradi. Axborot texnologiyalari jamiyat tuzilmasining shu qadar ajralmas qismiga aylanib ulgurdi, endi u shunchaki texnologik jarayon emas, aksincha, ijtimoiy jarayonga aylanib bormoqda. O‘qitish va o‘rganish jarayonida Internet texnologiyalariga katta o‘rin ajratilmoqda. Bunday texnologiyalar ta’lim jarayoniga ko‘maklashib, o‘qitish dasturlari, o‘quv qo‘llanmalari, elektron darsliklar va jurnallardan foydalanish imkoniyatini yaratmoqda, bu esa o‘z navbatida foydalanuvchilarga ilmiy maktab ishlarini ta’minlamoqda. O‘quvchilarni internetdan olayotgan axborotlariga tanqidiy yondoshish va uning foydali manbalari asosida o‘z duyoqarashini kengaytirish, g‘arazli manbalar asosida o‘z dunyoqarashini kengaytirish, g‘arazli ma’lumotlarni inkor eta bilish g‘oyat muhimdir. Boshlang‘ich sinflar o‘quvchilari uchun turli didaktik materiallar to‘plamidan foydalanib, ko‘rgazmali-mashq, nazorat-mashqlari va test sinovlari modullari kiritilgan aralash kompyuter dasturlarini tayyorlash mumkin. Unga fanga oid qoidalarni joriy o‘rganish va umumlashtirilgan takrorlash uchun uchta variantlarda berilgan grammatika-orfografik mavzular bo‘yicha boy va turli-tuman materiallardan foydalanish yaxshi samara beradi.
1-sinfda o‘qish darsida elektron o‘quv qo‘llanmalari tayyorlab, foydalanish
mumkin. Unda so‘zni tovushli-harfli tahlil qilish, so‘zning bo‘g‘inlari tuzilishi, ba’zi orfogrammalar o‘rganilishi turli qiziqarli ko‘rgazmali va ovozli material berish mumkin. Yorqin rasmlar, g‘aroyib, qiziqarli topshiriqlar kichik yoshdagi o‘quvchilarda ona tiliga qiziqishni oshirishga yordam beradi, o‘yin shaklida o‘quv materiali bilan tanishish imkonini beradi, o‘zini nazorat qilish va o‘quv refleksiyasi uchun keng imkoniyatlar taqdim etadi. Ushbu qo‘llanma bo‘yicha ta’lim jarayonini differensiatsiyalashga turli darajadagi murakkablikdagi topshiriqlarni tanlab olish yordamida erishiladi. Savodxonlikka o‘qitish bo‘yicha tematik rejalashtirishni ishlab chiqishda rejalashtirishga tegishli elektron mavzular va bo‘limlarni kiritish mumkin.
Masofali ta’lim o‘qitishing zamonaviy shakllaridan biri sifatida ta’lim tizimining barcha sohalarida o‘z o‘rnini topmoqda. Jumladan, Internet tarmog‘idagi o‘quv materiallaridan keng foydalanilmoqda. Internetdan olinadigan materiallarning aksariyati multimedia shaklida yaratilgan.
Masalan, boshlang‘ich sinflar uchun
Dars jarayonida zamonaviy axborot muhitini yaratish, o‘quvchilarga qulay usullarda dars berish ularning bilim salohiyatini oshirish kelajakda jamiyatimizga kerakli shaxs bo‘lib yetishishlariga katta hissa qo‘shadi. Mamlakatimizda ta’lim sohasida keng qamrovli ishlar olib borilmoqda ilg‘or xorijiy tajribalar asosida darslarni tashkil etish, o‘quvchilarga zamonaviy axborot tizimi asosida ta’lim berish shuningdek axborot madaniyatini rivojlantirish muhim sanaladi. Ta’lim tizimini modernizatsiyalashda ta’limning barcha bo‘g‘inlarida tobora faol qo‘llanilayotgan ilg‘or pedagogik texnologiyalarning turli yo‘nalishi o‘quvchilarning ma’naviy kuchi, qobilyatlarini ochish uchun maqbul sharoit yaratib bermoqda. Dars mavzusiga oid multemidiya, animatsiya, grafika, diafilm va vidiofilmlardan foydalanish dars jarayonini yanada qiziqarli bo‘lishiga ko‘mak beradi. O‘quv mashg‘ulotlari davomida pedagogik jarayon o‘z navbatida, o‘qituvchi darsni zamonaviy tashkil etishi, takomillashtirishi o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga, axborotlarni to‘g‘ri va asosli qidirib ularni tahlil qilishi o‘quvchilarni fikrlashga va muammoli vaziyatlardan chiqishga asosiysi xulosa qilishni o‘rgatadi. Axborot komunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish o‘quvchilarning nazariy, ijodiy va refleksiv tafakkuri rivojlanishiga katta ta’sir etadi.
O‘quvchining xotirasida u yoki bu hodisa, jarayonning obrazli ifodalanishi o‘quv materialini boyitib, uning ilmiy jihatdan o‘zlashtirilishiga yordam beradi. O‘quv mashg‘ulotlarini mavzu doirasida kompyuter texnologiyalari asosida testlarni yechish to‘g‘ri javobni tahlil qilishi, o‘qituvchining darsni samarali hamda ta’lim sifatini yanada rivojlantirishiga o‘quvchilarni zukko va ilmli bo‘lishlariga zamin yaratadi. Boshlang‘ich sinflarda turli fanlarni axborot komunikatsiya texnologiyalaridan asosli foydalanib dars o‘tish o‘quvchilarni ta’lim jarayonida ijobiy motivatsiyalar berish, darsda bajariladigan ish hajmi ham 1.5 – 2 baravarga oshirish, bilimni nazorat qilish o‘quvchilarning faoliyatida izlanish, ijod qilish samaradorligini oshiradi. O‘quv jarayonlarida o‘quvchining berilgan vazifasini anglab olish motivini kuchaytiradi. Sinfdagi o‘quvchilarning darsga faol qatnashishi ta’minlanadi. Boshlang‘ich ta’limda zamonaviy axborot komunikatsiyalarining keng joriy etilishi fan sohasida axborotlashtirishni, o‘quv faoliyatini intellektuallashtirishni, integratsiya jarayonlarini chuqurlashtirishni ta’lim tizimini infratuzilmasi va uni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirishga olib keladi. Darsni zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil qilish bola ruhiyatiga yaqinroq bo‘ladi.
O‘quvchilarning o‘quv materiallarini o‘zlashtirishga bo‘lgan qiziqish, xohish va istaklarini qo‘zg‘atish asosida maqsadga erishish motivatsiya bo‘lib, bu o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro ichki yaqinlashuvidir. Boshlang‘ich sinfda axborot texnologiyalari asosida o‘quv jarayonlarini tashkil etish o‘quvchilarning kognitiv psixologiya sohasini faollashtirishga, ta’lim materiallarini muvaffaqiyatli o‘rganish va aqliy rivojlanishiga xissa qo‘shishi kerakligini yodda tutush kerak. Innovatsion va axborot texnologiyalarini ta’lim jarayoniga tadbiq qilishni zamonaviy axborot dunyosini rivojlanishidagi mantiqiy va zaruriy qadam deb atash mumkin. Bola axborot komunikatsiya texnologiyalarining ma’lum bir o‘quv fuksiyasini bajarishi eslab qolishiga yordam berishi kerak. Axborot texnologiyalari o‘quv jarayonining yordamchi elementi bo‘lishi kerak deb o‘ylayman. Mamkakatimiz yoshlariga zamon talabiga mos ta’lim tarbiya berish jarayoniga yangi zamonaviy axborotkommunikatsiya texnologiyalari tizimi va internet tarmog‘i imkoniyatlarining tadbiq etilishi o‘zining ta’lim samarasini oshirish omili ekanligini allaqachon namoyon etmoqda.
Boshlang‘ich sinflarda axborot madaniyatini oshirish ularning ijtimoiy tarmoqlardan axborot komunikatsiya texnologiyalaridan to‘g‘ri foydalanish kerakligini tushuntirish zarur hisoblanadi. Bugungi kunda internet — inson hayotining ilk bosqichidanoq uning ajralmas qismiga aylanib qolgani bois, bolalarni uning xavfidan himoyalash masalasi bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi va mazkur muammo global miqyosda hal etilishi taqozo etiladi. Internet bolalar tarbiyasida o‘ta muhim o‘rin egallaydi. Chunki, bola tarbiyaga oid xulqatvor ko‘nikmasi, hayot tamoyillarini, xatto yaxshi yoki yomonni ijtimoiy tarmoq vositalaridan olmoqda. Biroq virtual olamda ham ularni muayyan xavf-hatarlar va tahdidlar kutib turgan bo‘lishi mumkin. Axborot xavfsizligi bo‘yicha o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarga oddiy va tushunarli tarzda yetkazish kerak. 7–10 yoshda bolaning farqlash hissi juda faol bo‘lgani bois, unga to‘g‘ri axborotlarni berishni nazorat qilmoq lozim. Chunki shu yoshda axborotni anglash qobiliyati shakllana boshlaydi. Ushbu yoshdagi boshlang‘ich sinf o‘quvchilari hisoblanib endigina o‘qishni o‘rgangani, qaysi saytga kirgani va qanday muammolarga duch kelishi mumkinligini oxirigacha tushunib yetmaydilar. Multfilm va rang-- barangligi bilan jalb qiluvchi o‘yinlarga qiziqish bo‘lgani bois, bolalar ko‘p hollarda shu kabi axborotlarni izlashadi. Shu sababli boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining internetdan foydalanishini ota-ona o‘qituvchi yoki kattalar tomonidan doimo nazorat qilinishi zarur. ,,Hayot vaqtlardan iborat” degan edi buyuk allomalardan biri, o‘quvchilar vaqtini har xil o‘yinlar bilan emas balki kitob mutolaasi, turli xil to‘garaklar hamda sport mashg‘ulotlari o‘tkazishlarini ta’minlash bugungi kunda zarur hisoblanadi. Internet tarmog‘ida tarqalayotgan va yosh avlodga ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan axborotlarni filtrlash yoki zararli resurslarni cheklash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Internetda juda ko‘p foydali, ma’rifiy va qiziqarli axborotlar mavjud bo‘lib, ulardan to‘g‘ri va samarali foydalangan o‘quvchiga turli sohalar bo‘yicha bilimi oshib boradi. Kelajakda o‘z kasbini tanlashga qiyinchiliklarga duch kelmaydi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida sinfdan tashqari ishlarda o‘quvchilar orasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, badiiy faoliyat bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishning eng samarali yoʻnalishi hisoblanadi.
Oʻqish va ona tili, matematika va tabiatshunoslik kabi fanlar ham oʻquvchilarning ijodiy salohiyatini rivojlantirish uchun juda koʻp imkoniyatlarga ega. Sport mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanish esa o‘quvchi yoshlarni sog‘lom shaxs bo‘lib yetishishlariga imkon beradi. Badiiy oʻqish darslarida oʻqituvchi tomonidan qoʻyilgan maqsadga bogʻliq ravishda, ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish jarayoni turli yoʻllar bilan amalga oshirilishi mumkin. Sinfdan tashqari darslarda o‘quvchilar orasida axborot komunikatsiya texnologiyalari asosida ibratli multifilmlarni targ‘ib qilish yoki bolalar o‘rtasida turli musoboqalarni zamonaviy texnologiyalar bilan o‘tkazish ularning qobiliyatlarini rivojlantirishga katta xissa qo‘shadi deb o‘ylayman.
Yuqorida fikrlarimizdan xulosa qilib aytshimiz mumkinki ta’limning zamonaviy jamiyat hayotida o‘rni ko‘p jihatdan axborot jamiyati axborot sivilizatsiyasini shakllantirish, ta’limni axborotlashtirish tushunchalarida o‘z aksini topadigan bilim va ma’lumotlarning o‘sib borayotgan roli bilan belgilanadi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Boshlang‘ch ta’lim yo‘nalishi 203-guruh talabasi Ta’limda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida axborot olish madaniyatining mavjud bo‘lishi ahamiyatliligi Annotatsiya
|