|
Таълим ЙЎналиши 2-олий таълим (сиртқи) 1-гуруҳ талабаси: Иброхимов Исмоил
|
Sana | 19.12.2023 | Hajmi | 278,36 Kb. | | #124090 |
Bog'liq Iqtisodiy siyosat fanini taxlili[1]
ДЕНОВ ТАДБИРКОРЛИК ВА ПЕДАГОГИКА ИНСТИТУТИ
ИҚТИСОДИЁТ ТАРМОҚЛАРИ ВА СОҲАЛАРИ БЎЙИЧА
таълим ЙЎНАЛИШИ 2-ОЛИЙ ТАЪЛИМ (сиртқи)
1-ГУРУҲ талабаси: Иброхимов Исмоил
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi
Iqtisodiy sharh
Iqtisodiy sharh – Iyul, 2023
Iqtisodiy sharh – 2 chorak
Mamlakat Platformasi
Iqtisodiy sharh – Iyun, 2023
Bosh sahifaIqtisodiy sharh – Iyun, 2023
Umumiy holat
Umuman olganda, 2023-yilning iyun oyida Oʻzbekiston iqtisodiyoti umumiy holatda inflyatsiya darajasi pasayib, valyuta kursi esa nisbatan barqaror qolganligi kuzatildi. Shuningdek, may oyida tashqi savdoning oʻsish surati oʻtgan yilning mos davriga nisbatan sezilarli darajada tezlashdi.
Iqtisodiy oʻsish
Oʻzbekistonda 2023-yilning yanvar-may oylarida sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish oʻtgan yilning shu davriga nisbatan real koʻrsatgichlarda 5,7 foizga oʻsdi. Taqqoslash uchun, 2022-yilning mos davrida sanoatda 6 foizlik oʻsish qayd etilgan edi. 2023-yilning yanvar-may oylarida qurilish sektori 4,7 foizga oʻsdi hamda 2022-yilgi 3,2 foizlik oʻsish bilan taqqoslaganda qurilish sohasida oʻsish sezilarli darajada tezlashdi. Oʻzbekistonda chakana savdo hajmining oʻsish surati 2022-yilning yanvar-may oylarida qayd etilgan 10,1 foizga nisbatan biroz sekinlashib joriy yilda 7,2 foizni tashkil etdi. 2023-yilning yanvar-may oylarida Oʻzbekistonda bozor xizmatlari hajmi 12,6 foizga oʻsganligi kuzatildi . Taqqoslash uchun, 2022-yilning mos davrida bozor xizmatlarining oʻsish surati 15,8 foizni tashkil etgan edi. Bozor xizmatlarning eng katta ulushi moliya, transport va savdo xizmatlari hissasiga toʻgʻri keldi.
Taʼkidlab oʻtish kerakki, barcha sohalar nisbatan sogʻlom surʼatlarda oʻsmoqda. Bundan tashqari, roʻyxatdan oʻtgan kompaniyalar soni ortib borayotganligi iqtisodiyotda tadbirkorlik faoliyatini boshlashga qiziqish saqlanib qolayotganligini koʻrsatadi.
1-diagramma : 2023-yil yanvar-may oylari sohalar oʻsish surati
Manba: https://stat.uz/images/uploads/reliz-2023/infographic uzb_20_06_2023.pdf
Inflyatsiya va pul-kredit siyosati
Iyun oyida oylik inflyatsiya -0.3 foizni tashkil etdi va oʻtgan oyga nisbatan 0.8 foiz bandga sekinlashdi. 2022-yilning mos davrida oylik inflyatsiya darajasi 0,9 foizni tashkil etgan edi. Yil boshiga nisbatan umumiy narxlar indeksi 3,5 foizga oshdi, bu 2022-yilning mos davriga (6,5 foiz ) nisbatan sezilarli sekinlashish hisoblanadi. Olti oy davomida oʻrtacha oylik inflyatsiya 0,6 foizni tashkil etib, oxirgi 5 yildagi eng past koʻrsatkichni namoyon qilgan.
2-diagramma : Oylik umumiy va oziq-ovqat mahsulotlari inflyatsiyasi
Manba: https://stat.uz/images/uploads/reliz-2023/narx_reliz_31_05_2023_uzb.pdf
Iyun oyida yillik inflyatsiya surʼati oʻtgan oylardagi kabi pasayishda davom etib 9,0 foiz ni tashkil etdi. Taqqoslash uchun, yillik inflyatsiya may oyida 10,4 foiz, aprel oyida 11 foiz hamda mart oyida 11,7 foizni tashkil etgan edi. Yillik inflyatsiyaning sekinlashishi, asosan, 2022-yilda yuqori bazaviy effekt, shuningdek, import inflyatsiyasi bosimining pasayib borayotganligi bilan izohlanadi.
3-diagramma: Yillik isteʼmol narxlari indeksi (inflyatsiya)
Manba: https://stat.uz/images/uploads/reliz-2023/narx_reliz_31_05_2023_uzb.pdf
Joriy yilning 15-iyunida Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida oʻzgarishsiz qoldirish boʻyicha qaror qabul qildi. Oylik inflyatsiya pasayib borayotganligiga qaramasdan Markaziy bankning asosiy stavkani oʻzgarishsiz qoldirishiga asosiy sabab sifatida bazaviy inflyatsiyaning hanuzgacha asosiy inflyatsiyadan yuqori shakllanayotganligi boʻldi. Xususan, may oyida bazaviy inflyatsiya darajasi 12,4 foizni (aprelda 12,9 foiz) tashkil etib, 2022-yil dekabridagi 13,8 foizdan biroz pasaygan. Bazaviy inflyatsiyaning umumiy inflyatsiyadan yuqori shaklanayotganligi iqtisodiyotda maʼlum inflyatsion xatarlar saqlanib qolayotganini koʻrsatadi.
Joriy yilda Markaziy bank maqsadli koʻrsatgich sifatida yillik inflyatsiyaning 8,5-9.5 foiz oraligʻida shakllanishiga erishmoqchi. Ammo iyun oyiga kelib inflyatsiya koʻrsatgichi Markaziy bank kutilmalaridan koʻra tezroq pasayayotgandek taʼsirot uygʻotmoqda. Xususan, iyun oyida yillik inflyatsiya 9 foizni tashkil etib 2016-yil avgust oyidan buyon kuzatilmagan tarixiy past koʻrsatgichni namoyon qildi. Yillik inflyatsiyaning bu tarzda sekinlashishi Markaziy bankning kelgusi boshqaruv yigʻilishlarida asosiy stavkaning pasaytirib borilishiga zamin yaratadi.
Xalqaro zaxiralar
1-iyun holatiga koʻra, Oʻzbekiston oltin-valyuta zaxiralari qariyb 34,4 milliard dollarni tashkil etdi. Taʼkidlash kerakki, Oʻzbekistondagi xalqaro zaxiralarning hozirgi darajasi XVF kabi xalqaro tashkilotlar tavsiya qilgan darajadan sezilarli darajada yuqori shakllangan. Hozirgi kunda zaxiralar 13,6 oylik importni qoplash uchun yetarli boʻlib, bu jahon va qoʻshni mamlakatlardagi oʻrtacha zaxiralar darajasidan sezilarli darajada yuqori hisoblanadi.
Valyuta kursi dinamikasi
4 -diagramma : 2023-yil may va iyun oylarida asosiy valyutalarning soʻmga nisbatan oʻzgarishi (nominal valyuta kursi)
1-may 100 ga tenglashtirilgan oʻsish = soʻmning qadrsizlanishi;
Manba: Markaziy bank maʼlumotlariga asoslangan
2023-yilning may-iyun oylarida soʻm kursi AQSH dollariga nisbatan barqaror shakllandi. Faqatgina iyun oyi soʻngida soʻmning 1 foizga qadrsizlanishi kuzatildi (4-diagramma). May oyida soʻmning yevroga nisbatan kursi 2 foizdan koʻproq oshdi va bu soʻmning oldingi oylardagi qadrsizlanish tendensiyasini toʻxtatdi. Biroq, iyun oyida soʻm Yevroga nisbatan yana qadrsizlanib, oxir-oqibat, davrni deyarli 1-maydagi kurs bilan yakunladi .
May oyi boshida soʻm kursi Rossiya rubliga nisbatan sezilarli(7 foiz) qadrsizlandi, ammo soʻmning rublga nisbatan kursi oyning ikkinchi yarmida barqarorlasha boshladi hamda oy oxirida may oyi boshidagi darajaga qaytdi.
2022-yil ikkinchi yarmidan buyon kuzatilgan soʻmning rublga nisbatan oʻsish tendensiyasiga muvofiq iyun oyi davomida soʻm rublga nisbatan qadri oshishda davom etdi. Iyun oyi soʻngida soʻm rublga nisbatan (1-may bilan taqqoslaganda)
4 foizdan ortiq qadri oshdi. May oyida soʻm Qozogʻiston tengesiga nisbatan qariyb 1 foizga qadrsizlandi va iyun oyida ham shu darajada saqlanib qoldi. Tenge mintaqadagi geosiyosiy vaziyatning keskinlashuvi natijasida oʻtgan yilgi pasayishdan tiklanishni davom ettirmoqda. 2023-yilning may oyida Qozogʻiston tengesining qiymati soʻmga nisbatan 2022-yil fevral oyi boshidagi qiymatidan doimiy ravishda yuqori shakllangan. May-iyun oylarida Qirgʻiziston somi hamda Tojikiston somonisi AQSH dollari bilan bir xil tendensiyada shakllangan.
May oyida soʻm kursi turk lirasiga nisbatan oʻsishda davom etgan. bu tendensiya iyun oyida yanada tezlashgan boʻlib, natijada iyun oyining oxiriga kelib soʻm liraga nisbatan 1-maydagi holat bilan taqqoslaganda deyarli 25 foizga ga qadri oshgan. Bu holat Turkiyada yuritilayotgan yumshoq monetar siyosat hamda yumshoq monetar siyosat natijasida kuzatilayotgan yuqori inflyatsiya bilan izohlanadi. Bundan tashqari, Turkiya Markaziy banki prezidentlik saylovlaridan keyin lirani himoya qilish uchun zaxiralardan foydalanish amaliyotini toʻxtatganligi ham liraning may-iyun oyidagi tendensiyasiga sezilarli taʼsir oʻtkazdi.
Xalqaro savdo
Joriy yilning yanvar-may oylarida Oʻzbekistoning tashqi savdo aylanmasi 25,8 mlrd dollarni tashkil etib oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 25,4 foizga oʻsgan. Bunda eksport 10,5 mlrd dollarni tashkil etgan boʻlsa, import 15,3 mlrd dollarni tashkil etgan. Eksport hamda importning oʻsish surati mos ravishda
24,1 foiz hamda 26,4 foizni tashkil etgan. Tashqi savdoning manfiy saldosi
4,8 mlrd dollarni tashkil etgan. Taqqoslash uchun 2022-yilning mos davrida tashqi savdo defitsiti 3,6 mlrd dollarni tashkil etgan edi.
5-diagramma oylik eksport hamda importning oʻsish surati
Manba: https://stat.uz/images/uploads/reliz-2023 tashqi-savdo 20.06.2023 uzbbbs.pdf
May oyida 2,8 mlrd dollarlik Tovar va xizmatlar eksport qilingan boʻlib oʻtgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 2,3 barobarga oʻsgan. Bunda, eksportning oʻsishiga asosiy taʼsir oʻtkazgan omil oltin eksporti boʻlgan. Xususan, may oyida 1,3 mlrd dollarlik oltin eksport qilingan. May oyida Oltinsiz eksport ham nisbatan yuqori suratlarda oʻsganligi qayd etilgan. Xususan, aprel oyida oylik oltinsiz eksport 5 foizga qisqargan boʻlsa, may oyida oltinsiz eksportning oʻsish surati 22 foizni tashkil etgan.
May oyida oylik import 3,4 mlrd dollarni tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 64 foizga oʻsgan, taʼkidlash kerakki, importning oʻsish surati may oyida joriy yildagi oʻzining eng yuqori suratini namoyon qilgan.
6-diagramma: 2023-yil may oyida oltinning kunlik narxi evalutsiyasi
Manba: https://www.gold.org/goldhub/data/gold-prices
Alohida davlatlar orasida Xitoyga eksport 10 oylik tanaffusdan keyin yana oʻsishni boshlagan. Xususan may oyida Xitoyga oylik eksport 15 foizga oʻsgan. Rossiyaga esa oylik eksport ketma-ket uchinchi oydirki qisqarmoqda. May oyida Rossiyaga oylik eksport 11 foizga qisqargan. Bu holat 2022-yildagi yuqori baza effekti bilan shuningdek ikkilamchi sanksiyalarga tushib qolish xavotirining oshishi bilan bilan izohlanadi. Yana bir asosiy savdo hamkorimiz boʻlgan Turkiyaga oylik eksport qisqarishda davom etmoqda. May oyida Turkiyaga oylik eksport 47 foizga qisqargan.
Qoʻshnilarimizdan Qirgʻizistonga eksport uchinchi oydirki qisqarayotgan boʻlsa(may oyida oylik eksportning qisqarishi 15 foizni tashkil etgan), Qozogʻistonga oylik eksport aprel oyidagi qisqarishdan keyin yana oʻsishni boshlagan. Xususan, aprel oyida oylik eksport Qozogʻistonga 5 foizga qisqargan boʻlsa may oyida bu koʻrsatgich 22 foizga oʻsgan. Tojikistonga esa oylik eksport may oyida 81 foizga oʻsganligi kuzatilgan.
7-diagramma : Asosiy savdo hamkorlarga oylik eksportning oʻsish surati
Manba: https://stat.uz/images/uploads/reliz-2023/tashqi-savdo_20_06_2023_uzbbbs.pdf
Asosiy savdo hamkorlarimizning deyarli barchasidan import yuqori suratlarda oʻsmoqda. Xususan, may oyida Xitoydan import 2,1 barobar oʻsgan boʻlsa, Rossiya, Qozogʻiston hamda Turkiyadan import mos ravishda 59 foiz,
19 foiz hamda 21 foizga oʻsganligi kuzatilgan.
Tanlangan davlatlarda inflyatsiya va tashqi savdo koʻrsatgichlari
1-jadval 2023 yil may oyida tanlangan mamlakatlarda inflyatsiya va tashqi savdoning oʻzgarishi
Mamlakatlar Inflyatsiya Import Eksport
oylik yillik nominal (milliard dollar) oʻsish nominal (milliard dollar) oʻsish
Armaniston -1,8 % 5,2 % 3,6 * 94 % 2,2 * 109 %
Belarus -0,3 % 3,7 % 17.4 14 % 16.0 21 %
Xitoy -0,2 % 0,2 % 1040 -6,7 % 1400 0,3 %
Qozogʻiston 0,6 % 15,9 % 18,9* 40,5 % 25,5* -3,8 %
Qirgʻiziston 0,9 % 11,3 % 3,2* 27 % 0,6* 19 %
Rossiya 0,3 % 2,5 % – – – –
Turkiya 0,04 % 39,7 % 158.5 8,8 % 102.4 0,1 %
Oʻzbekiston 0,5 % 10,4 % 20 .58 25,4 % 12.11 26,4 %
*Yanvar-aprel Manba: tanlangan mamlakatlarning statistik agentliklari
May oyida asosiy savdo hamkorlarimizdan Qozogʻiston (0,6 foiz) va Qirgʻizistonda (0,9 foiz) Oʻzbekistonga nisbatan yuqori oylik inflyatsiya qayd etilgan. Yillik inflyatsiya darajasi esa Turkiya (39,7 foiz), Qirgʻiziston (11,3 foiz) va Qozogʻistonda (15,9 foiz) Oʻzbekistonga nisbatan yuqoriroq shakllangan boʻlib, boshqa tanlangan mamlakatlarda nisbatan past koʻrsatgich qayd etilgan.
Bundan tashqari, tanlangan mamlakatlar orasida Armaniston (94.0 foiz), Qozogʻiston (40,5 foiz) va Qirgʻizistonda (27.0 foiz) importning oʻsish surati boshqa davlatlar bilan taqqoslaganda sezilarli darajada yuqori shakllangan. Ushbu tendensiyani Rossiyaga re-eksportning oʻsishi bilan izohlash mumkin.
Fiskal siyosat
Soliq qoʻmitasi tadbirkorlik subyektlarining tashqi iqtisodiy operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtgan debitorlik qarzlariga hisoblangan penyalar summasi hisobdan chiqarilishini maʼlum qildi. Ushbu jarimalarni undirish bilan bogʻliq sud va ijro jarayonlari 2023-yil 1-iyundan boshlab tugatiladi . Tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha debitorlik qarzlarining toʻlov muddati qayta hisoblab chiqiladi.
Eʼlon qilingan investitsiya loyihalari
2023-yil davomida Ozarbayjon hukumati Oʻzbekiston va Qirgʻiziston bilan hamkorlikda tashkil etilgan investitsiya fondlarining ustav kapitalini shakllantirish uchun oʻz byudjetidan 125 million dollar ajratishni rejalashtirmoqda. Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari bilan kelishilgan holda neft-gaz sanoati, avtomobil yigʻish hamda Oʻzbekistondan Kaspiy dengizigacha boʻlgan transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish boʻyicha qator loyihalar ishlab chiqiladi. Ozarbayjon va Oʻzbekiston oʻrtasida qoʻshma investitsiya fondini tashkil etish toʻgʻrisidagi bitim 2023-yil 24 fevralda imzolangan edi. Jamgʻarma ustav kapitalining yuqori chegarasi 500 million dollarni tashkil etadi(Ozarbayjonning qoʻshma kapitaldagi ulushi 75 foiz , Oʻzbekistonning ulushi esa 25 foiz ni tashkil etadi).
Islohotlar
04.07.2023. Raqobat toʻgʻrisidagi yangi qonun qabul qilindi. Mazkur qonun Oʻzbekiston iqtisodiyotida halol raqobatni rivojlantirishga va isteʼmolchilarni nohaq amaliyotlardan himoya qilishga yordam beradi.
29.06.2023. Tabiiy gaz va elektr energiyasi uchun elektron shartnomalar joriy etildi.
26.06.2023. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oʻz saylovoldi dasturi davomida Oʻzbekistonda turizmni rivojlantirish boʻyicha qator chora-tadbirlarni, jumladan, barcha xalqaro aeroportlarda xorijiy sayyohlar uchun qoʻshilgan qiymat soligʻini qaytarib berishni, shuningdek turoperatorlarga qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻliq qaytarishni taklif qildi.
24.06.2023. Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpogʻistonda aholi farovonligini oshirish boʻyicha 3 ta tashabbusni ilgari surdi. Unga koʻra, 452 ta mahallaning har biriga 500 mln soʻmdan qoʻshimcha mablagʻ ajratiladi, 38 ming odamning kadastri toʻliq qilib beriladi. Shuningdek, yil oxirigacha 4 mingta uy-joy quriladi.
23.06.2023. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev saylovoldi dasturi doirasida xorijdagi vatandoshlarni qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish rejalarini maʼlum qildi . Ushbu rejalarga quyidagilar kiradi:
Kirish vizalari muddatini 1 yildan 3 yilgacha uzaytirish va davlat bojini
3 barobar kamaytirish;
Oʻzbekistonda ishlash uchun litsenziya talabini bekor qilish va doimiy propiska qilish tartibini soddalashtirish;
Oʻzbekiston fuqarolari bilan teng huquqlar beradigan “Vatandosh guvohnomasi”ni joriy etish;
Xorijda yuqori maoshli ish topgan vatandoshlar uchun yoʻl chiptasi va “ishchi vizasi” olish xarajatlarini qoplash;
Vatandoshlar salomatligi va hayotini sugʻurtalash koʻlamini kengaytirish;
Xorijdagi vatandoshlarga bepul huquqiy, moddiy va ijtimoiy yordam koʻrsatish;
Yurtdoshlarga hukumatdan yordam olish uchun “call-markaz” ni tashkil etish.
22.06.2023. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Shavkat Mirziyoyev saylovoldi dasturi doirasida yaqin yetti yilda Buxoro viloyatini rivojlantirish dasturini qabul qilishga vaʼda berdi. Dastur sanoat ishlab chiqarishni koʻpaytirish, turizmni rivojlantirish va qishloq xoʻjaligini rivojlantirishga qaratilgan.
21.06.2023. Kelasi yetti yil ichida mis, oltin, kumush va uran qazib chiqarishni ikki baravar oshirishni rejalashtirilmoqda.
17.06.2023. Ayrim toifadagi avtomobillar uchun bojxona toʻlovlarini sezilarli darajada pasaytirildi.
15.06.2023 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakat avtomobil sanoatiga qoʻshimcha 1 milliard dollar sarmoya kiritish rejasini maʼlum qildi. Ushbu sarmoya Oʻzbekistonda yaqin ikki yil ichida avtomobil ishlab chiqarishni 300 ming donadan 500 ming donaga yetkazishga yordam berishi kutilmoqda. 2030-yilga borib yiliga 1 million dona avtomobil ishlab chiqarish maqsad qilingan.
13.06.2023. Qoraqalpogʻistonda tadbirkorlar uchun soliqlar kamaytirildi. Bu hududga investitsiyalar va yangi ish oʻrinlari yaratishni ragʻbatlantirishga xizmat qiladi.
|
| |